Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Chekinishning (og`ishning) turlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə68/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
2587 (1)

Chekinishning (og`ishning) turlari. Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy. 1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib, tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Sog`ligi va rivojlanishi jihatidan chekinishiga duch kelgan insonlar turli klassifikatsiyalarga ajratiladi. Sog‘lig‘ida va rivojlanishida og‘ishishga moyillarning xilma xil tasniflari mavjud. Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda imkoniyati cheklanganlarning uch bo‘g‘inli shkalasining Buyuk Britaniya variantini qabul qildi:
kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura unsurlarini har qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;
imkoniyati cheklangan-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo‘qotish yoki cheklab qo‘yish
layoqtasizlik (nogironlik) -yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib, insonning biron-bir faoliyatni bajarishini cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat
2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-yengil aqliy zaiflik (debil)dan, chuqur-idiotcha namoyon bo’ladi. Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi. Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi.
3.Pedagogik chekinish-bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida kam qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ololmagan o`quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari darajasida bilim ololmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari kiradi. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham kiritsak bo’ladi. Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang’ich maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabablar talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizm (jamiyatdagi har qanday halokatli inqilob)lar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lgan bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi. Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o’tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular professional mutaxassislar qo’l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qayerda yashashligiga -qishloq yoki shaharda, qanaqa oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’ligida muammosi bor bolalar uchun ta’lim uyda individual tarzda o’tiladi.
Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik professional ta’lim olishlari bilan bog’liq. O’z ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bu bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohasida o’zlarini sinab ko’rish xohishi yo’qligi birlashtiradi. Bu holatda bu og’ishni yengib o’tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’lishadi.
4.Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor tushunchasi bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan qoidalar, xatti-harakatlar andozasidir.
Aslida ijtimoiy norma kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modeli hisoblanadi. Bolalar uchun ijtimoiy normalarning o’ziga xos xususiyati shuki, ular tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy norma va qadriyatlarni o’zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirish sodir bo’ladi. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir. Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida yetarli ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborishlari mumkin.
Ijtimoiy chekinish yoki og`ishlarning oldini olish va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar yaratilgan. Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi: ▪ Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos. ▪ Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos me'yorlardir. Ijtimoiy me'yorlarni, shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy, diniy va h.k.deb ham guruhlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan og`ishi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy og`ish esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogikada buni “tarbiyasi og`ir bolalar” deb yuritishadi. Ya'ni bu bolalarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday og`ishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.
M.A.Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan:


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin