Neolit davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Kishilar jamiyati taraqqiyotidagi keyingi davr neolit deb nom olgan. Bu davr uzoq davom etgan tosh davrining yakunlovchi bosqichi bo‘lganligi uchun shu nom bilan atalgan. Bu davr barcha mintaqalarda bir vaqtda sodir bo‘lmagan va u davrdajamiyatlar har xil taraqqiyot darajalariga ega bo‘lganlar. Ba’zi mintaqalarda neolit davri quldorlik davriga kelsa, ba’zilarida endigina dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelayotgan, ba’zilarida esa ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanayotgan edilar.
O‘rta Osiyoda neolit davri rivojining 2 xil ko‘rinishi mavjud bo‘lgan. Uning janubiyg‘arbiy hududlarida hozirgi Turkmanistonning Kopetdog‘ tog‘i oldi hududlarida neolit davrida miloddan avvalgi VI ming yillar oxiri va V ming yillikning boshlarida ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan bo‘lsa, uning markaziy va shimoliy viloyatlarida hali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi hukmronlik qilgan. U bugungi kunda O‘zbekiston xududidiga to‘g‘ri keladi.
Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiyiqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini uchta yirik territorial–xo‘jalik shakllarga ajratilgan. Bular Joytun madaniyati – ilk dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan ajratiladi. Ikkinchisi Kaltaminor madaniyati – baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar madaniyati bo‘lib, daryo va ko‘l bo‘ylarida iste’komat qilganlar.
Uchinchisi Xisor madaniyati bo‘lib, ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular tog‘li xududlarda yashagan jamoalar bo‘lib, mehnat qurollarining aksariyat qismi qayroqtoshlardan yasalganligi bilan ham ajralib turadi
. Doimiy erto‘la, kulba va loy, guvaladan qurilgan uylarda yashay boshlaydilar. O‘troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho‘l mintaqalarda esa o‘troq ovchilik xo‘jaligining qaror topishiga olib keldi. Keyinchalik uning zamirida chorvachilik paydo bo‘ldi. Bu esa ibtidoiiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanada tezroq rivojlanishiga olib keldi. Lekin bu usullar hamma qurollarga nisbatan qo‘llanilavermas edi. O‘tkir tig‘ beruvchi qurollar yasashda hali kertma va yorma uslubidan foydalanilar edi.
Qurollarni silliqlash keyingi neolit davriga to‘g‘ri keladi. Qurollar maxsus tosh ustidagi qumtosh taxtada silliqlangan. Tosh taxta tayanch vazifasini o‘tagan. Qurollar ko‘l kvars qumi bilan uzoq vaqt ishqash jarayonida silliqlangan. Silliqlangan tosh qurollar neolit oxiriga kelib parmalangan. Unda suyak parma vazifasini bajargan. Suyak parmani qalqon ipiga o‘rab aylantirganlar, unda suyakning uchiga nam qum sepib turilgan. Parmalangan qurolga dasta o‘rnatish mumkin bo‘lgan.
Neolit davrida qurollarning turi ko‘paygan, bunga toshni ishlash texnikasidagi ixtirolar sabab bo‘lgan. Tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar, og‘ir cho‘qmorlar paydo bo‘lgan. Tosh boltalar neolit davrida barcha og‘ir yumushlarni bajargan. Uning xo‘jalikdagi ahamiyati katta bo‘lgan, shuni e’tiborga olib, ba’zi olimlar bu davrni «boltalar asri” deb atashni ham taklif qilishgan.
Oldingi davrlarda ro‘zg‘or buyumlar yog‘ochdan yoki novdadan yasalgan bo‘lsa, ilk neolit davrida dag‘al, chala kuydirilgan sopol buyumlar tarqaldi. Ularning tuxumsimon tagi dumaloq bo‘lib, maxsus chuqurchalarga o‘rnatilgan.
kelib sopol buyum shakli o‘zgaradi. Tuvaksimon, osti tekis idishlar paydo bo‘lib, ular maydalashadi. Idishlar loy lentalar asosida qo‘lda ishlangan. Idishlar naqshi ham oddiydan murakkabga o‘zgarib boradi. Shuningdek, idishlarda tarnovsimon yoki trubasimon jo‘mraklar paydo bo‘ladi. Idishlar bir yarusli xumdonlarda pishirilgan. Lekin idishlar qo‘pol, mo‘rt bo‘lgan.
To‘qimachilik, hunarmanchilikning vujudga kelishi ham neolit davrining buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Neolit davri odamlari hayvon yungi va o‘simlik tolasidan mato to‘qishni o‘rganganlar. Shuningdek, yigirilgan ipdan baliq to‘ri ham to‘qilgan. Bu esa baliq ovlash ahamiyatini keskin ravishda oshirib yuborgan. Bunga suvda suzuvchi qayiqlar yaratilishi ham imkon berdi.
Neolit davri yutuqlaridan yana biri bu juft oilaning vujudga kelishi bo‘lib, u urug‘ ichida oilaviy munosabatlarning izga tushishi olib keldi va jamiyat taraqqiyotini yanada olg‘a siljitdi. Bu davr imkoniyatlari jihatidan inson uchun katta axamiyat kasb etadi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» – yangi, «litos» – tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib,ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan.
Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish, neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday qilib, doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi.
Jamiyatda urug’ning ahamiyati ortib, u o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’ jamoalarining qarorgohlari ham shakllanadi. O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan. Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash, parmalash usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi.
Neolit davrida tosh xom ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.
Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar takomillashgan.
Izlanishlar jarayonida yarim yerto’la ko’rinishidani uy qoldig’i ochilgan, unda o’choq qoldiqlari, minglab chaqmoqtoshdan qilingan tosh qurollari, ko’mir, kul, bug’u, ot va ho’kizning suyak qoldiqlari topilgan. Topilmlar orasida eng diqqatga sazovori sopol parchasida saqlanib qolgan arpa donidir. Olimlar izlanishlar natijasini xulosasi sifatida bu yerda yashagan qadimgi odamlar dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshlaganliklarini ko’rsatib berishgan.
Ma’lumki, arpaning ilk vatani Old Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrika hisoblanadi. Yevropaga u Falastin orqali tabiiy yo’l bilan madaniylashtirilgan va maxsus ekib yetishtirish uchun o’stirilgan.
Yevropaning boshqa joylarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida yuqorida sanab o’tilgan topilmalar bilan birga yorg’uchoq va uning siniqlari topilgan. Izlanishlar vaqtida neolit davrining Yevropadagi eng yirik chaqmoqtosh koni (shaxtasi) topilgan (Belgiya yaqinidagi Spenna shaxtasi).
Uning chuqurligi 15 m. ni tashkil etgan.
Rossiya hududidagi neolit davri manzilgohlari XX asrning 20-yillaridan o’rganila boshlangan. Moskvadan 40 km shimolda, Klyazma daryosi qirg’og’i bo’yida joylashgan Lyalovo qishlog’idan topilgan manzilgoh 1922-1923 yillarda rus arxeologlari B.S. Jukovva B.A. Kuftinlar tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol buyumlar o’sha vaqtda sobiq Ittifoq hududidagi eng qadimiy va ilk topilma hisoblangan.
Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyo janubiy hududlarida, Kopetdog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va ko’llar sohilida ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat tarixida buyuk burilish yasadi va ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.
Neolit davri jamoalari hayotida o’troq ho’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir ho’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik ho’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor ho’jalik shakllari ta’sir etadi. Ya’ni, sut quyish uchun idishlar, donlar saqlash uchun kulolchilik buyumlariga bo’lgan zarurat va ehtiyoj.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi.
Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir. Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan hisoblangan.
Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi. Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab qiladigan bo’ladilar.
Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.