1.Zaxiralar haqida tushuncha. 2-son BHXS “Zaxiralar” standartida “Zaxira – bu aktiv: (a) normal faoliyat davomida sotishgamo'ljallangan; (b) ushbu sotish uchun ishlab chiqarish jarayonida; (s) ishlab chiqarish yoki xizmatlarko'rsatish jarayonida foydalanishga mo'ljallangan xom-ashyo va materiallar shaklida” bo'lishligiqayd qilingan. Ushbu standartda zaxiralarning tarkibi ham berilgan:
“Zaxiralar o'z ichiga oladi:
1) qayta sotish uchun xarid qilingan va saqlanayotgan tovarlar;
2) tayyor mahsulotlar;
3) tugallanmagan ishlab chiqarish;
4) ishlab chiqarishda foydalanish uchun xom-ashyo va materiallar;
5) sotilishi tan olingunga qadar servis kompaniyalari xizmati tannarxi.”
Adabiyotlarda zaxiralarni yuqoridagi tarkibiga muvofiqlashtirish maqsadida tovar-moddiyzaxira (TMZ)lar ham deb yuritishadi.TMZlarning haqiqiy tannarxi faqat ularni xarid qilish bahosi bilan emas, balki boshqaxarajatlar, jumladan uni sotib olish, saqlash va foydalanish bilan bog'liq xarajatlar bilanham belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq TMZlar tannarxi ularni xarid qilish,joylashgan joyiga va zarur holatga keltirish bilan bog'liq transport-tayyorlov xarajatlariqamrab oladi. TMZlarni xarid qilish xarajatlariga xarid qiymati, import bojxona poshlinasiva yig'imlari, mahsulotlarni sertifikatlash xarajatlari, komission rag'batlantirishlar,soliqlar (masalan, QQS) hamda transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat ko'rsatishlar va boshqaTMBlarni xarid qilish bilan bevosita bog'liq xarajatlar kiradi. Savdo diskontlari vachigirmalari ham TMZlar tannarxini aniqlashda hisobga olinadi.
Zaxiralar tannarxidagi qayta ishlash xarajatlari (cost of convertion) mehnat xarjatlari va ustama ishlab chiqarish xarajatlaridan tashkil topadi.
2.Zaxiralarni baholash zaruriyati. Zaxiralarga qilingan sarmoyalar – bu ko'pchilik sanoat va savdo korxonalarida yirik summadagi aktivlari hisoblanadi. Shu bois, ushbu sarmoyalar o'zini oqlamaydigan bo'lmasligi uchun zaxiralar samarali boshqarilishi muhim rol` o'ynaydi. Korxonalar zaxiralarga qilinayotgan sarmoyalarning optimal darajasini belgilashlari uchun zaxiralarning tannarxini aniqlashlari lozim tannarxi va zaxiralarni chiqarish tannarxi.
Zaxiralar tannarxining oshib ketmasligiga yo'l qo'ymaslik uchun ularning optimal darajasini belgilash muhim o'rin tutadi. Zaxiralarni buyurtma qilish hamda saqlash xarajatlari buyurtmaning optimal darajasi (miqdori)ni belgilashda foydalaniladi. Zaxiralarning yetishmasligi bilan bog'liq xarajatlar esa zaxiralarning qayta buyurtma optimal nuqtasini aniqlashda qo'llaniladi.
Zaxiralarning optimal miqdorini aniqlashda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikkita talablarga duch kelishadi:
1) Ular mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun yetarli miqdorda zaxiralar bilan ta'min etilishi lozim;
2) Ular kerak bo'lgan lekin eskirish riskini oshiradigan ortiqcha zaxiralardan holi bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Zaxiralarning optimal darajasi ushbu nuqtalar o'rtasida joylashgan bo'ladi. Zaxiralarning optimal darajasini belgilashda TMZlarning zaxiralarini saqlash qiymati va buyurtmalarni bajarish qiymatini o'z ichiga olgan relevant xarajatlarni hisobga olish o'rinlidir. Miqdoriy modellarda TMZlarni saqlash relevant xarajatlariga zaxiralar darajasiga bog'liq holda o'zgaradigan xarajatlar kiritiladi. Zaxiradarning darajasi ta'sir ko'rsatmaydigan xarajatlar relevant hisoblanmaydi. Buyurtmalarni bajarish qiymati ta'minot bo'yicha buyurtmalarni tayyorlash, ta'minot predmeti va to'lov bo'yicha schyotlarni olish bo'yicha kantselyariya xarajatlarini o'z ichiga oladi. Zaxiralarning har qandan darajasini yaratishda bir xil bo'lgan buyurtma qiymati relevant hisoblanmaydi. Faqat buyurtmani joylashtirish bo'yicha qo'shimcha qilinadigan xarajatlar miqdoriy modellarni tuzishda foydalaniladi. Buyurtmaning optimal miqdorini (EOQ) yoki optimal miqdordagi partiyani aniqlashBuyurtmaning optimal miqdori shunday buyurtma qilingan miqdorki, buyurtma hajmi va zaxiralarni saqlash qiymati minimal bo'ladi. Boshqaruv hisobida uchta usul qo'llaniladi:
Turli xil buyurtmalar miqdorida to'plam qiymatni aks ettiruvchi jadval yordamida;
Grafik usuli;
Formula yordamida.
A.Jadval usulida jadvalda keltirilgan ma'lumotlar asosida buyurtmaning eng optimal miqdori eng kichik to;plam xarajatlarida namoyon bo'ladigan varianti tanlab olinadi.
B. Grafik usulida. Grafik usul buyurtmaning miqdori bilan zaxiralarni saqlash va buyurtma xarajatlari o'rtasidagi bog'liqlikka asoslanadi. Ushbu bog'liqlikni yuqoridagi misol ma'lumotlari asosida grafik ko'rinishida aks ettirish mumkin (3.1-chizma). Ushbu bog'liklikka muvofiq buyurtma miqdori yuksalsa, zaxiralarning buyurtma tannarxi pasayib boradi. Chunki, buyurtma miqdori oshgan sari ta'minotga bo'lgan umumiy buyurtmalar soni kamayadi. Buyurtmalar soni kamayganligi sababli buyurtmaning umumiy tannarxi pasayadi. Buyurtmalar miqdori oshishi bilan ularni saqlash xarajatlari to'g'ri chiziqli oshib boradi, ya'ni ular o'rtasidagi bog'lanish chiziqli bo'ladi. Masalan, zaxiralarni sug'urtalash, qo'riqlash va boshqa saqlash xarajatlari katta bo'adi, qachonki zaxiralarning summasi katta bo'lsa. Jami zaxira xarajatlari grafigi yoysimon ko'rinishga ega bo'ladi. Yoyning qaytish nuqtasi, ya'ni eng minimal xarajatlarni beradi. Ushbu nuqtadan xarajatlar oshishi kuzatiladi. Demak, zaxiralar tannarxining eng minimal nuqtasi zaxiralar buyurtmasining optimal nuqtasi bo'ladi. 3.1-chizmadagi grafikdan ko'rinib turibdiki zaxiralarning optimal miqdori 400 birlikda jami zaxira xarajatlari eng minimal 400 p.b. Ni tashkil etmoqda. Grafik usulining qo'layligi shundan iboratki unda omillar bilan natijaviy ko'rsatkich o'rtasidagi bog'liqlikni yaqqol ko'rish mumkin bo'ladi.
C. Formula usuli. EOQ ni aniqlashning formulasi zaxiralarning buyurtma qiymati va saqlash xarajatlarining grafikasi asosida aniqlanadi. Quyidagi belgilashlarni kiritib olamiz:
A = Davr uchun ehtiyojdan kelib chiqib talab qilinadigan zaxiralarning miqdori.
R = Bitta buyurtmani bajarish xarajatlari.
U = har bir nomdagi birlikning tannarxi
I = Birlikning tannarxiga nisbatan hisoblangan foizlarda ifodalangan zaxiralarni saqlash xarajati
Ushbu o'zgaruvchilar jami buyurtma xarajatlari va jami saqlash xarajatlarini aniqlashda foydalanish va ushbu summani minimallashtirish asosidagi natijani quyidagi matematik formula orqali aniqlash mumkin bo'ladi: