101
GIS-texnologiyasida kartalarni tuzishda ma‘lumotlar raqamli ko‘rinishga
keltiriladi. Raqamlash 2 xil usulda — maxsus moslamalar yordamida kartografik
materiallarni skanirlash va digitalizasiya qilish, so‘ngra vektorli ko‘rinishga
keltirish, yoki rastrli ma‘lumotlarni vektorlash yo‘li bilan amalga oshadi.
2.
Rastrli tasvirlar
Rastrli tasvir — surat, fotosurat yoki boshqa grafik materiallarni rastrli
nuqtalar yig‘indisi shaklida kompyuterda tasvirlanishidir. Rastrli tasvir piksel
(
pixsel
— tasvir elementi) deb ataluvchi rangli yoki oq — qora nuqtalardan
iborat bo‘ladi, vektorli tasvir esa nuqtalarning biror bir koordinata tizimidagi X
va U koordinatasini belgilashdan hosil qilinadi. Rastrli tasvirlar ustiga
MapInfo
dasturida yaratilgan kartani joylashtirish mumkin.
MapInfo
da rastrli tasvirlar faqatgina ko‘rish uchun foydalaniladi —
ularga o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Odatda ular vektorli kartalar uchun
kartografik asos sifatida foydalaniladi, chunki tasvirning detallashganlik darajasi
vektorli kartalarga qaraganda ancha yuqoridir.
MapInfo
skanirlar bilan bevosita aloqa qilmasada, boshqa dasturlar
asosida tayyorlangan tasvirlar fayllarini bemalol o‘qiydi. Rastrli tasvir planshetli
skanir yordamida tuziladi, buning uchun kartografik manbani skanirning
obyektiv oynasi ustiga joylashtirish va skanirlash jarayonini amalga oshirish
kerak.
Rastrli tasvirni fazoviy bog‘lash (yoki ro‘yxatga olishda) hamda uni
vektorlash uchun kartografik proyeksiya va koordinatalar tizimi tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: