Samarqand davlat universitetining



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#136717
  1   2   3   4   5   6
10 Biokimyo fanining rivojlanish tarixi


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI
Mavzu: Biokimyo fanining rivojlanish tarixi
Tuzuvchi: Iskandarov Abror
KATTAQO’RG’ON – 2023
Biokimyo fanining rivojlanish tarixi
Reja:
1. Biokimyo fan sifatida
2. Fanning maqsadi va vazifalari
3. Biokimyo fani o‘rganish ob’ektlari
4. Biokimyo fani boshqa fanlar bilan bog’liqligi
5. Biokimyo fani rivojlanish tarixi
6. Fanning yutuqlari

Biokimyo fan sifatida


Biologik kimyo, ya’ni biokimyo biologiya fanining eng muhim sohalaridan biri bo’lib, u tirik organizmlar qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligini va ular hayotiy jarayonlarda qanday o’zgarishini tekshiradi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog’lovchi oraliq fan hisoblanadi. Ma’lumki, biologiya hayotni paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlarini, hayotiy hodisalarini o’rganadi. Hayotiy hodisalar esa faqat kimyo va fizika qonunlari asosida tushuntiriladi.

Biokimyo fan sifatida


Biokimyo fani tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni ana shu qonunlar yordamida o’rganadi. Demak, biokimyo — hayot kimyosi barcha yirik mayda tirik organizmlar kimyosi demakdir. Biokimyo, moddalar almashinuvi jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, tirik organizmlar hayot faoliyatining mohiyatini tushuntirish uchun bir qator fanlarning, ya’ni organik, fizik va kolloid kimyo, fiziologiya, biofizika, molekulyar biologiya hamda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanadi.

Fanning maqsadi


Fanning maqsadi:
Bioorganik kimyo fani hayot uchun
muhim bo’lgan biopolimerlarning
(oqsillar, nuklein kislotalar va
uglevodlar) hamda kichik molekulali
biologik faol moddalarning kimyoviy
tuzilishi va biologik funksiyasi
o’rtasidagi bog’lanishni o’rganadigan
fandir

Biokimyo fani fazifalari


Biologik faol moddalarni tabiiy manbalardan
sof holda ajratib olish;
Ularning tuzilishi va fazoviy holatini aniqlash;
Fiziologik faol moddalarni va ularning har xil
hosilalarini sintez qilish, modifikatsiyalash;
Ularning tuzilishi va faolligi o’rtasidagi
bog’liqlikni aniqlash;
Xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun
muhim preparatlarni yaratishdan iborat.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin