Dentin hosil bo’lishi bilan emalning taraqqiyoti boshlanadi. Dastavval enameloblast hujayralarining dentinga qaragan qismi cho’ziladi va o’simtalar hosil qiladi va emal’ prizma-larshsh hosil qiladi. Emal’ hosil bo’lishi boshlannshn bilan
196-rasm. Tish taraqqiyoti. 06. 40, ok. 10.
1 -enameloblastlar; 2 - emal’; 3 - dentin; 4 - dentin kanalchalari; 5 - predentin; 6 - odontoblastlar; 7 - tish pul’pasi; 8 - biriktiruvchi to’qima; 9 - qon tomirlar.
enameloblast yadrolari hujayraning uch qismiga qarab siljiy boshlasa, boshqa organellalar, aksincha, bazal qismiga o’tib qo-ladi, go’yo hujayraning bazal qismi apikalga, apikal qismi esa bazal qismiga aylanib qoladi. Hujayra qutblarining bunday o’zgarishidan so’ng enameloblastlarning oziqlanishi dentin to-mondan emas, balki emal’ a’zosining oraliq zonasi tomonidan amalga oshadi. Enameloblastlarda granulalar paydo bo’ladi va o’simtasiga siljiydi. Bu granulalar esa emal’ prizmalariga shimiladi. SHu bilan bir vaqtda enameloblastlar tcitoplazmasi hisobiga prizmalarni yopishtiruvchi modda ishlab chiqariladi. SHunday hosil bo’lgan emal’ birlamchi emal’ deyiladi. Birlamchi emal’ organik moddalardan tuzilgan bo’lib, so’ng unda ohak-lanish jarayoni ro’y beradi. SHunday qilib, har bir emal’ hosil qiluvchi hujayralar emal’ prizmasiga aylanadi.
Emalning keyingi rivojlanishi jarayoni davomida enameloblastlar kichrayib, dentindan uzoqlashadi. Tishning chiqishi bilan enameloblastlar reduktciyaga uchraydi va emal’ a’zosining hosilasi kutikula bilan qoplanadi. Emal’ organining tashqi hujayrala-ri esa milk epiteliy hujayralari bilan qo’shilib ketadi-da, so’ngra emiriladi.
TCement hosil bo’lish jarayonida tish qopchasining tish ildizi sohasidagi mezenximada tcementoblastlar paydo bo’ladi. TCemen-toblastlarning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqarishi va bu erda kal’tciy tuzlarining yig’ilishi bilan tcement hosil bo’ladi. Tish qopchasining tashqi qismi tish bog’lamlari - periodont-ga aylanadi.
Odontoblastlar ostidagi mezenxima siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimaga aylanadi va pul’pani hosil qiladi. Bu biriktiruvchi to’qimada qon tomirlar paydo bo’ladi. SHunday qilib, epiteliydan faqat emal’ hosil bo’ladi, dentin, tcsment, pul’pa, periodont esa mezenximadan rivojlanadi. Emal’ organi esa takomillashayotgan tishlarning shaklini belgilovchi tuzilma hisoblanadi. Doimiy tishlarning taraqqiyoti asosan em-briogenezning 4-oyining oxiri va 5-oyining boshlarida boshla-nadi. Bular ham tish plastinkasi va mezenximadan hosil bo’la-di. Dastavval ikkala tish umumiy al’veolada yotadi, ammo bular orasida suyak to’sig’i bo’lib, 6-7 yoshda osteoklastlar suyak to’siq-larini va sut tishlarning ildizini emiradi. So’ng doimiy tish-lar tez rivojlanadi. Tishning chiqishiga mexanik kuchdan tashqa-ri organizmning umumiy holati ham muhim ahamiyatga ega.
Bir qator kasalliklarda (tuberkulyoz, raxit, ichketar) tishning chiqishi sekinlashadi. Miksedema kasalligida tishniig chiqish muddati va tartibi buziladi.