Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Sinflarsiz jamiyat nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
23.2. Sinflarsiz jamiyat nazariyasi 
 
1940-1960-yillarda institutsional nazariyalarning yana bir muhim tezisi, sinf 
tushunchasi eski tushuncha sifatida interpretatsiya etilib, kapitalistik va sotsialistik 
iqtisodiy tizimlar bo`linishi kabi bartaraf etilishi haqidagi fikrlar paydo bo`ldi. 
«Mulkdorlik diffuziyasi» sababli, mulkdorlar sinfi yo`qoldi. Korporatsiyalardagi 
hukmronlik boshqaruvchilar va menedjerlar qo`liga o`tishi bilan, mazkur shaxslar 
kapitalist ham, ishchi ham emasliklari sababli, asosiy konflikt mehnat va kapital 
orasida kechadigan jamiyat shakllanishiga olib keldi. Ushbu g`oyalar, Frederik 
Stern tomonidan ilgari surilgan «Sinflarsiz kapitalizm» nazariyasi, hamda Dj. 
Gelbreyt nazariyasi bo`lmish, «Industrial jamiyat» nazariyasi uchun xos edi. 
 
Yirik korporatsiyalar faoliyati baholanishi 
Yirik korrporatsiyalarning faoliyati ham ijobiy baholangan. Bunda asosiy 
e`tibor, yirik firmalar erkin raqobatchilik qonuniyatlarini buzishiga emas, (bu holat 
1930 yillarda kuzatilgan edi) balki Yangi texnikadan manfaatdor tuzilmalar 
sifatidagi korporatsiyalar ijobiy rolini ta`kidlashga qaratildi, zero aynan ular 
mazkur texnologiyalarning tadbiq etish imkoniyatiga ega edilar. 
Bundan tashqari, urushdan keyingi yillardagi institutsional nazariyalar, 
mazkur davr uchun umumiy bo`lgan iqtisodiyotni nazorat etish mumkinligiga 
ishonch bilan farqlanishar edi. g`arbning deyarli barcha mamlakatlarida 1950-1960 
yillarda kuzatilgan mo``tadil iqtisodiy o`sish, ular tomonidan inson tafakkurining 
bozor ustidan hukmronligi natijasi deb qabul qilinar edi. Institutsionalistlar, 
iqtisodni boshqarish keynsga uslublariga umumiy ijobiy munosabat bildirishib, o`z 
faoliyatida rejalashtirish elementlarini qo`llovchi yirik biznes ijobiy rolini 
ta`kidlashar, va Shu orqali, inqirozlarning asosiy manbai bo`lmish, iqtisodiyotning 


194 
tasodifiylik darajasi pasayishini aytib o`tishgan edi. o`z tarkibiga bir - necha ishlab 
chiqarish zanjirini olgan yirik korporatsiyalar, o`z faoliyatlarini qattiq nazorat va 
rejalashtirishga tayantirib, butun tizimning mo``tadil ishlash vazifasini echishadi. 
Bundan tashqari, yirik firmalar qo`lida yig`ilgan hukmronlik sababli, ular nafaqat 
korporatsiya ichida kechayotgan jarayonlarni, balki tashqi jarayonlarni, Shu 
jumladan narx siyosatini nazorat etish imkoniyatiga ega bo`lib, hattoki 
iste`molchilarning ta`biga ta`sir etishni ham amalga oshirishadi. Buning natijasida, 
ko`pchilik iqtisodiy aloqalar, bozor tavsifini yo`qotadi, demak tasodifiy jarayonlar 
ta`siriga chidamli bo`lishadi. 
Dj.Gelbreytning “industrial jamiyat” nazariyasi. 1960-1970-yillar davomida 
amerika institutsionalizmi yirik namoyandasi Djon Kennet Gelbreytdir (1908 yilda 
tug`ilgan). Ilmiy jamiyat e`tiborini o`zining «Amerika kapitalizmi» (1952), 
«Buyuk inqiroz» (1955), «Jamiyat ravnaqi» (1958) va «Liberalizm davri» (1960) 
nomli asarlarini 1950 yillar davomida nashr etilishi bilan tortdi. Ammo, jahon 
miqiyosidagi mashhurlikka u «Yangi industrial jamiyat» kitobini (1967 yilda) 
nashr etilganidan keyin sazovor bo`ldi. Gelbreyt asarlarining asosiy mavzusi, 
kapitalistik iqtisodiyotning urushdan so`nggi transformatsiyasi bo`ldi. «Zamonaviy 
iqtisodiy hayotning ko`zga tashlanarli jihatlaridan biri Shuki, - deb yozgan edi u, - 
unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar baholanishi bilan bog`liq». Gelbreyt 
kapitalistik iqtisodiyot transformatsiyasi bilan bog`liq g`oyalarini mo„ayyan 
ma`noda ijodiy jihatdan qo`llab, bu holat Veblen davridan beri qayta ko`rilmagan 
edi, zero Gelbreyt bu g`oyalarga o`ziga xos takliflarini kiritdi.
1960-yillarda institutsionalistik nazariyalarda paydo bo`lgan XX asr o`rtalari 
ilmiy - texnik inqilob talqini, ikkinchi sanoat inqilobi sifatida ilgari surildi. XVIII 
asr oxiri XIX asr birinchi yarmida sodir bo`lgan sanoat to`ntarilishi, feodalizmdan 
kapitalizmga o`tish jarayonini tugatganligi haqida xulosa qilinib, endilikda 1950-
1960-yillar ilmiy - texnik inqilobi kapitalizmdan Yangi ijtimoiy - iqtisodiy 
munosabatlarga ega industrial jamiyatga o`tish davri asosi sifaktida qabul qilindi. 
Gelbreyt 1960-yillarda industrial jamiyat nazariyasini ilgari surgan birinchi olim 
emas edi, ammo uning talqini barcha iqtisodchilar tan olingan talqinlar ichida 
o`ziga xosdir. O`zining kitobida Gelbreyt, e`tiborni asosan yirik korporatsiyalarga 
qaratadi. «Besh yuzta yirik korporatsiyalar ulushiga Amerika Qo`shma SHtatlarida 
ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning deyarli yarmi to`g`ri keladi», - 
deb yozgan edi u. Iqtisodiyotning mazkur qismini Gelbreyt industrial tizim deb 
atab, uni ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi deb hisoblaydi. «Iqtisodiyotning 
aynan Shu qismini biz, o`ylamay zamonaviy industrial jamiyatga o`xshatamiz. 
Uning faoliyatini tushunish, xalq xo`jaligi faoliyatining doimo o`zgarib turuvchi, 
demakki ko`proq jihatdan hayotimiz tavsifini o`zgartiruvchi sohani tushunish bilan 
barobardir… iqtisodiyotning qolgan qismi qisqarishi sababli, ko`pchilik jihatdan 


195 
statikdir». Gelbreyt fikriga ko`ra, yirik korporatsiyalarda qanday o`zgarishlar sodir 
bo`lmoqda? Birinchi navbatda bu, ikkinchi jahon urushidan so`ng menedjerlar 
inqilobi nomini olgan jarayondir. «Oxirgi o`n yilliklar davomida, - deb yozgan edi 
Gelbreyt, - zamonaviy yirik korporatsiyadagi hukmronlik kapital mulkdorlaridan 
boshqaruvchilar qo`liga o`tmoqda. Bu hodisani u, tabiiy deb bilib, ishlab 
chiqarishni yetakchi omili umumiy nazariyasi yordamida asoslaydi. Demak uning 
o`zgarishi jamiyatdagi hukmronlik tuzilmalari o`zgarishiga olib keladi»; «masalani 
uzoq muddatli darajada ko`rib chiqadigan bo`lsak, hukmronlikning ishlab 
chiqarish korxonasi doirasida radikal o`zgarishi yuz beradi. Buning oqibatida 
jamiyat ishlab chiqarish omillari ostida o`zgaradi. Kapital hukmronlik pozitsiyalari 
yaqin o`tmish holatidir; bir - necha yuz yil oldin biror - bir to`g`ri fikrlovchi inson 
hukmronlik er bilan bog`liq ekanligiga Shubha qilmas edi». «O`tmish tajribasi, 
hukmronlik manbai yana bir bor o`zgarganligini taxmin qilish uchun asos yaratadi, 
endilikda o`zgarish kapitaldan tashkiliy bilimlarga nisbatan o`zgardi. Demak, 
taxmin qilish mumkinki, bu holat jamiyatda hukmronlikning qayta taqsimlanishida 
aks etadi». Menedjerlar nazariyasi inqilobiga Gelbreyt Yangi element kiritgan. 
Uning fikricha korporatsiya haqidagi hukmronlik yuqori boshqaruvchilar tor 
doirasiga emas, yirik va ko`p tarmoqli jamoalarga tegishlidir. «Iqtisodiyot fani 
nuqtai - nazaridan zamonaviy texnika qo`llanilishi muhim oqibati Shundaki u 
sohaning istalgan elementni tarkibiy qismlarga bo`lish vazifasini o`z oldiga 
qo`yadi» deb ta`kidlaydi. Shunday qilib yirik korporatsiyalarni normal ish yuritishi 
uchun, tor doiradagi mutaxassislarning katta jamoasi talab etiladi. Ulardan hech 
biri boshqalar bilan maslahatlashmagan holda, qaror qabul qila olmaydi «mazkur 
guruh son jihatidan nihoyatda katta, u yuqori pog`onali korporatsiya 
xizmatchilaridan turli darajadagi ishchilargacha etishi mumkin. Shu bilan 
birgalikda, bu soha mutaxassislari maxsus bilimlarga egadir». Gelbreyt mazkur 
mutaxassislar jamoasini “texnotuzilma” deb ataydi. 
Keyingi davrlarda Gelbreyt, yirik yoki ko`p tarmoqli korporatsiya bilan 
bog`liq insonlar faoliyati maqsadlari haqidagi masalani ham ko`targan. Mazkur 
masalani echilishi uchun u rag`batlantirish uchun motivlar umumiy nazariyasini 
ilgari surdi. Mazkur nazariyaga muvofiq, insoniyat butun tarixida, to`rtta 
rag`batlantirish asosiy motivini boshidan kechirgan: majburlar, daromad, 
o`xshatish va moslashish. Oxirgi ikki alohida talqin etilishi lozim. O`xshatish 
rag`bati ostida, inson mo„ayyan faoliyat bilan Shug`ullanar ekan, o`zi ishlab turgan 
tashkilot, butun mamlakat yoki bajarayotgan ishi bilan tavsiflanadi. Moslashish 
rag`bati ostida, inson o`z faoliyati ostida, o`zi ishlab turgan tashkilotni shaxsiy 
maqsadlarga moslashtirishga harakat qiladi. Gelbreyt fikriga ko`ra u yoki bu motiv 
ustunligi, inson temperamenti va egallab turgan lavozimi yuqoriligiga bog`liq. 
Uning nazariyasiga muvofiq, oxirgi ikki motiv aynan texnotuzilmaga xos 


196 
xususiyatdir. Bizning fikrimizcha, bunda mo„ayyan qarama - qarshilik mavjuddir, 
zero Gelbreyt kitobining boshqa qismlarida uning ta`kidlashicha jamoatchilik qaror 
qabul qilish jarayoni, deyarli barcha alohida shaxslar harakatlari umumiy 
natijadir… texnotuzilma maxfiylikka yo`l qo`ymaydi, zero uning asosida mansab 
jinoyatlari va suiste`mollar yuzaga keladi». Shu bilan birgalikda texnotuzilma 
ulushiga faqatgina o`xshatish motivini qoldirish maqsadga muvofiq. 
Korporatsiyaning boshqa ijtimoiy qatlamlariga keladigan bo`lsak, Gelbreyt 
ular faoliyati motivatsiyasi uchun quyidagi sxemani taklif etadi (23.2.1-rasm).
Aktsionerlar 
Ishchilar 
O`rta texnik personal 
Texnotuzilma 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin