ikkilamchi taqsimlash funksiyalaridan iborat. "Bevosita ishlab chiqarishda yuzaga keladigan taqsimlash birlamchi deb yuritiladi. Bunday taqsimlash natijasida ish haqi fondi, sotsial sug‘urta uchun ajratmalar, amortizatsiya jamg'armalari, foyda va rag‘batlantirish pullari shakllanadi. Bdglainchi taqsimlash davlat bilan korxonalar (firmalar), tashkilotfar o‘rtasida ro‘y beradi. Bunday taqsimlash jarayonida turli xil soliqlar va ajratmalar vositasida davlat korxona va tashkilotlar pul mablag‘larining bir qismini o‘z budjetida mujassamlashtiradi va yuqorida 17 ko‘rsatib o'tilgan umumdavlat ehtiyojlari uchun sarflaydi. Masalan, korxonada bir yilda 100 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Birlamchi taqsimlash natijasida uning 60 mln. so‘mi amortizatsiya fondiga, 20 mln. so‘mi ish haqi fondiga, 15 mln. so‘mi www.ziyouz.com kutubxonasi foydagava 5 mln. so‘mi ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladi, deylik. 20 mln. so'mlik ish haqi fondining 5 ntln. so‘mi daromad solig'i sifatida, olingan 15 mln. so‘mlik foydaning taxminan 8 mln. so'mi to‘lovlar shaklida davlat budjetiga tushadi. Davlat o‘z ixtiyoriga o'tgan 13 mln. so‘mni umummilliy vazifalardan kelib chiqib, turli maqsadlarga taqsimlaydi, ya'ni ntoliyaviy resurslarni ikkilamchi taqsimlash sodir bo'ladi. Rag'batlantirish funksiyasi. Moliya vositalari orqali davlat xo‘jalik subyektlarini iqtisodiy faollikka undaydi. Soliqqa tortishda imtiyozlar bcrish yoki ularning miqdorini (foizini) kamaytirish korxona (firma)lar ixtiyorida qoladigan pul mablagiarini ko'paytirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirish va jantoa a'zolarining moddiy manfaatdorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq hollarda