Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Savdo haqida
. Foma Akvinskiy savdoga ijobiy qaraydi, Chunki savdogar 
mo„ayyan tovarlarni ularga ehtiyoj yuqori bo`lgan joylarga etkazish kabi muhim 
vazifani bajaradi. Buning evaziga u, daromad olish huquqiga ega. Ammo Shu bilan 
birgalikda savdogar ikki qoidaga bo`ysunishi lozim.
Birinchidan, u tovar narxini o`zi tovarga nisbatan qilgan xarajatdariga 
mutanosib ravishda belgilashi lozim. Ikkinchidan, u daromad orqasidan, daromad 
evaziga intilish huquqiga ega emas. 
Sudxo`rlik
. O`z davrining mutafakkirlari singari, Foma Akvinskiy sudxo`rlik 
qilib foiz olishga salbiy munosabatda bo`lgan. Uning fikricha, mo„ayyan miqdorda 
mablag`ni qarzga bera turib, sudxo`r Shu mablag`ga teng mablag`ni talab qilish 
huquqiga ega. Foiz mablag`dan foydalanish uchun qo`shimcha to`lovdir, Shu 
sababli pulni “sotish” huquqni sotish bilan barobardir deb qaragan. Shunday qilib, 
sudxo`r bir tovarni ikki marotaba sotgan bo`ladi, va bu holat sharobfurush
sharobni alohida, uni ichish huquqini alohida sotish bilan barobarligini ta`kidlaydi. 
O`rta asrlarda Rossiyadagi iqtisodiy fikrlar. 
Ma`lumki, Rossiyaning 
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan Sharqiy
Evropa G`arbiy evropadan qoloq bo`lgan. Chunki G`arb davlatlari, Rim 
imperiyasi qoldiqlari sifatida V asrlarga kelibgina shakllana boshlagan bo`lsa, 
Qadimgi Rus` davlati (Kiev Rusi) esa IX asrga kelib shakllana boshlagan. 
Ikkinchidan, mo`g`ul – tatar bosqini ham, Rossiya qoloqligini oshirib, uning 
keyingi siyosiy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Tatar istilosidan ozodlik 
uchun kurash davomida, Rossiyada XV-XVI asr chorrahasidagina markazlashgan 
davlat paydo bo`lgan. Ammo G`arbda, markazlashgan davlatlar shakllanishi 
kapitalizm paydo bo`lishi bilan shakllangan bo`lsa, Rossiya davlatida harbiy 
zarurat tufayli, krepostnoy huquqi yuzaga kelib rivojlana bordi. 
Bundan tashqari, Rossiya davlati tatarlardan Sharqona despotiya mo„ayyan 
xususiyatlariga ham ega bo`lgan. Ruhoniy Yermolay tomonidan XVI asrning 40-
50 yillarida yozilgan «Ezgulikni istovchi shohlarga er ajratish va hukmronlik 
borasida tavsiyalar» asarida rus davlatchiligini shakllanish xususiyati yoritilgan. 
Asar bir tomondan o`sha davrdagi G`arbiy Evropa traktatlari uslubida yozilib, 
teologiya faktlariga asoslangan, ammo boshqa tomondan, mazkur davlat 
boshqaruvi haqidagi yuqorida tilga olingan qadimgi Sharq asarlari kabi uslubga 
ega bo`lgan. Bundan tashqari, Yermolay Erazmning shaxsiy o`ziga xosliklaridan 
biri, erta nasroniy teologlari qarashlariga yaqin bo`lib, bu holat o`sha davrlarda 


20 
Rossiya cherkovida mavjud bo`lgan ajralmaslar oqimi qarashlari ta`siri ostida 
shakllangan. Bu borada bir - necha misollarni ko`rib - chiqamiz. 
Boylik Yermolay tomonidan salbiy baholangan. Uning fikricha boylik 
birovlar mehnati evaziga yig`iladigan mablag` bo`lib, buning asosida ayyorlik va 
adolatsizlik yotadiki, o`z shaxsiy mehnati evaziga hech - kim boylik yig`a olmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin