Ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni kamaytirishga, nogiron va sog`lom bolalarni o`zaro do`stlashishga, bir-biriga hurmat bilan qarashga undaydi, sog`lom bolalarni muruvvatli bo`lishga o`rgatadi. Jamiyat nogiron kishilarga to`g`ri munosabatda bo`lishi kerak, Konstitutsiyamizdagi barcha bandlar ular uchun ham taalluqli. Har qanday ta`lim integratsiyasi inklyuziv ta`lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta`lim markazida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga har tomonlama g`amxo`rlik ko`rsatiladi.
Integral — mujassam, ajratib bo`lmaydigan qism degan ma`noni bildiradi. Har bir bola ta`limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqqa ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta`lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "Hamma uchun ta`lim" dasturini qabul qiladi. O`zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo chekdi. Keng miqyosda "Hamma uchun ta`lim"(Обучения для всех) joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi.
Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv ta’lim haqidagi hujjatlar hali rasmiylashtirilmagan bo`lsada, hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini o`rganib chiqib, inklyuziv ta’limning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O`zbekistonda YUNESKOning ta’lim bo`yicha maslahatchisi, yordamida, Respublika ta’lim markazining maxsus ta’lim bo`limi a’zolari, ”Oila” Ilmiy pedagogik markazi, Nogiron farzandli ayyollar jamiyatlari, ”Umr” markazi, ”Улыбки детям” xalqaro jamiyatning O`zbekistondagi guruhi (Lorans Mirelett-direktori), ”Umid” markazi (Maxmudova N.M.-direktor) xalqaro”Opereyshin Mersi” tashkiloti (direktor-Andreya Vogt), ”Kenes-”sentr reabilitatsii i trudovoy adaptatsii (direktor-Suleeva M.M.), ”Beguborlik”-ijtimoiy birlashma (raisi–Abdubekova D.N), ”PEGAS-AL-FALAK” markazi (direktor-Aminova V.YU.) ”KRIDI”, ”Feniks”markazi (direktor-Yusupova G.S.) va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
O`zbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari ham diqqatga sazovor. Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyuziv ta’lim elementlari talaygina. Ko`p yillardan beri umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli o`z vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Har bir tumandagi yordamchi maktab ommaviy maktablarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan yil davomida ma’lum ishlarni olib borishadi, ular uchun maxsus sinflar tashkil etiladi. Bola uyiga yaqin maktabga qatnaydi. Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati ham inklyuziv ta’limga kiritilishi mumkin.
2001 yildan boshlab O`zbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratilgan (Ta`lim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning ta`lim-tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi lozimligi haqida) ("Обучения для всех") "Hamma uchun ta`lim" dasturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha ta`lim xodimlari bu ishga o`z hissalarini qo`shib, inklyuziv ta`limni takomillashtirishda qatnashishlari lozim.
2- MAVZU: ALOHIDA YORDAMGA MUXTOJ BOLALAR TOIFALARI
REJA: Sensor nuqsonli bolalar. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar.
Kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar.
Oligofren bolalar ularning tavsifi. Tug‘ma va ortirilgan oligofreniya