Sahifa fonini berish misoli



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə86/133
tarix02.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#137120
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133
Samarqand davlat arxitektura-qurilish-hozir.org

Makros 
va

modulni 
ham ishlab chiqqan. Bu obyektlar ma‘lumotlar bazasini
boshqarishda standart vositalar etishmasa asqotadi.
Makroslar 
orqali
makrobuyruqlar tashkil qilinadi.
Modullar or
qali
Visual Basic
dasturlash
muhitida dastur protseduralari tashkil qilinib, ular nostandart operatsiyalarni
bajarishda ishtirok etadi.
Nazorat savollari 
1.

Microsoft Access dasturida MB qanday tuzilishga ega?


2.

MS Access da maydonlarning qanday turlari mavjud?


3.

MS Accessning ish darchasini ta‘riflang?


4.

MS Accessda qanday usullar bilan obyektlar tuzish mumkin?


5.

MS Accessda MB tarkibini o‘zgartirish qanday amalga oshirish mumkin?


6.

MB da "So‘rov" tashkil qilishning usullari?


7.

MB ini saralashni bajarish.


8.

«
Forma»


qanday vazifani o‘taydi va u qanday tuzilmaga ega?
9.

«
Forma


» ni
MB
siga ma‘lumotlar kiritish va chiqarish uchun ham ishlatsa
bo‘ladimi?
10.

Elektron blank - forma tuzishning usullari qanday?


11.

MBBT da hisobotlar qanday tuziladi?



8-mavzu. Fazoviy axborotlarni qayta ishlashda geoaxborot texnologiyalari 
Mavzu rejasi: 

1.

Kirish. 
2.

Dastlabki ma‘lumotlarni GIS uchun tayyorlash.
3.

Rastrli tasvirlar 

Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan


bir qatorda keyingi yillarda Geografik axborot tizimidan (GAT, keyinchalik
umumiy qabul qilingan iborada GIS so‘zi ishlatiladi) foydalangan holda kartalar
yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari
haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik
axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil
qilish, yana qayta ishlashni ta‘minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-dasturli
kompleks, deb ta‘rif bersa bo‘ladi.
Barcha GISlarda ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash,
yangilash, tahlil qilish va ma‘lumotlarni kompyuter yoki yetarli darajada tasvir
xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturli texnik vositalar orqali ushbu
jarayonlarni bajarish usullari e‘tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar
bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma‘lumotlar bazasiga
tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jihatidan GISning tengi
yo‘q — u navigasiya, transport, qurilish, geologiya, geografiya, harbiy ishlar,



99


iqtisodiyot, ekologiya, mavzuli kartografiya va boshqa sohalarda keng
qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar
ishlatilib, ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan ularga GeoDraw
GeoGraph, (Geografiya instituti, Rossiya), AtlasGis va WinGis (AQSh),
ArcInfo, MapInfo (AQSh) va boshqa dasturlarni keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha
tasavvur qilsa bo‘ladi:
1.

Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan;


tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan; izlanishlar raqamli ma‘lumotlaridan;
avtorlik originallardan; mavjud fond kartalari va h.k. dastlabki materiallarni
to‘plash. Kartografik va fond materiallarini skanirlab, rastrli tasvirlarni bir xil
masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2.

Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni


tuzish, ularni tahlil qilish. Ma‘lumotlar bazasini tuzish.
3.

Obyektlar tasnifi mavjud jadval (atributlar) va matn ma‘lumotlarni EHM


xotirasiga kiritish.
4.

Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish.


5.

Kartaning mavzuli qatlamlarini joylashtirish, kartografik tasvirni hosil


qilish va ularni tahrir qilish.
6.

Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash.


7.

Kartani nashr qilish.


Biz keng tarqalgan GISning universal tizimi bo‘lgan
MapInfo
dasturidan
foydalanib, mavzuli kartalarni tuzishda olib boriladigan ish jarayonini ko‘rib
chiqamiz.
MapInfo 
dasturi rus tilida tuzilgani uchun, uslubiy qo‘llanmada ushbu
dasturni boshqarish elementlari nomlarining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan bir
qatorda rus tilidagi atamalarini ham keltirishni lozim topdik.
MapInfo
GIS dasturining asosiy xususiyati — uning ommabopligidadir,
ya‘ni bu tizim: grafik tasvirlarni o‘qish (ko‘rish) va ularga qayta ishlov berish;
ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash; ma‘lumotlar bazasida qidiruv ishlarini amalga
oshirish, redaktorlik ishlarini bajarish; kartografik belgilarni qurish;
diagrammalarni tuzish; kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish ishlarini
bajarish imkoniyatiga ega.
Dasturda ma‘lumotlarni ko‘rish uchun 3 xil darcha mavjud: matnli,
kartografik va grafikli. Monitor ekranida bir yo‘la bir necha darchalar namoyon
bo‘lishi mumkin. Masalan: foydalanuvchiga shahar ko‘chalarini tasvirlovchi
planli kartografik darcha va unga xos bo‘lgan jadvallar matni darchasi. Ekranda
hosil qilingan darchalar faol hisoblanadi. Dasturning yana bir xususiyati —
ularning bir-biri bilan uzviy, bevosita bog‘langanligidadir, ya‘ni biror darchada
o‘zgarish bo‘lsa, boshqa darchalarda ham shunga qarab o‘zgarish bo‘ladi. Agar
grafik obyekt va unga mos keladigan matnli jadval yozuvi tanlansa, u
kartografik darchada ham yoritiladi va aksincha, kartografik darcha tasviri
tanlansa — u grafik darchada ham yoritiladi.



100


Matnli darcha qator va ustunlarga ega bo‘lgan jadval ko‘rinishdagi
elektron darchadir. Uning har bir qatori ma‘lum yozuvni aks ettirib, har bir
ustuni ushbu yozuv maydonini anglatadi. Dastur yozuvlarni qo‘shish, tahrir
qilish, yo‘qotish imkonini beradi. Foydalanuvchi darchadagi kerakli ustunlarni
ko‘rish uchun tanlab olishi, o‘lchamlarini o‘zgartirishi mumkin. Kartografik
darcha boshqa ko‘pgina GISlar kabi qatlamli tasvirlashdan foydalaniladi. Har bir
qatlamning tavsifi foydalanuvchini talabidek ko‘rsatilishi, tahrir qilinishi
mumkin. Tashqi kartografik darcha matn darchasi kabi jihozlangan. U boshqa
darchalarni ko‘rsatish uchun gorizontal va vertikal aylantirish chizg‘ichiga ega.
Grafik darchadan nuqtali, chiziqli, yuzali va boshqa turdagi obyektlar bilan
ishlash uchun foydalaniladi.
MapInfo 
dasturi hisobotlar tuzish, grafiklar va
diagrammalar qurish, statistik ma‘lumotlar bilan kartalar ishlab chiqishning
rivojlangan vositalariga ega.
Dastur mavzuli kartalar, shartli belgilar va shriftlar yaratishga qodir.
Ma‘lumotlar bazasi orqali obyektning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni aks
ettiruvchi shkalalar tuzish yo‘llariga ega. Bundan tashqari, dastur kartalarning
shartli belgilarini hosil qilish, ularni tushuntiruvchi yozuvlar bilan ta‘minlash va
eng asosiysi, kartalarni tahrir qilish imkoniyatiga ega.
MapInfo
dasturi axborot-
ma‘lumotnomali turkumdagi shaxsiy GIS hisoblanadi.
Yuqoridagi qayd etilgan imkoniyatlardan kelib chiqib,
MapInfo
geografik
axborot tizimida mo‘jiza yaratsa bo‘lar ekan, degan fikr paydo bo‘ladi.
Haqiqatan ham, so‘ralgan zahoti — ―Karta tayyor‖, degan javob chiqadi! Lekin,
kartani tayyorlash jarayonida qanday texnologiyalar tanlanilishidan qat‘iy nazar,
jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin