Reja: Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari Ijtimoiy pedagogikada me’yor tushunchasi va me’yordan chetga chiqish (og‘ish)ga doir qarashlar talqini
BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI
MAVZU: Bolalik insonning ijtimoiy hayot me'yorlarini egallay boshlash davri
02
Please add your subtitle here
03
REJA: Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari Ijtimoiy pedagogikada me’yor tushunchasi va me’yordan chetga chiqish Me’yordan chetga chiqish (og‘ish)ga doir qarashlar talqini Deviatsiya (og`ish)ni guruh yoki jamiyatda ko`pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan me'yor va me'yorlar yig`indisiga mos kelmaslik deyish mumkin. Xulq-atvorning umumiy qoidalarini ko`pchiligimiz buzganmiz. Ko`pchilik kichik o`g`irliklar, masalan, do`kondan biror narsaga haq to`lamay olish yoki ishxonadan pochta qog`ozi kabi mayda-chuyda narsalarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanish kabilarga yo`l qo`yganmiz.
Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari «Deviant xulq» ga quyidagi misolni keltirish mumkin. Amerikalik milliorder Govard Xyuz juda omadli beznesmen edi. U mehnatsevarligi, original fikr yuritishi va kutilmagan qarorlar qabul qilgani uchun muvaffaqiyatga erishdi. Uning faoliyati g`arb madaniyatining asosiy qadriyatlariga mos edi. Biroq uning xulq-atvoridagi bazi sifatlar tomonidan qabul qilingan me'yorlarga mos kelmas edi. Hayotining so`ngi yillarini u tashqi olmadan ajralib, o`zining lyuks xonasini tark etmay, soch o‘stirib, paxmoq soqol quyib, Injildagi payg`ambarlarga o`xshab o`tkazdi. Xanuz ayni bir paytning o`zida ishi juda yurishgan biznesmen va xulqi juda «og`ib» ketgan odam edi.
Deviant hatti-harakatdagi bolalar va o`smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korreksiya ishlari amalga oshiriladi. Reabilitatsiya- bu bola shaxsining huquqiy statusi, sog’ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko`p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o`z ichiga oladi.
Profilaktika- bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo`qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko`proq ijtimoiy muhit bilan bog`liqdir. Korreksiya- bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Deviant xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: -agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harahatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi; - g‘arazli xulq-atvor: (kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy tajovuzlar); -giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayri huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritish mumkin.
Har qanday jamiyatda taraqqiyotning qaysi bosqichida bo’lishidan qatiy nazar u farovon, iqtisodiy rivojlangan davlatmi yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, o’ziga alohida e’tibor talab qiladigan odamlar bor. Bu jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy rivojlanishda har qanday og'ishlarga ega bo'lgan odamlardir. Bunday odamlar jamoada, jamiyatda va davlatda alohida ajralib turardi. Biroq, turli davrlarda, o'ziga xos madaniy va tarixiy sharoitlarga qarab, ushbu toifadagi odamlarga munosabat juda boshqacha edi: ba'zi jamiyatlarda, masalan, Qadimgi Spartada, ular jismoniy vayron bo'lgunga qadar o'ta shafqatsizlik bilan ajralib turar edi, boshqalarda rahm-shafqatli edi.
Zamonaviy Amerika Qo'shma Shtatlari va G'arbiy Yevropa davlatlarida ma'lum og'ishlarga ega bo'lgan odamlarni jamiyatga integratsiya qilish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda, unga ko'ra bu odamlar uning oddiy, teng huquqli a'zolari deb hisoblanadilar, faqat ma'lum muammolarga ega yoki cheklangan imkoniyatlarga ega. Muammoli odam tushunchasi AQShda keng qo'llaniladi va nogironlar tushunchasi ko'proq Yevropa mamlakatlariga tegishli.
Enter title
Enter title
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view
Enter title
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view