67
VII-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF – SOTSIALISTIK
YO„NALISH MOHIYATI VA UNING TARIXI TADBIRI
7.1. R. Ouen va sotsialist - rikardianlar iqtisodiy nazariyasi
Sotsializm g`oyalari, ya`ni mehnat va iste`moldagi tenglik g`oyalari
jamoatchilik fikrida inson jamiyati mavjudligining butun tarixi davomida mavjud
bo`lib, bu g`oyaning ijtimoiy nazariyasiga (mumtoz siyosiy iqtisod) mutaxassislar
faqatgina XIX asrning boshiga kelib e`tibor qaratishdi. Bu olimlar qatorida ingliz
sotsialist - utopisti Robert Ouen (1771-1858) va uning tarafdorlari Tomas Gotskin
(1787-1869), Uil`yam Tompson (1785-1833), Djon Grey (1798-1850) va Djon
Brey (1809-1895) kabilar tilga olinishi mumkin bo`lib, ular sotsialist - rikardianlar
nomini Rikardo nazariyasiga sotsialistik xulosalarni kiritish harakati uchun
olishgan. Ouenning birinchi asari, «Inson tavsifining shakllanishi (Jamiyatga
nisbatan Yangi qarash)» deb nomlanib 1813 nashr etilgan. Shu bilan birgalikda
iqtisodiy muammolar uning tomonidan «Lenark grafligiga ma`ruza» (1820),
«Yangi ma`naviy dunyo haqida kitob» (1836) asarlarida ham ko`rib chiqilgan.
Iqtisodiy masalalar echimi Gotskinning «Kapital e`tirozlaridan mehnatni himoya
qilish» (1825), «Xalq siyosiy iqtisodiyoti» (1827), «Mulkning tabiiy va sun`iy
huquqlari» (1832), asarlari Tompsonning «Boylik taqsimlanish printsiplariga
kirish» (1824) asari, Nreyning «Ijtimoiy tizim» (1813), kabi asarlarida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: