37
bo`lgan barcha tabiiy hodisalar tushuntirilishi uchun qo`llaniladigan g`oyani ilgari
surdi (Isaak N`yuton «Tabiiy falsafa matematik asoslari» 1687).
Bunday mexaniko – ratsionalistik yondashuv, jamoatchilik munosabatlarini
tushuntirish borasida ham qo`llanila boshlandi. Bunda jamiyat, tartiblashtirilgan,
tabiiy qonuniyatlarga bog`liq dunyo sifatida talqin etilib, ratsional ravishda
tushunilishi lozimligi haqidagi nazariya ilgari surildi. Bundan xulosa kelib
chiqadiki, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga qarshi
chiqadigan bo`lsa, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga
qarshi chiqadigan bo`lsa, ong mazkur masalalarni echish yo`lini ko`rsatishi
mumkin. Bunday yondashuv asosida ingliz faylasuflari T. Gobs va T.J. Lokk
qalamlariga mansub XVII asr fikrlari yotib, aynan ular, keyinchalik mazkur
yo`nalish estafetasini XVIII frantsuz faylasuf ma`rifatchilariga uzatishdi. Bunday
g`oyalar, mumtoz siyosiy iqtisodiyotda F. Kene va A. Smit qalamiga mansub
«Iqtisodchi inson toifasi» haqidagi nazariyasi, iqtisodiy qonuniyatlari va tabiiy
(ob`ektiv) hodisalar haqidagi g`oyalarni keltirib chiqarib, mazkur g`oyalar asosida
inson harakatlari maksimal darajada daromad olishga mexanik ravishda
yo`naltirilishi lozimligi haqidagi g`oya ilgari surilgan.
Umuman olganda iqtisodiyot, iqtisodchi insonlar miqdori sifatida, yoki
boshqacha qilib aytganda, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar turli ehtiyot qismlar rolini
o`ynaydigan butun mexanizm sifatida qabul qilingan. Iqtisodchi inson haqidagi
g`oyadan tashqari, mumtoz siyosiy iqtisodiyot uchun, iqtisodiy munosabatlar turli
sinflar orasidagi munosabatlar talqini sifatida ham tavsiflangan.
Dostları ilə paylaş: