4. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni ta’lim texnologiyalari orqali diologik nutqqa o’rgatish O'rta maktab o'quvchilari bilan suhbatlar orqali biz ularning nutqini tahlil qilish orqali quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz: Ular sinfda axborot kommunikatsiya vositalarini qanday qabul qilishadi? Ular o'rganish vositasi sifatida tegishli deb o'ylashadimi? Ular axborot kommunikatsiya vositalarini muvaffaqiyati uchun muhim deb bilishadimi? Ishtirokchilarning nutqi boshidanoq pragmatik bo'lib chiqadi. Axborot kommunikatsiya vositalari ular uchun o'rganishning rag'batlantiruvchi vositasi bo'lib, ularning motivatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, ular o'rganish uchun muhim emas va ularning fikriga ko'ra, ularning akademik muvaffaqiyatlariga haqiqiy ta'sir ko'rsatmaydi. O'qituvchi bilan munosabatlar o'quv jarayonining markazida qoladi va axborot kommunikatsiya vositalari bu munosabatlarni faqat to'ldiruvchi rolga ega. Ishtirokchilarning nutqi texnopedagogik nutqqa xos shakllarni e'tiborsiz qoldiradi va ta'limning gumanistik kontseptsiyasiga asoslangan bo'lib qoladi.
So’zlashuv nutqi bog’langan, tushunarli bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinfda fransuz tilida so’zlashuv nutqi unchalik rivojlanmaganligi uchun fransuzcha nutqlarni o’qituvchi rahbarligida egallashishadi. Chunki ularda lug’at boylgi, nutqning grammatik tomoni hali rivojlanmagan.
O’qituvchi bolalar bilan so’zlashganda buyumlarning nominigina so’rab qolmasdan, balki ularning sifatlarini, qismlarini, u bilan qilinadigan harakatlarni ham so’raydi.
O’qituvchining o’zi bolalarni so’zlashishga undashi (otasining ismini, ayrim bolalarning ismini, mevalarni, hayvonlarni nomini aytishi so’rash va hokazolar), ularni tashabbusini quvvatlashi kerak.
Bolalar bilan so’zlashishni tashkil etishda o’qituvchi ham faol ishtrok etish lozim. O’qituvchi bolani o’ziga qarata olishi, iltimos va murojat qilishiga, uni so’zlar, jumlalar bilan ifodalashga o’rgatib borish kerak.
Bolalarni so’zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg’ulotlar ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar:
suhbatlar
ta’limiy o’yinlar
suratlarni ko’rib chiqish va u haqida suhbat.
Suhbat ta’lim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat o’qituvchining sinfdagi hamma o’quvchilar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy so’zlashishidir.
Boshlang’ich sinfda oquvchilar bilan o’tkiziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli voqea hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chqur idrok qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo’lgan voqea-hodisalarga jalb qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasavvularini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug’atini faollashtirishga, gramatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada ta’sir etadi, o’qituvchining gaplarini, o’rtoqlarini berayotgan javoblarini e’tibor bilan eshitishga odatlanadilar.
Suhbat bolalarni o’z fikri bilan o’rtoqlashishga, jamoada so’zlashishga, faolligini oshirishga, o’z-o’zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Suhbat metodi bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina cheklanmay, balki ularning bog’lanishli nutqini o’stirishda, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko’rishga va ushbu narsalarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatishga muhim vosita hisoblanadi. Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta’sir etadi. Masalan oila, ota-onalar mehnati to’g’risidagi suhbatlaridan so’ng bolalar o’zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o’z munosabatlarini namoyon etishga harakat qiladilar.
Demak, biz umumta’lim maktabi o’quvchilarining fransuz tilini o’rganishda dialogik nutqini oshirish va bunda bir qancha pedagogik metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishimiz mumkin. Masalan, “Aqliy hujum” (Remue-méninges) metodi- ushbu metodda o’qituvchi A2 darajadagi o’quvchilar bilan ishlashi mumkin. Ya’ni o’qituvchi mavzu yuzasidan jumboqli masalani aqliy hujum tarzida o’rtaga tashlaydi. Har bir o’quvchi ushbu jumboqqa o’z munosabati, fikri va javobini bildirishadi. Bunda barcha o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita diologik nutq tarzida muloqotda bo’lishadi.
Bilamizki, biz chet tillarini o’qitar ekanmiz, bizning ishlab chiqarayotgan mahsulotimiz- bu tilni o’quvchilarning nutqida namoyon qilish demakdir. Shunday ekan, ularning og’zaki va yozma nutqini shakllantirishda turli pedagogic metodlar va ta’lim texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shunday o’quvchilarning fransuz tilida og’zaki va yozma diologik nutqini rivojlantirishda turli xil samarali pedagogik metodlar va ta’lim texnologiyalari mavjud.
Jumladan, “Bahs- munozara” (Debats discussion), “Juftlikda ishlash”- (Travail en deux), “Kichik guruhda ishlash” (Travail en groupe), “Tushunchalar tahlili” metodi-(Analyse des notions) metodlari o’quvchilarning diologik nutqini rivojlantirishda samaralidir.
“Bahs- munozara” metodida o’quvchilar bir mavzu yuzasidan o’zaro diologik nutqdan foydalangan holda muhokamalar olib borishadi. Ushbu o’qitish uslubida zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ham o’rni muhim. Bunda, kompyuter va televizor orqali mavzu yuzasidan video material ko’rsatilib, ushbu video yuzasidan turli xil bahs va munozaralar, vazifalar berilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilar o’zaro bir birlari bilan hamda o’qituvchi bilan diologik muloqotda bo’lishi kuzatiladi.
Ya’na o’quvchilarda fransuz tilida og’zaki diologik nutqni rivojlantirishda “Juftlikda ishlash”- (Travail en deux), “Kichik guruhda ishlash” (Travail en groupe) metodlari va ularning ta’lim texnologiyalari ham juda samarali usul hisoblanadi. Ya’ni o’quvchilar juflikda va kichik guruhlarda ishlashganda ularning muloqotlari jarayonida bevosita diologik nutqdan faol foydalanishadi. Bu esa o’rganayotgan chet tillarini yuqori natijalarga erishgan holda o’rganish, ayniqsa, amaliyotda qo’llash va tadbiq etishning ulkan imkonini beradi.
Umumta’lim o’quvchilariga chet tillarini o’qitishda, xususan fransuz tilini keng talqin qilishda ta’lim texnologiyalar va diologik muloqot, suhbat metodlari juda samarali hisoblanadi. Bu orqali shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayoni samaradorligiga erishiladi.
XULOSA Chet tillarini o’qitishning ustuvor tamoyillaridan biri bu o’quvchilarda og’zaki va yozma nutqni rivojlantirish demakdir. Shunday ekan, o’quvchilarning nutqi ravonligi, ularning so’z boyligi, grammatik va sintaktik gap tuzulishi strukturasi to’g’riligini, va aynan bu qobiliyatlarni o’quvchilarda rivojlantirish har bir pedagog maqsadi pirovardidir. Bu orqali chet tili o’rganayotgan har bir o’quvchi nutqiy ravonlik va estetik zavq beruvchi so’z boyligigi uyg’unlashuviga erishiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, og’zaki nutqni rivojlantirishda diaologik muoloqot muhim o’rin tutadi. Buni amaliyotda, dars jarayonida suhbat metodi asosida ko’rib chiqdik. Diologik nutqda o’quvchilar bir birlari bilan muloqotda bo’lishi chet tillarini o’rganishda o’zining ulkan natijasini ko’rsatadi. O’zaro diologik muloqotda bo’lar ekan o’quvchilar chet tilini o’rganishda olgan grammatik va fonetik bilimlarini hamda lug’aviy boyliklarini amaliyotga tadbiq etadi, ya’ni og’zaki nutqda foydalanib mustahkamlaydi.
O’quvchilarda fransuz tilida og’zaki diologik nutqni rivojlantirishda “Juftlikda ishlash”- (Travail en deux), “Kichik guruhda ishlash” (Travail en groupe) metodlari va ularning ta’lim texnologiyalari ham juda samarali usul hisoblanadi. Ya’ni o’quvchilar juflikda va kichik guruhlarda ishlashganda ularning muloqotlari jarayonida bevosita diologik nutqdan faol foydalanishadi. Bu esa o’rganayotgan chet tillarini yuqori natijalarga erishgan holda o’rganish, ayniqsa, amaliyotda qo’llash va tadbiq etishning ulkan imkonini beradi.
Umumta’lim o’quvchilariga chet tillarini o’qitishda, xususan fransuz tilini keng talqin qilishda ta’lim texnologiyalar va diologik muloqot, suhbat metodlari juda samarali hisoblanadi. Bu orqali shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayoni samaradorligiga erishiladi
Shunday qilib, nutq va diologik muloqotni umumta’lim maktabi o’quvchilarida oshirishuchun pedagogik ta’lim texnologiyalardan keng foydalanamiz. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik ta’lim texnologiyalarining jadal taraqqiy etganligi va har jabhada ularning ko’plab turlari borligi chet tillarini, shuningdek, fransuz tilini o’qitish va o’rganishda ham ulkan qulaylik yaratmoqda.