Reja: Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari Ijtimoiy pedagogikada me’yor tushunchasi va me’yordan chetga chiqish (og‘ish)ga doir qarashlar talqini


Ijtimoiy pedagogikada me’yor tushunchasi va me’yordan chetga chiqish



Yüklə 10,46 Mb.
səhifə2/3
tarix26.11.2023
ölçüsü10,46 Mb.
#135666
1   2   3
6 mavzu MARUZA IJTIMOIY

Ijtimoiy pedagogikada me’yor tushunchasi va me’yordan chetga chiqish
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat`iy nazar, doimiy e`tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og`ish bor bo’lgan odamlardir. Ular doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.
Hozirgi vaqtda AQSH va Evropa davlatlarida u yoki bu og`ishlarga ega bo’lgan kishilarning jamiyatga integratsiyalashuvi kontseptsiyasi amalga oshirilmoqda. Mazkur kontseptsiyaga ko’ra, bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba`zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a`zosi sifatida qaraladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda,shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmokda. Shuning uchun bunday odamlar, avalambor, bolalarning ko’payishini reja asosida ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada "me`yor” tushunchasining o’z ko’rsatkichlari va me`zonlari mavjud. Me`yorga mos kelmaydigan jihat — “og`ish”, “chetga chiqish” deyiladi.
Ijtimoiy pedagogika uchun “me`yor” va “me`yordan og`ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo’llanadi.
Ijtimoiy og‘ishlar “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy me’yor bu insonlar, ijtimoiy guruhlar faoliyati yoki xulq-atvori jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o‘rnatilgan qoidalari namunasidir. Aslida ijtimoiy me’yor kerakli xulqatvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modeli hisoblanadi
Tadqiqotchi M. A. Galaguzova tomonidan turli og‘ish turlarining tasnifi quyidagicha tarzda berilgan bo‘lib, bu xol bolalar bilan ishlashda qulaylik tug‘diradi.
Ijtimoiy pedagogning xulq-atvorida og’ishi bor bolalar bilan ish yuritishi og‘ishlar profilaktikasi, muayyan me’yor va qoidalarni buzishni oldini olish, shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og‘ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi talab etiladi.
M. A. Galaguzova tomonidan berilgan me`yordan og`ish
turlarining tasnifi

Jismoniy

Ruhiy

Pedagogik

Ijtimoiy

irsiy kasallik, ko’rish qobili- yatining buzilishi, eshitish qobiliyatining buzilishi, suyak tayanch tizimidagi kasalliklar, nogironlar va boshqalar.

Ruhiy ri­vojlanish­ning buzilishi, aqliy qoloqlik, nutq buzilishi, o’ta iqtidorlilik.

umumiy o’rta ma`lumot olishdan chetga chiqish, kasbiy ta`lim olishdan chetga chiqish, o’zlashtirishda orqada qolish.

yetimlik; xulq-atvor
me`yoridan og`ish;
aroqxo’rlik; norkamaniya; taksokomaniya; fohishabozlik daydilik, o’g`rilik va b.


Yüklə 10,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin