244
Ksenofont
(m.a. 430-335/354) - Yunon yozuvchisi va tarixchisi. Quldorlikni
qo„llab-quvvatlagan. «Dehqonchilik barcha san‟atlarning onasi va boquvchisi»
degan iboraning muallifi. «Yekonomiya» (uy xo„jaligi) so„zini birinchi bo„lib
ishlatgan. Mehnat taqsimotiga alohida urg„u bergan va uni bozor ko„lami bilan
bog„lagan. Pulning almashuv va jamg„arish (ikki) funksiyalarini tan olgan.
Platon (Aflotun, m.a. 428/427 - 348/347)
- «Davlat» va «Qonunlar»
asarlarining muallifi. Jamiyatni ish quroli - natural ishlab chiqarish deb qaragan,
natural xo„jalikni qo„llagan, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi
deb bilgan.
Aristotel (Arastu, m.a. 384-322)
- yirik Yunon olimi, «Nikomaxov ahloqi»
va «Siyosat» asarlarini yozgan. Aflotundan ta‟lim olgan. Aleksandr
Makedonskiyga tarbiyachilik qilgan. Qulchilikning prinsipial tarafdori bo„lgan.
Qul - jonli (gapiruvchi) qurol, qul - tirik mulk, degan fikrda bo„lgan. Qiymatning
dastlabki shaklini tahlil yetgan: buyumdan ma‟lum talabni qondirish va almashish
uchun foydalanish mumkin, degan, natural xo„jalik (T-T), tovar (T-P-T) va
pulning kapital shaklidagi aylanishini (P-T-P)
tahlil yetgan. Tovar ishlab chiqarish uchun qo„llaniladigan harakatni qo„llab-
quvvatlagan. P-T-P, P-P shaklini inkor yetadi.
Xrematistika
(xrema - mulk, yegalik) - mulk orttirish san‟ati, ya‟ni foyda va
boylikni pul shaklida to„plashga yo„naltirilgan faoliyat. Kapital qo„yish va
jamg„arish san‟atidir. Amaliyotda kam
qo„llaniladi.Aristotel tomonidan kiritilgan.
Katon Starshiy
(m.a. 234-149) - Qadimgi Rimdagi qulchilikni himoya
qilganlardan. Dehqonchilik to„g„risidagi asarida qishloq xo„jaligiga ko„proq
ye‟tibor berishni taklif yetadi, ko„proq sotish va kam olishni ma‟qullaydi. Qullar
mehnatidan rasional foydalanishni taklif yetadi (Villa xo„jaligi). Yaxshi ishlagan
qulning sharoitini yaxshilash kerak, deydi, - lekin gunohkor qattiq jazolanishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: