Reja: Markaziy Osiyo davlatlarida masofaviy taʼlim tizimi



Yüklə 27,29 Kb.
tarix09.02.2023
ölçüsü27,29 Kb.
#123198
guli


Reja:
1.Markaziy Osiyo davlatlarida masofaviy taʼlim tizimi.
2.Masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari.
3.Masofaviy ta’limning afzalliklari, kamchiliklari.
4.Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
5.Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik ustuvor yoʻnalish.

Masofaviy o‘qitish yangi va ancha progressiv bo‘lgan o‘qitish shaklidir. Bu usulni turli ta’lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi larning dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‘nggi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy o‘qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.Bu nafaqat O‘zbekiston uchun balki O‘rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog‘iston hamda MDH davlatlari uchun masofaviy o‘qitish sohasida jahon banki institutining ilg‘or loyihalaridandir. Jahon banki loyihasi masofaviy o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang‘ich maydon bo‘ladigan masofaviy o‘qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish masofaviy o‘qitish usullarini qo‘llash sohasini kengaytirish va masofaviy o‘qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda Jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko‘rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.Oliy o‘quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o‘qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o‘qitishlari bo‘yicha qayta tayyorlandi. 2000 yilda Jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o‘qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o‘quv metodologiyasini masofadan tartibli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo‘yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy o‘qitish tartibida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo‘llari izlanmoqda. Masofaviy o‘qitishning an’anaviy o‘qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin:


- egiluvchanlik. O‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkoniyatini beradi;
- modullik. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o‘quv rejasini amalga oshiradi;
- qurshov. Bir vaqtda ko‘p ishtirokchilarga o‘quv axboroti bo‘yicha murojaat qilish. Tarmoq yordamida o‘zaro axborot almashinuvini to‘g‘ri tashkil qilish;
- tejamkorlik. O‘quv maydonlari, texnik vositalari, transport vositalaridan unumli foydalanish, o‘quv axborotlarini to‘plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarni kamaytiradi;
- texnologiyalilik. Ta’lim berish jarayonida insonni jahon industrial fazoga kiritishga imkon beradigan yangi erishilgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
- ijtimoiy teng huquqlilik. O‘qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta’minlanganligidan kelib chiqib mustaqil ta’lim uchun teng imkoniyat yaratiladi;
- baynalminallik. Ta’lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta’minlanadi. O‘qituvchilarning yangi vazifalari. Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O‘qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, ijodiy faolligini va malakasini oshirish, kiritilgan yangilik va innovatsiyalarga mos bilim jarayonini muvofiqlashtirishi zarur.jarayonida an’anaviy ta’lim bilan birga innovatsion o‘qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ular kompyuter texnikasi, telekommunikatsiyani qo‘llashga, hamda ta’minot texnologiyasi sohasida so‘nggi erishilgan natijalarga asoslangan. O‘quv-ilmiy moddiy asosi. O‘quv dasturlariga mos bo‘lgan, o‘qitish uchun zarur moddiy va texnikaviy to‘plam. U o‘z ichiga o‘quv va o‘quv yordamchi joylarni, o‘qitish texnika vositalari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy materiallarni oladi. Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Ta’limda bozor munosabatlari qatnashchilari sifatida faqat ta’lim muassasalari va ta’lim xizmati buyurtmachilari bo‘lib kelmasdan, balki davlat ham buyurtmachi va iste’molchi bo‘ladi. Masofaviy o‘qitishning tashkiliy asoslari. Masofaviy o‘qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o‘quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o‘ziga xosligini ochib berdi:
- uzluksiz ta’lim;
- o‘quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish;
- geografik joylashishi uzoq bo‘lgan o‘quv muassasalarini yetakchi oliy o‘quv yurtlari bazasi markazida masofaviy o‘qitishni markazlashtirish;
-tinglovchilar yo‘nalishiga ko‘ra o‘qituvchi maslahatchilarning mavjudligi.Masofaviy o‘qitishning qulayligi. Kelgusida maqsadga muvofiq ravishda laboratoriya amaliyotlarini o‘tkazishni qisqartirish mumkin. Masofaviy o‘qitish nazorati. Bu o‘rganilayotgan o‘quv materiallarini nazariy o‘zlashtirish natijalarini tekshirishdan iborat. Test, haqiqatdan ham fan bo‘yicha juda ko‘p savollardan tashkil topgan bo‘lishi kerak hamda har bir savol uchun bir nechta javob variantlari taklif etiladi. Talaba ular orasidan to‘g‘ri javobni tanlashi lozim. Testlar o‘z-o‘zini tekshirishga yaxshi mo‘ljallangan va individual mashg‘ulotlar uchun juda qulay.Masofaviy o‘qitish qatnashchilari ya’ni, tinglovchilar, o‘quvchi-talabalar va o‘qituvchi lar yetarli darajada tayyor bo‘lishlari, ya’ni masofaviy o‘qitishni o‘rganish usullaridan, vositalaridan va tashkiliy shakllaridan foydalana bilishlari kerak. Shuning uchun ham fundamental informatika tabiiy-ilmiy fan sifatida masofaviy o‘qitishning ajralmas qismi bo‘lishi shart.Oliy ta’lim sohasidagi o‘qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta’lim sifatining yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Internet, multimedia kabi texnologik usullar o‘quvchi-talabalar uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallari, qo‘llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Zero, masofaviy o‘qitish har qanday sohada ham jahon ta’lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so‘nggi axborotlarni olish, jamlab foydalanish imkoniyatlarini beradi.Masofaviy o‘qitish usuli an’anaviy ta’lim shakllaridan farq qiladi. U o‘quvchi-talabalarni o‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkonini beradi. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchi-talabalarga ilmiy axborot va ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan tarmoq orqali o‘zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‘quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma’lumotlarni yig‘ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishishi kutilmoqda. Ta’lim-tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va texnologiyalardan foydalaniladi. Masofaviy ta’lim o‘qituvchi mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta’lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlarning jahon ta’lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni qo‘lga kiritishni ta’minlashi shubhasizdir.Masofaviy o‘qitish usuli mutaxassis o‘qituvchi larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Chunki, o‘quv materiallarini to‘ldirib borish, ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan malakasini oshirishlari va bu ko‘rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o‘qitish usuli ta’lim talabiga asosan o‘quvchi-talabaning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ko‘proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta’minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o‘quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to‘ldirilishi mumkin. Axborot texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o‘qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta’lim sohasiga bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg‘ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa, oliy ta’lim tizimida yig‘ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Masofaviy ta’lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o‘tib, MDH va jahon miqyosidagi yirik ta’lim markazlari bilan muloqotda bo‘lib, ta’lim olishning yangi zamonaviy yaxlit ta’lim imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Masofaviy o‘qitish geografik jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi. Natijada masofaviy o‘qitish uslubi asosida o‘qitish tez vaqt ichida Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga yana bir turtki bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish bo‘yicha,bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQShda shu uslub asosida o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir.Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:
1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi ilm beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3.Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish Oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o‘qituvchi lar bilan ta’minlanishidadir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi auditoriyada o‘qitish shartlaridan holi bo‘lishi kerak.kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‘lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma’lumot tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi raqobatchilik to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap. Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‘qituvchilar, mutaxassislar o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va o‘qituvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
4.O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‘tarilishiga yordam beradi.Oydinlashtirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va boshqarilishini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini ta’minlanishiga olib keladi. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‘qish tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi.O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi.O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin.O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. O‘quvchi-talabaning o‘qituvchiga va o‘zaro muloqotdagi ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rivojlantiradi. O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish. Tejamlilik o‘qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. O‘quv xonalaridan foydalanishi, yo‘l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‘qituvchi lar mehnatiga haq to‘lash. Ular o‘z bilimlarini masofadan o‘qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‘qitish texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‘llari bilan jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish tizimlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta’min-laydi.Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir. Markaziy Osiyo davlatlari uzoq vaqt davomida Sobiq Ittifoq ta`siri ostida bo`lib keldi.
1922-yilda tuzilgan SSSR 1991-yilning 8-dekabrida amalda tugatildi. O’tgan shuncha vaqt davomida Markaziy Osiyoning besh respublikasi har tomonlama Moskva ta`siri ostida bo`lib kelgan. Shunday ekan siyosiy qaramlik bilan birgalikda ta`lim tizmi ham markazdan belgilab berilgan rejaga muvofiq amalga oshirilib kelingan.1991-yilda mintaqaning besh davlati birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan bu davlatlar oldida juda ko`p muammolar ko`ndalang bo`lib turar edi. Davlat rahbarlari birinchilardan bo`lib boshqa sohalar kabi ta`lim sohasining ham zamon ruhiga mos, milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda qaytadan isloh qilishga o`z e`tiborlarini qaratdi. Lekin shuni ham ta`kidlab o`tishimiz lozimki, ta`lim sohasini isloh qilish mintaqaning barcha davlatlarida birdek ketmagan. Chunki bu davlatlardagi siyosiy vaziyat ham bunga o`z ta`sirini ko`rsatgan.Endi e`tiborimizni mustaqillikka endigina erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida ta`lim tizmining holatiga qarataylik. So`z yuritilayotgan vaqtda mintaqa davlatlari ta`lim tizimi Sobiq Ittifoqning tegishli muassasalari tamonidan ishlab chiqilgan tizim asosida olib borilar edi. Bolaga ta`lim berish dastlab bog`chadan boshlanib, bu muassasada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olishgan. Keyingi bosqich maktab bo`lib, bu bosqichda bolalar 11 yil yoki 8 yillik ta`lim olishgan. Nima uchun aynan bolalarga 11 yoki 8 yil ta`lim berilgan degan savol tug`ilishi tabiiy holat. Ayrim bolalar 8 yil ta`lim olgandan keyin kasb-hunarga yo`naltirilgan, qolgan bolalar bo`lsa maktabda ta`lim olishni davom ettirgan. Lekin har doim ham oquvchilar 8 yillik ta`limdan keyin o`z xohishlariga ko`ra kasb-hunarga yo`naltirilavermagan. Maktabdan keyingi ta`lim inistitutlarda olib borilgan. Bunda talabalarga 5 yillik ta`lim berilgan. Bu vaqt davomida talaba o`z mutaxassisligi bo`yicha kerakli bilimlarni olib, keyingi faoliyatni xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida olib borishi mumkin bo`lgan. Talabalarning ma`lim bir qisimi ta`lim olishni davom ettirib oliygohlarda o`z mehnat faoliyatini ham olib borish imkoniyatiga ham ega bo`lgan. Ta`lim tizimida ham zamondan ortda qolish holatlari XX asr 70-yillari oxirlariga kelganda yaqqol namoyon bo`la boshlagan. Ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazalari ham talab darajasida bo`lmagan. Bundan tashqari yana ko`plab kamchiliklarini sanab o`tishimiz mumkin.Sobiq Ittifoq parchalangandn keyin mintaqa respublikalari oldida ikkita yo`l bor edi. Bu yo`llardan biri ta`lim SSSR tizimini saqlab qolish, yo bo`lmasa zamon ruhiga mos yangi tizimni qabul qilish edi. Siyosiy vaziyatni to`g`ri tushungan mintaqaning bir qancha davlatlari ta`lim tizimida islohot qilishni asta-sekin amalga oshirishni maqul ko`rgan bo`lsa, Tojikistondagi siyosiy beqarorlik bu tizimni isloh qilishni ortga surishga sabab bo`ldi.XX asrning 80-yillaridan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari ta`lim tizimi bo`yicha rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan ortda qola boshlandi. Bu davrda rivojlangan davlatlarda ta`lim tizimi zamon ruhiga mos ravishda o`zgarishlar amalga oshirilmoqda edi. Misol sifatida Yevropa va AQSH ta`lim muassasalarida zamonaviy ilg`or texnologiyalarni joriy qilinayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari ta`limida bu texnologiyalar faqat nazariy jihatdan o`rgatilar edi. Bu holat nafaqat Mrakaziy Osiyo davlatlarida, Ittifoqning boshqa davlatlarida ham shu ko`rinishda edi. Mustaqillikka erishgandan keyin ham bu respublikalar zamonaviy texnologiyalarni ta`limga birdaniga joriy qila olmas edi. Sababi davlatlarning iqtisodiy holati havas qilar darajada bo`lmagan.
Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan ilk yillaridagi ta`lim muassasalarining holatiga e`tiborimizni qaratamiz. Dastlab mintaqaning shimoliy qismida joylashgan Qozog`istondagi ta`lim muassasalarining holati bilan tanishib chiqamiz. 1991-yilda Qozog`iston mustaqilikka erishgan davrida mamlakatda ta`lim muassalarining umumiy soni 17 783 tani tashkil qilgan. Bu sondan ko`rinib turibdiki ta`lim muassasalari respublika aholisi soniga nisbatan bo`lganda yaxshi ko`rsatkichni tashkil qilgan. 17 783 tadan 8 881 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 8 841 tasi maktab va 61 tasi bo`lsa oliy ta`lim muassasasi bo`lgan.Qozog`istonda 1991-yilda mavjud 8 881 ta maktabgacha ta`lim muassasasida 1 067 814 nafar bolalar tarbiyalangan. Bu davrda davlatda bog`cha yoshidagi bolalarning umumiy soni 2 300 000 nafardan ko`p bo`lgan. Shundan kelib chiqib, Qozog`istonda maktabgacha ta`lim muassasalarida shu yoshdagi bolalarning 43 % tarbiyalangan. Bu sonlar bilan birgalikda muassasalarning holatiga ham e`tibor qaratsak. Mavjud 8881 ta maktabgacha ta`lim muassasasining 40 % dan ortiqrog`i talab darajasida bo`lmagan. Bu bog`chalarning moddiy-texnik bazasi qoniqarsiz holatda bo`lgan. Yana 20 % bo`lsa belgilangan me`yorga bazo`r javob bera olgan. Talab darajasidagi maktabgacha ta`lim muassasalari davlatning katta shaharlari markazlarida, shimoliy hududlarda joylashgan. Bu ta`lim muassasalarining ko`pchiligida rusiy zabon aholining farzandlari tarbiya olishgan. So`z yuritilayotgan davrda Qozog`iston maktablarining umumiy soni 8841 tani tashkil qilgan bo`lsada, ularning yarimidan ortig`i belgilangan talabga javob bermagan. Maktablarning ko`pchilik qismi avariya holatida bo`lgan. Bunday maktablar asosan ovul va qishloqlarda joylashgan. Maktablarning ko`pchiligining moddiy-texnik bazasi talabga javob bermagan. Bunda ham markazda joylashgan maktablarning holati talab darajasida bo`lgan. Rus tilida ta`lim beriladigan maktablar, qozoq va boshqa tillarda ta`lim beriladigan maktablardan holati ancha yaxshi bo`lgan.Qozog`istonda 1991-yilda 61 ta oliy ta`lim muassasasi faoliyat yuritgan bo`lsa, ularning ham holati turlicha bo`lgan. Oliy ta`lim tizimida ham ta`lim berilishi rivojlangan davlatlar bilan taqqoslaganda past ko`rsatkich qayd qilgan. Ko’plab muassasalarning holati talab darajasida bo`lmagan. Oliy ta`limda ham rus tili boshqa tillarga qaraganda ancha ustunlik qilgan.Mustaqillikka endigina erishgan Qozog`iston oldida yuqorida sanab o`tgan kamchiliklarni bartaraf qilish vazifasi turar edi. Qozog`iston hukumati bu sohani isloh qilishni mustaqilikning ilk yillaridan boshladi.
Qozog`istonga qo`shni bo`lgan Qirg`iziston ham 1991-yil 31-avgustda mustaqil bo`ldi. Mustaqillika erishgan vaqtda mamlakatda 3369 ta ta`lim muassasasi faoliyat yuritgan. Bu muassasalarning ko`pchiligning avariya holatida bo`lgan.Mavjud 3369 ta ta`lim muassasasidan 1600 tasi makatabgacha ta`lim muassasasi, 1759 tasi maktab va 10 tasi oliy va o`rta ta`lim muassasasi bo`lgan. Mustaqillikka erishgan Qirg`izistonda makatabgacha ta`lim muasasasalarini holati havasi qilar darajada bo`lmagan. Mavjud 1600 ta maktabgacha ta`lim muassasasining yarimidan ko`prog`i talab darajasida bo`lmagan. Ko`plarining binolari avariya holatida bo`lib, istish va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanmagan. Bu holatdagi maktabgacha ta`lim muassasalarining ko`pchiligi respublikaning qishloq hududlarida joylashgan. Davlatning katta shahar markazlarida joylashgan muassasalarining holati anchagina yaxshi bo`lgan. Misol sifatida Bishkek shahrida joylashgan 220 dan ziyod makatabgacha ta`lim muasasasidan atigi 32 tasining holati qoniqarsiz bo`lgan. Lekin shahar markazlarida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasalarida rus tilida tarbiya berish holatlari ko`p uchragan.Respublikada mavjud 1 759 ta makatabning 40 % talab darajasida bo`lgan. Qolgan 60 % bo`lsa belgilangan standart talablariga mos kelmagan. Talab darajasida bo`lmagan maktablarning kattagina qismi asosan qishloq va shahar chekkasi hududlariga to`g`ri kelgan. Mamlakatdagi oliy ta`lim muassasalari soni 10 tani tashkil qilgan bo`lsa-da, ularning atigi 3 tasining holati qoniqarli darajada bo`lgan. Qolgan 7 tasining moddiy-texnik bazasi anchagina kambag`al bo`lgan. Ayrim muassasalarning binolari talab darajasida bo`lmagan.Tojikistonda ta`lim muassasalarining holati 1991-yilda mintaqaning boshqa respubliklaridagidan deyarli katta farq qilmagan. Mamlakatdagi mavjud 4401 ta ta`lim muassasasidan 944 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 3443 tasi maktab va 14 tasi oliy ta`lim muasasasi bo`lgan. Mamlakatdagi mavjud 944 ta bog`chada jami 141 500 nafar bola tarbiyalangan. Bu o`sha vaqtdagi davlatdagi jami bog`cha yoshidagi bolalarning 30 % ni tashkil qilgan. Bu raqamlardan ko`rinib turibdiki, Tojikistonda Sobiq Ittifoq davrida ham maktab yoshigacha bo`lgan bolalarning katta qismi uy sharoitioda tarbiyalangan. Mavjud bog`chalarning ham katta qismining moddiy-texnik bazasi talab darajasida bo`lmagan. Tojikistonda 1991-yilda mavjud 3 443 ta maktabda jami 1 325 400 nafar bola ta`lim olgan. Tojikistonda ham boshqa respubliklarda bo`lgani kabi maktablarning kattagina qismi talabga javob bermagan. Bu holat ayniqsa respublikaning to`g`li qishloq hududlariga to`g`ri keladi. Davlatning katta shaharlaridagi maktablarining ko`pchiligida ta`lim rus tilida olib borilgan. Mamlakatdagi 14 ta oliy ta`lim muassasalarining ko`pchiligining holati yaxshi darajada bo`lmagan. Dushanbe shahrida joylashgan 1947-yilda tashkil etilgan Tojikiston davlat milliy universitetini moddiy-texnik bazasini Ittifoqning markaziy shaharlarida joylashgan universitetlar bilan taqqoslaganimizda ancha katta tafovutga duch kelishimiz mumkin.
Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubi-g`arbida joylashgan bo`lib, kattagina qismini cho`llar tashkil qiladi. Turkmaniston ham mustaqillikning dastlabki davridan ta`lim tizimini isloh qilish harakatlarini boshlagan. Ushbu davrda Turkmanistonda jami 2726 ta ta`lim muasasasi faoliyat yuritgan. Shundan 920 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 1880 tasi maktab, 6 ta oliy ta`lim muassasasidan iborat bo`lgan. Turkmanistonda ham maktabgacha ta`lim muassasalarining ko`pchilik qismining holati talab darajasida bo`lmagan. 920 ta makatabgacha ta`lim muassasasining atigi 35 % har tamonlama belgilangan tartibga javob bergan. Qolgan qismi bo`lsa talab darajasida bo`lmagan.Davlatda 1991-yilda mavjud 1800 ta maktabning 55 % talab darajasida bo`lgan. 1991-yilda maktablarda tahsil olayotgan o`quvchilarning umumiy soni 890 ming nafarni tashkil qilgan. 55 ming nafar o`qituvchi maktablarda faoliyat yuritgan. Turkmanistondagi mavjud 1800 ta maktabning 180 tasi rus tilida o`qitishga mo`ljallangan bo`lsa, 90 nafari o`zbek tilida dars berilgan. Bundan tashqari turkman tilida dars beriladigan maktablarda ham rus tilining o`tishga katta e`tibor qaratilgan.Turkmanistonda 1991-yilda mavjud bo`lgan 6 ta oliy ta`lim muassasasining holati ham mintaqaning boshqa davlatlaridagi inistitutlardan farqlanmagan. Bu oliy ta`lim muasasalarida o`qitladigan fanlar, ularning moddiy bazasi talab darajasidan past bo`lgan.Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashgan O`zbekistonda ham 1991-yilda ta`lim muassalarining umumiy holati qolgan to`rt respublikanikidan keskin farq qilmagan. O`zbekistondagi ta`lim muassasalarining ham moddiy-texnik bazasi Ittifoqning markaziy hududlari bilan taqqoslaganimizda katta farqni ko`rishimiz mumkin.Barcha respublikalarda ta’lim muassasalarining kattagina qismining moddiy-texnik holati talab darajasida bo`lmagan. Shu bilan birgalikda ta`lim muassasalarida ishlayotgan pedagog xodimlarning ham ko`pchiligining bilim saviyasi yetarli darajada emasdi. Mintaqa davlatlari maktablarida o`qitiladigan darsliklarida ham keskin farq bo`lgan. Mahalliy tildagi darsliklarga qaraganda rus tilida yozligan darsliklar anchagina sifatli bo`lgan. Oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan fanlar bo`yicha adabiyotlarning kattagina qismi rus tilida bo`lgan. Bu esa rus tilini bilmagan ko`plab yoshlarga bir qator muammolarni keltirib chiqargan. Chunki Markaziy Osiyo davlatlarida aholining barcha qatlami ham rus tilini yaxshi bilmagan. Rus tilini asosan shahar va uning atrofida yashovchi aholi yaxshi bilgan. Qishloqlardan shaharga kelayotgan yoshlarning kattagina qismi rus tilini unchalik ham yaxshi bilmagan.
1991-yilda mustaqilikka erishgan mintaqaning besh respublikasi oldida yuqorida sanab o`tgan muammolar turar edi. Hukumat tepasiga kelgan rahbarlar ta`lim tizimini isloh qilmay turib katta maqsadlarga erishib bo`lmasligini yaxshi tushungan. Shuning uchun ham ular mustaqillikning ilk kunlaridan bu sohada islohot qilish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida qadimdan fan va ta'lim sohasida hamkorlik aloqalari juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Uzoq yillar davomida bu mintaqada yashagan xalqlar bir-birining yurtiga borib ta'lim olishi, fan sohasidagi yutuqlar bilan o'rtoqlashish imkoniyatlaridan foydalanishgan kelishgan. Mintaqa bag'rida joylashgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Turkiston, Toshkent va boshqa shahrlar uzoq yillar davomida fan va ta'limning markazlari bo'lib kelgan. Bu shaharlardagi madrassalarda mintaqada yashagan barcha xalqlar vakillarini uchratishimiz mumkin bo'lgan. Bu kabi jihatlar XX asr boshlarigacha davom etgan. Keyinchalik suniy omillar sabab bu jihat anchagina to'xtab qoldi.Markaziy Osiyo Respublikalari Sobiq Ittifoq parchalanib mustaqil bo'lgach, boshqa sohalarda bo'lgani kabi, fan va ta'limda ham hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga harakat qildi. Davlatlar o'rtasida imzolangan diplomatik shartnomalar bandlarida ta'lim va fanga doir bo'limlari borligini ko'rish mumkin.Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashgan O'zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan fan va ta'lim sohasini rivojlantirishga aloxida etibor qaratdi. Bu sohani yakka holda rivojlantirib bo'lmasligini to'g'ri tushungan davlat rahbari qo'shni respublikalar bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga harakat qildi.Qozog'iston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta'lim sohasida O'zbekiston bilan hamkorlik aloqalari urnatilishiga kirishdi mustaqilligmizning ilk kunlariga borib taqaladi. 1992-yilda ular o'rtasida imzolangan do'stlik va hamkorlik shartnomasining 17-bandida bevosita ta'lim sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan edi. Bu shartnomaning amaliy ifodasi sifatida o'sha yilning kuzida bir guruh o'zbek olimlari Qozog'istonda bo'lib o'zaro tajriba almashinib qaytishdi. Bu safar davomida ikki davlat olimlari o'rtasida kelajakda ilmiy izlanishlar sohasida birgalikda amalga oshiradigan ishlar belgilab olindi.1993-yilda bir guruh qozog'istonlik ilm-fan vakillari O'zbekistonda bo'lishdi. Qozoq olimlari O'zbekistonning qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlarini o'rganib, o'z yurtida ham sinab ko'rishini aytishdi. Bu hamkorlik aloqalari ayniqsa 1994-yilda ikki davlat o'rtasida madaniyat kunlarining o'tkazilishi bo'yicha 11 moddadan iborat chiqarilgan qaror bilan yanada mustahkamlandi2. Bu qarorning 8 moddadasida ikki davlat o'rtasida hamkorlik qilishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha o'zaro faoliyatining aniq turlari va shakllari madaniyat, ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish belgilab qo'yilgan edi. Qozog'iston bilan O'zbekiston o'rtasida fan sohasidagi hamkorlik aloqalari XXI asrg kelganda ham rivojlanib bordi. Ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarning rivojlanishida 2018-yilda O'zbekistonda Qozog'iston oliy ta'lim muassasalarining taqdimotli ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Xususan, bu tadbirlar Samarqand davlat universitetida ham bo'lib, unda Qozog'istonning o'ndan ortiq universitetlari hodimlari ishtirok etishgan. Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin.Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin. Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi siyosati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ekspert va olimlari tomonidan alohida eʼtirof etildi.Markaziy Osiyoning Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻpgina sohalar qatori tashqi siyosat sohasida 2021-yilda amalga oshirish ustuvor boʻlgan vazifalar belgilab berildiJumladan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda 2012-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi takomillashtirilishi qayd etildi.Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash masalasiga 2021-yilda ham jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.Shu maʼnoda nutqda “Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik bogʻliq va kerak ekanligimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi”, deya taʼkidlandi.Bu boradagi ijobiy tajribalarni chuqur oʻrganish va yanada rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan shu yil 15-yanvarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman oʻtkazilgani eʼtiborga molikdir.
Yüklə 27,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin