Reja Kirish Asosiy qism


Neolit davri haqida tushuncha



Yüklə 32,29 Kb.
səhifə2/5
tarix25.11.2023
ölçüsü32,29 Kb.
#134225
1   2   3   4   5
Behzod Sultanov (1)

Neolit davri haqida tushuncha
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit grekcha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.

Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.

Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish, neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday qilib, doimiy o’troqlik ho’jaligi paydo bo’ladi. Jamiyatda urug’ning ahamiyati ortib, u o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’ jamoalarining qarorgohlari ham shakllanadi.
O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qaerda, qaysi sharoitda yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan. Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash, parmalash usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi. Neolit davrida tosh xom ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.

Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar takomillashgan.

Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki ho’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan ho’jalik yumushlarini bajarishga ayollar ulgura olmay qoladi; ho’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik) tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi oilada erkakning hukmronligiga olib keladi.
Neolit davrida o’troq turmush tarzi, o’troq ho’jalik janubiy subtropik rayonlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l bo’ylarida o’troq ovchilik ho’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq ho’jalik yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keldi.

Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyo janubiy xududlarida, Kopettog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topadi


Neolit davri jamoalari hayotida o’troq ho’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir ho’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik ho’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor ho’jalik shakllari ta’sir etadi.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi.

Neolit davrida turli ho’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha. . .

Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir. Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, . . . asosiy xususiyatlardan hisoblangan.

Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi. Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi.


Neolit davri Er kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi. Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik ho’jaliklari kashf etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki ko’rinishi mavjud.
Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi. O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari juda keng tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo tog’lik rayonlarida ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik

Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin