SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO‘RG‘ON FILIALI Mavzu: Biokimyo fanining rivojlanish tarixi Tuzuvchi: Iskandarov Abror
KATTAQO’RG’ON – 2023 Biokimyo fanining rivojlanish tarixi Reja:
1. Biokimyo fan sifatida
2. Fanning maqsadi va vazifalari
3. Biokimyo fani o‘rganish ob’ektlari
4. Biokimyo fani boshqa fanlar bilan bog’liqligi
5. Biokimyo fani rivojlanish tarixi
6. Fanning yutuqlari
Biologik kimyo, ya’ni biokimyo biologiya fanining eng muhim sohalaridan biri bo’lib, u tirik organizmlar qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligini va ular hayotiy jarayonlarda qanday o’zgarishini tekshiradi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog’lovchi oraliq fan hisoblanadi. Ma’lumki, biologiya hayotni paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlarini, hayotiy hodisalarini o’rganadi. Hayotiy hodisalar esa faqat kimyo va fizika qonunlari asosida tushuntiriladi.
Biokimyo fan sifatida
Biokimyo fani tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni ana shu qonunlar yordamida o’rganadi. Demak, biokimyo — hayot kimyosi barcha yirik mayda tirik organizmlar kimyosi demakdir. Biokimyo, moddalar almashinuvi jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, tirik organizmlar hayot faoliyatining mohiyatini tushuntirish uchun bir qator fanlarning, ya’ni organik, fizik va kolloid kimyo, fiziologiya, biofizika, molekulyar biologiya hamda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanadi.
Fanning maqsadi
Fanning maqsadi:
Bioorganik kimyo fani hayot uchun
muhim bo’lgan biopolimerlarning
(oqsillar, nuklein kislotalar va
uglevodlar) hamda kichik molekulali
biologik faol moddalarning kimyoviy
tuzilishi va biologik funksiyasi
o’rtasidagi bog’lanishni o’rganadigan
fandir
Biokimyo fani fazifalari
Biologik faol moddalarni tabiiy manbalardan
sof holda ajratib olish;
Ularning tuzilishi va fazoviy holatini aniqlash;
Fiziologik faol moddalarni va ularning har xil
hosilalarini sintez qilish, modifikatsiyalash;
Ularning tuzilishi va faolligi o’rtasidagi
bog’liqlikni aniqlash;
Xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun
muhim preparatlarni yaratishdan iborat.