Me’yordan chetga chiqish (og‘ish)ga doir qarashlar talqini Og`ish turlari. Me`yordan chetga chiqishni shartli ravishda to’rt guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va ijtimoiy. Quyida ularga batafsil to’xtalib o’tamiz.
Me`yordan jismoniy og`ish, avvalambor, inson sogligiga bog`liq. Sog`liqdagi og`ish irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar og`ir ekologik vaziyat, ichimlik
Ruhiy og`ishlar, avvalambor, bolaning aqliy rivojlanishi hamda ruhiy nuqsonlariga bog`liqdir. Bu turdagi og`ishlarga ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi va oqibatda, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug`ma nuqsonlari yoki jarohati asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada engil aqliy zaiflikdan, chuqur — tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og`ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og`ishlarning yana bir turi emotsional-irodaviy sohadagi faoliyatning buzilishidir. Bu og`ish turining eng og`ir shakllari deb autizm (yunoncha aytos — o’zim) — muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish) kabilarni keltirish mumkin.
Pedagogik og`ishlartushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxsiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta`lim olayotganlar faoliyatini tartibga solishda turli me`yorlar qo’llanilmoqda. Avvalambor, bu ta`lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek, o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga qo’shimcha qilib, ta`lim olishda yuqori natijalarni ta`minlab beruvchi bola rivojlanishining me`yorlarini ham kiritsak bo’ladi.
Ijtimoiy og`ishlar“ijtimoiy me`yor” tushunchasi bilan bog`liqdir. Ijtimoiy me`yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan tartib-qoidalari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me`yor kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir.
Bolalar uchun ijtimoiy me`yorlarning o’ziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida ijtimoiy me`yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirishning sodir bo’lishidadir. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta`sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy samaradorligi ta`minlanadigan darajada tashkil qilishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Adabiyotlar ro’yxati