Reja: Bozor iqtisodiyotiga kirish Bozor iqtisodiyotining mohiyati va tamoyillari Bozorni o‘rganish (Marketing)



Yüklə 66,7 Kb.
səhifə3/7
tarix08.10.2023
ölçüsü66,7 Kb.
#129850
1   2   3   4   5   6   7
iqtisod amaliy mustaqil ish

3. Bozorni o‘rganish (Marketing)
Marketing deganda nimani tushunamiz?
Bozor sharoitlari va uning o'ziga xos xususiyatlarini, undagi
raqiblar salohiyati-yu raqobat usullarini, muayyan tovar va
xizmatlarga bo'lgan talab va u yerda mavjud bo'lgan taklifni puxta va
atroflicha o'rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat
ko'rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib
o'tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb
yuritiladi.
Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi,
xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bogiiqki,
ularni o'rgamnay turib, bozordagi jarayonlarni to‘g‘ri tushunib yetish
anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo'jalik amaliyotining
chalkashliklari, uning sir-u asrorlarini bilmoq uchun har qanday
tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo'lmog'i va ikkinchidan,
marketing tadqiqotlarini muntazam o'tkazib turmog‘i lozim.
Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish,
mavjud sharoit-u vaziyatlarning eng maqbulini tanlab olish, ishlab
chiqarish sotuvning yuqori foyda berib turishini ta’minlash va
xaridorlar uchun to‘g‘ri keladigan baholami belgilashga yordam beradi.
Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish
va bozorga ta’sir 0‘tkazishdan iboratdir.
Bozorni bilish deganda, iste’molchilarni har tomonlama o‘rganish, ulaming did va istaklarini bilish ko‘zda tutiladi. Demak, bozorga
moslashish muayyan talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab
chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab chiqarilgan bo'lsa, shuni sotmaslik,
balki bozortalab mollarnigina ishlab chiqarmoq zamr. Bozorga ta’sir
o'tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya’ni tovarni yaratish bilan
iste'molchini ham „yaratmoq“lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab,
faoliyatning aniq yo'nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ulaming orasida
eng muhimlari: bozorni atroflicha o'rganish, mahsulot turlarini
rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga yetkazish, tovar reklamasini
tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash hamda savdosini
tashkil etishdir.
Marketing bozor iqtisodiyotining muhim elementi bo'lib, mamlakatimizda xo'jalik subyektlari va tadbirkorlar uni o'zlashtirish va
tashkil qilish sohasida muayyan natijalarga erishdilar. Korxona va
11
firmalarda marketing xizmati bo'limi tashkil etilmoqda.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, tovarlar va xizmatlarning
raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan marketing xizmatining
samaradorligiga bog'liqdir.
Biroq shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, marketing xizmatini
tashkil qilish muayyan sarf-xarajatlar qilish va sabr-toqat ko'rsatishni
talab etadi, buning ustiga darrov samara ham bera olmaydi. Bu ish,
bir tomondan, iste'molchilarni yetarlicha yuqori bo‘lgan talablariga
va xarid qobiliyatlariga, ikkinchi tomondan, tovarlar va xizmatlarni
tanlash erkinligiga mos keladigan bo'lishi kerak.
Marketingni joriy etish tashkiliy shart-sharoitlar yaratishni talab
etadi. Korxonalar ishini rejalashtirish va uni boshqarish, ichki va tashqi
savdo aloqalari tizimini yaratish, shuningdek, tovarlar bilan yuqori
darajada ta'm inlangan bozor kanallari bo‘vicha tayyorlangan
mahsulotlarni sotish shular jumlasidandir.
Iqtisodiyotimizning hozirgi ahvoli, aksariyat hollarda talablarni
qondira olmay kelayotgani, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi
nomutanosibliklar mavjudligi sharoitida marketingdan foydalanishga
ehtiyoj va imkoniyat yo'qdek ko'rinadi. Biroq aynan marketing shu
qiyinchiliklami yengib o'tishga, talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblik
o'matishga yordam berishini yoddan chiqarmaslik kerak.
Marketing — korxonalar uchun mahsulot sifatiga,uning raqobatbardoshligiga qo'yiladigan o'ziga xos talablarni o'rganish orqali
12
tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, aniq talab darajasini hisobga
olgan holda tovarlarni bozor kanallari orqali mohirlik bilan o'tkazish
imkoniyatidir.
Talab bilan taklif o‘rtasida bir qadar nomutanosiblik mavjud
bo‘lgan sharoitda tovarlarni egasiga borib yetadigan qilib ishlab
chiqarish va oxirgi iste'molchiga kam-ko‘stsiz yetkazib berish juda
ham muhimdir. Marketing ana shunga imkon ochadi. Marketing
yordamida ko'pgina muammolarni hal qilish mumkin: talabga ta'sir
o'tkazish, uning tarkibini o‘zgartirish, ishlab chiqarishni bozor
talablariga moslashtirish va h.k.
Shunday qilib, marketing xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan tizimida korxona va firmalar uchun strategik
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
ahamiyatga molik bo'lgan vazifalami hal etishga ko'maklashadi. Quyida
talabning turli holatlari va marketing xizmatining ularga mos keladigan
vazifalarini keltiramiz.
\.Manfiy talab. Agar xaridorning ko'pchilik qismi tovarni qabul
qilmasa va undan qochadigan bo‘lsa, bunday bozor manfiy talab
holatida bo'ladi. Bunday sharoitda marketing xizmatining vazifasi bozor
nima sababdan tovarni yoqtirmayotganini tahlil qilish va tovarni qayta
ishlash, baholarni pasaytirish yo‘li bilan uni sotishni birmuncha
jonlantirishdan iboratdir.
13
2. Talabningyo ‘qligi. Iste'molchilar tovarga qiziqmasligi yoki unga
befarq qarashlari mumkin. Bunday hollarda marketingning vazifasi
tovarga xos bo'lgan xususiyatlami insonning tabiiy ehtiyojlari va istakJari
bilan bog'lash yoMIarini topishdir.
3. Yashirin talab. Ko'pgina iste'molchilarda bozorda mavjud bo'lgan
tovarlar yoki xizmatlar yordamida qondirib boMmaydigan ehtiyojlar
boMishi mumkin. Marketingning vazifasi ana shu tovarlar va xizmatlar
bozorining hajmiga baho berish va talabni qondira oladigan xaridorgir
tovarlar hamda xizmatlar yaratishni yoMga qo'yishdir.
4. Kamayib boradigan talab. Har qanday korxona (firma) ham
o'zining u yoki bu tovariga boMgan talab kamayib qoladigan holatga
ertami-kechmi ducli keladi.
Bunday sharoitlarda niarketing xizmati nima sababdan talab
kamayib borayotganini tahlil qilib chiqishi va yangi bozorlarni qidirib
topishi, tovar xarakteristikalarini o'zgartirish yoki birmuncha samarali
aloqalarni o'matish yo'li bilan tovarlarni o'tkazishni yana jonlantirish
mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashi kerak bo'ladi.
5. Nomuntazam talab. Ko'pgina tovarlar (xizmatlar)ga talab mavsum
sayin, kun sayin va hatto soat sayin o'zgarib turadi. Masalan,
aviachiptalarga bo'lgan talab yozgi mavsumda ortib ketadi, jamoat
transportining ko'pchilik qismi kunduzgi osoyishtalik paytida bo'sh
turadi va odamlar qatnab turadigan soatlarda ularni tashib uddalay
14
olmaydi. Bunday sharoitda marketingning vazifasi baholarni
o'zgartirish, transport qatnovi jadvalini takomillashtirish va hokazoga
qaratilgan takliflar ishlab chiqishdir.
6 . To‘la qimmatli talab. Tadbirkorlar o ‘zlarining tovarlari
(xizmatlari) aylanmalaridan qoniqadigan boMsalar, ana shu to'la
qimniatli yoki to'laqonli talab deyiladi. Marketingning vazifasi talabni
mavjud darajasini saqlab qolish maqsadida ishlab chiqarilayotgan
tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning sifati to'g'risida tinmay
qayg'urib borishdir.



Yüklə 66,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin