Reja: Kirish Zaxiralar haqida tushuncha. Zaxiralarni baholash zaruriyati Zaxiralarni baholash metodlari. Kirish


Maxsus identifikatsiyalash metodi



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə4/4
tarix06.05.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#126502
1   2   3   4
moliyaviy bux hisob mustaqil ish...

Maxsus identifikatsiyalash metodi:
Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki bunda har bir ishlab chiqarishga chiqarilayotgan yoki sotilayotgan zaxiralar tannarxi ularning qaysi xaridga talluqliligi aniq identifikatsiyalanadi. Xuddi shuningdek, hisobot davri oxirida zaxiralar tannarxi ham qaysi xarid bilan aloqador bo'lsa o'sha xarid narxida tannarxi aniqlanadi. Maxsus identifikatsiyalash metodida zaxiralarning miqdorining jismoniy harakati bilan qiymati harakati bir maromda amalga oshiriladi. Ushbu metod bir-birini almashtirib bo'lmaydigan maxsus zaxiralar (avtomobillar, zargarlik buyumlari, qimmatbaho mex buyumlar) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlar tannarxini aniqlashda ьт qo'llash maqsadga muvofiqdir.
FIFO usuli:
Ushbu usulda birinchi xarid qilingan yoki birinchi ishlab chiqarilgan zaxiralar moddalari birinchi ishlab chiqarishga olinadi yoki sotiladi va shunga muvofiq ravishda davr oxirida qolgan zaxiralar esa keyingi xarid qilingan yoki ishlab chiqarilganlardan tashkil topadi.
O'rtacha salmoqli metod:
O'rtacha salmoqli metodda hisobot davrining boshida har bir anologik moddalar tannarxi o'rtacha salmoqli qiymati asosida va davr davomida esa zaxiralar qoldig'i hamda xirid qilib olingan yoki ishlab chiqarilgan moddalar qiymatining o'rtacha salmoqli qiymati asosida aniqlanadi.
TMZlarni hisobga olishning yalpi foyda metodi:
Ushbu metod tannarxga nisbatan belgilangan natsenka (ustama) aniq bo'lgan taqdirda yalpi daromadni aniqlashga asoslanadi.
NIFO usuli:
Bu kelgusidagi kirish birimchi chiqish ma'nosini anglatadi. Ushbu usul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ancha samarali usul hisoblanadi. Bu shunday mantiqdan kelib chiqadiki, u yoki bu operatsiyalar bo'yicha materiallarga narx belgilashda ular mahsulot tarkibiga kiritilib sotilganda u to'liq qoplanilishi kerak. Shu bois, kelgusi davr materiallari xarajatlari almashtiriladigan materiallar bo'lib hisoblanadi.
Chakana savdoda tez o'zgaruvchi katta miqdordagi hamda bir xil foyda normalariga ega bo'lgan buyumlardan iborat zaxiralarni baholash uchun, qaysiki ularga tannarxning boshqa usullarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'lmaganligi sababli chakana narx metodi qo'llaniladi. Zahira tovarlar umumiy qiymatini taalluqli yalpi marja darajasiga kamaytirish yo'li bilan aniqlanadi. Foydalanilayotgan foiz miqdori boshlang'ich sotish narxidan pastga zaxiralarni hisobga oladi. Chakana savdoning har bir bo'linmasi uchun ko'p hollarda foizning o'rtacha darajasi qo'llaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1."Moliyaviy buxgalteriya hisobi 1 o'quv-uslubiy qo'llanma.
2."Moliyaviy hisob" darslik Hasanov B.A
Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin