39
rentasi
hajmidan keltirib chiqarib, bu holat o`sha davrdagi daromadning odatiy
ko`rinishi bo`lgan. Uning fikricha, foiz mo„ayyan miqdordagi erdan olingan renta
hajmiga teng bo`lishi lozim, Chunki aynan mana Shu narx evaziga ssuda uchun
berilgan mablag` olinishi mumkin.
Yer narxi
. U.Pettining fikricha, yer mo„ayyan narxga ega emas, Chunki u
mehnat mahsuli emas. Shu sababdan, yer narxi asosiga u rentani joylashtirib, renta
sotib olingan yer maydonidan olinishi mumkin.
Keyingi asarlarida U.Petti,
nazariy emas, kundalik hayot talqinlarini misol
sifatida qo`llagan, uning fikricha yer odatda sotib olinadi,
va erdan doimiy
ravishda daromad olish uchun, uch avlod o`z hayoti davomida mehnat qilishi
lozim, ya`ni
har - bir oldingi avlod, o`zidan keyingi avlod ravnaqi uchun mehnat
qiladi. «Angliyada, - mazkur davr 21 yilga teng, Shu sababli er narxi, ham aynan
21 yilga teng renta mablag`i miqdoriga teng bo`lishi lozim» deb yozgan edi
U.Petti. Pettidan keyin ko`pgina ingliz iqtisodchilari aynan Shu yo`nalishda
tadqiqotlarini davom ettirib alohida Yangi g`oyalarni ilgari surishdi. Bunda, Dj.
Lokk (1623 - 1704), N. Barbon (1640-1698), D.Defo (1660-1731), B.Mondevil`
(1670-1733), B. Franklin (1706-1790), D. YUm (1711-1776), Dj.Styuart (1712-
1780), D.Messi va boshqalarni tilga olish mumkin. Ularning ba`zi g`oyalarini
keltiramiz.
Tannarx
. Mazkur masala bo`yicha N. Barbon o`zining “Savdo
haqidagi
ocherk” asrida (1690): barcha tovarlar narxi, ularning foydalilik darajasidan kelib
chiqadi, - deb ta`kidlaydi. Ammo boshqa tomondan, savdogar tomonidan
belgilangan narx, tannarx savdo
xarajatlari va foizdan iborat, hunarmand
tomonidan belgilangan narx esa sarflangan ashyo va mehnat uchun sarflangan vaqt
bilan belgilanadi. Demakki eng maqbul narx faqatgina bozor toomnidan belgilanib,
tovarlarning asl narxi, ularning sotilish narxiga tengdir.
Ish haqi
. O`zining «Siyosiy iqtisodiyot haqida tadqiqotlar» deb nomlangan
asrida Dj. Styuart (1767), ish haqi asosida yashash uchun zarur bo`lgan xarajatlar
minimumini etadi.
Mazkur miqdor, siyosiy va jismoniy jihatdan zarur summani
tashkil etilishi, jamiyat rivojlanish darajasiga
qarab belginalishini, mablag`
miqdori,esa jamiyat rivojlanishi sayin oshib borishini ta`kidlagan.
Dostları ilə paylaş: