Reja; Tishli g’ildiraklarning vazifasi va texnik shartlari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/5
tarix18.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#127174
1   2   3   4   5
Tishli g‘ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi

Shevinglash– bu tishli g’ildiraklarning tishlarini toza pardozlash usuli bo’lib, tishli g’ildirakni shever bilan bo’ylama surish mavjudligida dumalatish jarayoni. Rejimlari: qo’shim Z=0,04...0,03 mm; sheverning aylanish tezligi V=100 m/min; bo’ylama surish Sbo’y=0,15...0,3 mm, ko’ndalang surish Sko’y=0,02...0,04 mm.stolni 1 yurishi uchun. Shevinglash dastlabki ishlov berishning aniqligini 1...2 daraja aniqlikka oshiradi va Ra=0,6...1,0 mkm g’adir-budirlik olish imkonini beradi.
Shevinglash seriyali, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda asosan termik ishlovgacha tishlarni pardozlash uchun qo’llaniladi.
Tishlarni jilvirlash termik ishlovdan keyin tishlarni pardozlash uchun qo’llaniladi.
Evolventli profilli tishlarni jilvirlash nusxa ko’chirish va dumalatish usullari bilan bajariladi.
Nusxa ko’chirish, fasonli doira toshlar bilan amalga oshiriladi, ko’proq unumli, biroq aniqligi kam. U, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi.



3–rasm. Tishlarni ikkita tarelkasimon jilvir toshlar bilan


jilvirlash sxemasi

Dumalatish usulida tishlarni jilvirlash tishjilvirlovchi dastgohlarda bir yoki ikki tarelkasimon jilvir doiralar bilan amalga oshiriladi (5.17–rasm).


Tishxonlash tashqi va ichki ilashmali toblangan silindrik g’ildiraklarning tishlariga toza ishlov berish uchun qo’llaniladi (5.18–rasm).




  1. b)

3–rasm. Silindrik tishli g’ildiraklarni tishxonlash amali:
A –tashqi ilashmali xon bilan; b –ichki ilashmali xon bilan
Tishli g’ildirak aylanma va ilgarlanma–qaytma xarakat qiladi. Ishlov berish maxsus tishxonlash dastgohida quyidagi rejimlarda bajariladi: xonning aylanishlar soni 180...200 ayl/min; stolning surilishi 180...210 mm/min, stolning yurishlar soni 4–6. Odatdagi tishli g’ildirakni xonlash vaqti 30...60 s.ni tashkil qiladi.
Tishlarni xonlash ularning sirt g’adir-budirligini Ra=0,32 mkm gacha kamaytirish imkonini beradi.
Tishlarni ishqalash (lyaping–jarayon) termik ishlovdan keyin jilvirlash o’rniga tishlarni toza yakunlovchi pardozlash uchun keng qo’llaniladi. Ishqalash jarayoni shundan iboratki , ishlanuvchi tishli g’ildirak cho’yanli–ishqalash asboblar bilan ilashgan holda aylanma harakat beriladi va mayda abraziv kukuni va moy aralashmali pasta bilan moylab turiladi. Undan tashqari, tishli g’ildirak o’q bo’ylab ilgarlanma–qaytma siljish xarakatiga ega.
Ishqalash Ra=0,1 mkm olish va katta bo’lmagan xatolikni to’g’rilash imkonini beradi.
Sezilarli xatolik mavjudligida tishli g’ildirakni oldin jilvirlash, so’ngra ishqalash lozim.
Tishlarni yumaloqlash xarakatdagi tishli g’ildiraklarni bir biriga ilashtirishda, ularning ilashishini engillashtirish uchun qo’llaniladi. Yumaloqlash jarayoni maxsus bormoqli frezalar bilan tishyumaloqlash dastgohlarida bajariladi.
Barmoqli freza aylanma va birvaqitda ilgarlanma–qaytma harakatga ega, tishli g’ildirak aylanma harakatga ega bo’ladi (5.19–rasm).



5–rasm. Tishlarni yumaloqlash amali:



  1. –tishli g’ildirak; 2 –barmoqli freza




Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin