Samrqand davlat universiteti


 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan  undoshlar” mavzusu ustida ishlash



Yüklə 48,68 Kb.
səhifə9/17
tarix31.12.2021
ölçüsü48,68 Kb.
#113017
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
2-sinf jarangli va jarangsiz

2.2. 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan  undoshlar” mavzusu ustida ishlash 

  

O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga 



13 

 

asoslanib  tanishtiriladi.  Bundajufti  bor  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar  ajratiladi. 



Kuzatishda  o‘quvchilar  faol  qatnashishi  va  ularga  jufti  bor  jarangli  undosh  bilan 

jarangsiz  undoshlarni  ajratish  qanchalik  muhim  ekanini  yaqqol  ko'rsatish  uchun 

faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan  baqir — paqir, gul - kul, dil — til, 

zina — sina, joy — choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. 

Bunda  o‘qituvchi  o'quvchUar  diqqatini  b~p,  v—f,  g~k,  d~t,  z~s,j—ch,  j—sh 

tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil 

qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh 

tovushlarda  shovqin  va  qisman  ovoz  qatnashadi,  jarangsiz  undoshlarda  esa  faqat 

shovqin eshitiladi). 

O‘zbek  tilida  ikki  har  xil  undosh  yonma-yon  keladigan  so‘zlar  mavjud. 

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand 

kabi  so‘zlardagi    d,  t  undosh  tovushlar  ba‘zan  aytilmaydi  (talaffuz  qilinmaydi), 

ammo yoziladi.    

Dasturga  ko‘ra,  o‘quvchilar  nutqida  ko‘p  qo‘llanadigan,  ularning  faol 

lug‘atiga    aylangan    ayrim    so‘zlar    misolida    bunday    so‘zlarning    aytilishi    va  

yozilishi haqida  o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi.  

                                    1-dars  

Mavzu:  Aytilishda   tushib qoladigan undoshlar  

Ta‘limiy  maqsad:  So‘z  oxirida  aytilishida  tushib  qoladigan  d  va  t  undoshli 

so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi  va imlosi  haqida ko‘nikma hosil qilish.  

Ta‘rbiyaviy  maqsad:  o‘quvchilarni  so‘zlarni  orfoepik  me‘yorlarga  amal qilgan 

holda talaffuz qilishga  o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini  shakllantirish.  

Darsning borishi:   

Oxirida    yonma-yon    kelgan    ikki    undoshli    so‘zlarning    to‘g‘ri    aytilishi    va 

yozilishini  kuzatish.    

I.  Lug‘at ustida ishlash.   

Lug‘at    ustida    ishlashda    so‘zlarning    izohi    o‘qituvchi    tomonidan    aytiladi, 

o‘quvchilar  izohga  mos  so‘zni  topib  aytadilar.  Bi  mashq  ―Bir  so‘z  bilan 

ayting‖ deb nomlanishi mumkin.  

14 

 

─  O’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent)  



─  Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand)   

Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand)  

─  Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt)  

─  Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht)  

─  Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st)  

─  Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd)  

─  Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand)  

─  Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand)  

─  Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand)  

O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi.   

─ Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?  

O‘qituvchi  muammo  mohiyatini  qisqacha  tushuntiradi:  o‘zbek  tilida  mana shu  

kabi  oxirida  ikkita  undosh  yonma-yon  kelgan  so‘zlarni  aytganimizda,  ba‘zan 

so‘z  oxiridagi d, t  tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni  yozganda, asliga 

muvofiq,  ya‘ni  oxiridagi  undosh  harfni  tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, 

do’st, g’isht kabi yozamiz.  

II.  Aytilishda  tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.  

1.  So‘z  oxirida  d,  t  harflari  tushirib  qoldirilgan  so‘zlarni  yozdirish,  

aytilishi  va yozilishni  qiyoslash.   

131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan  mosini qo‘yib ko‘chiring.  

Xursan… , balan… , darax… , pas… , farzan… , payvan… , ros… , do‘s… .  

2.  O‘quvchilarga  qoidani darslikdan o‘qitish.

5

 

 



 

O‘quvchilarga  qoidani  tushuntirishda  Samarqand,  farzand,  do’st,  daraxt 

so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni  

qoida ketma-ket kelgan  undoshli so‘zlar uchun yozilganligi  eslatib o‘tiladi  

 

5

 K. Qosimova, S. Fuzailov,  A. Ne‘matova.  Ona tili.  Umumiy  o‘rta ta‘lim  maktablarining  2-sinfi  uchun darslik. 



T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012,  52-bet. 

15 


 

III.  Aytilishda  tushib  qoladigan  undoshlarning  aytilishi  va  yozilishi  haqidagi  

ko‘nikmani    shakllantirish.      Buning    uchun  darslikdagi    132-mashqdan 

foydalaniladi.  

Mashq  sharti  quyidagicha:  O‘qing.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  aytilishi  

va yozilishidagi  farqni ayting. 

  

Ona shahrim –  azim Toshkent,  



Go’zallikda tengsiz poytaxt.  

Kelajagi buyuk shahar,  

Quchog’ida yuz ochar baxt.  

Ko’chalari ravon, nurli,  

Binolari ko’rkam, baland.  

Bo’lsam deyman bir koriga  

Yaraydigan komil farzand.  

                                                                     Abdurahmon Akbar  

  

1.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga  ―Men  she‘rni  o‘qib  beraman,  sizlar aytilishida  



tushib  qoladigan  d  va  t undoshli so‘zlarni  aniqlab aytasiz‖ topshirig‘ini  berib, 

yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland 

so‘zlarini aniqlaydilar  (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi).   

O‘quvchilar  133-mashqni  mustqil  bajaradilar.  O‘qituvchi  o‘quvchilar  javobini  

umumlashtiradi,  mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi.  

Darsni yakunlash.    

Savol: Darsda nimalarni  bilib oldingiz?  

IV.  Uyga vazifa. 134-mashq.  O‘rganilgan  mavzuga mos to‘rtta so‘z  

yozish. 

2- dars  

Mavzu:  Aytilishda   tushib qoladigan undoshlar  

Maqsad:  So‘z  oxirida  aytilishida  tushib  qoladigan  d  va  t  undoshliso‘zlarning 

to‘g‘ri aytilishi  va imlosi  haqidagi ko‘nikmani o‘stirish.  

16 


 

Darsning borishi.  

I.  Uy vazifasini  tekshirish.  

Mashq  parta  oralab  ko‘rib  chiqilgach,  bir  necha  o‘quvchi  yozib  kelgan  

so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi.  

II.  So‘zlarning  aytilishi    va  yozilishini  taqqoslash    bilan  aytilishda    tushib 

qoladigan undoshlarning  imlosi haqidagi ko‘nikmani  mustahkamlash.  

1.  Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand,  

baland,  xursand,  Samarqand,  do’st,  mashinist,  juft,  g’isht,  go’sht.  

O‘quvchilar    navbat    bilan    so‘zlarni    izohlab    doskaga    yozadilar,    qolgan  

o‘quvchilar  daftarlariga    ko‘chirib    yozadilar.    Masalan,    payvand    so‘zida    ikki 

bo‘g‘in  bor:    pay-vand,  so‘z  oxiridagi  d  undoshi  aytilishda  ba‘zan  eshitilmaydi, 

ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi.  

2.  135-mashqni birgalikda  bajarish.  

  135-mashq. Maqollarni  o‘qing.  

Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham  rost gapir. Rejasiz ish – olipsiz 

g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar.  

  Ikkita  maqolni  ko‘chiring.  Aytilishi  va  yozilishida  farq qiladigan so‘zlarning  

tagiga chizing.  

3.  136-mashqni mustaqil bajarish.  

4.  O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq.  

III.  Darsni yakunlash.  

IV.  Uyga vazifa. 138-mashq. 

 

 



 

 

 




Yüklə 48,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin