5.7. Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari Xodimlarning mehnatini baholash milliy iqtisodiyotimizning
innovatsion bosqichiga o‘tish davrida alohida ahamiyatga ega.
Xodimlarni baholash jarayoni korxona jamoasi orasida muntazam
ravishda amalga oshirilishi hamda ushbu jarayonni hozirgi zamon
kompyuter texnologiyalari asosida olib borish zarur. Xodim-
larning mehnatini baholash, avvalo, xodimning professional
salohiyatini oshirishga undovchi jarayon hisoblanadi. Ayniqsa,
yangi ishchining korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘ringa olish yoki
xodim egallab turgan lavozimga malakaviy talab jihatidan
muvofiqligini aniqlash uch usulda bajariladi:
1. Xodimning professional va intellektual salohiyatini
baholash. Bo‘sh ish o‘rnini egallashda xodimning professional va
intellektual salohiyatini, ya’ni kasbiy bilim darajasi va kasbiy
mahorati, ishlab chiqarish va xizmat borasidagi tajribasi, insoniy
xususiyatlari, shaxsiy ruhiyati, dunyoqarashi, sog‘lig‘ining
mustahkamligi, mehnatga layoqatliligi, umumiy madaniyat
darajasini belgilash muhim.
2. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga xodimning
individual hissani baholash. Muayyan xodim mehnatining ish
miqdori va mehnat sifati, ishlab chiqarish va xizmat sohalaridagi
murakkablik darajasi, mehnatining unum va samaradorligi
ko‘rsatkichlari hamda uning egallab turgan lavozimiga muvo-
fiqligini maxsus uslublar yordamida belgilashga yordam beradi.
3. Kadrlarni attestatsiya qilish jarayoni talablari. Bu jarayon
xodimning mehnat natijalariga o‘ziga xos majmuaviy baho berish
uslubi hisoblanib, xodimning professional va intellektual
salohiyati hamda mehnatining yakuniy natijadagi alohida hissasini
hisobga olgan holda baho beriladi.
146
Attestatsiya jarayonini baholash uslublari 11-jadval