Sana: Mavzu



Yüklə 122,83 Kb.
səhifə11/13
tarix13.11.2023
ölçüsü122,83 Kb.
#132504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-sinf ona tili IV- choprak tayyor

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Gap nima?
263-mashq. O‘qing. Ustunning qaysi tomonida gap berilgan?
O`quvchi, o`z,maktab, sevadi.
O`quvchilar o`z maktablarini sevadilar.
Qaysi so‘zlardan gap tuzilgan? Nima uchun?
Gapni yozing.
Gap tugallangan fikrni bildiradi.
Gap so‘zlardan tuziladi.
Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi. Yaxshidan bog‘ qoladi.
264-mashq. Gaplarni o‘qing.
9-aprel — Amir Temur bobomizning tug‘ilgan kuni. Bobomiz Kesh shahri atrofidagi obod joyda tug‘ilgan.
Amir Temur juda nozik didli kishi bo‘lgan. Tabiati go‘zal yerlarni yoqtirgan. Dam olgan chiroyli joylarni obod qildirgan. U nihoyatda adolatli podsho bo‘lgan.
Gaplarni yozing
« Gapning oxiriga qachon nuqta (.), so‘roq belgisi (?) va undov belgisi (!) qo‘yiladi?
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarni yangi mavzu yuzasidan bilimlari savol – javob va tarqatmalar orqali mustahkamlanadi.
265-mashq. Mashqning bajarilish tartibi o’quvchilarga tushuntiriladi.
265-mashq. O‘qing. Yozing.
Vatan nima? Vatan — biz tug‘ilib o‘sgan yurt. Ona Vatan so‘zi naqadar aziz!
Gapning boshi hamda oxirini qanday belgiladingiz?
Vatan haqida gap tuzing yoki maqol ay ting.
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Gap so‘rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo‘yiladi.
266-mashq. She’rni o‘qing.
AJIB SIR
Bolarining qahri yomon,
Chaqmasin-ey, zahri yomon!
Tushunmadim ammo sirin:
Nega uning boli shirin?
Rustam Nazar
She’rni yozing. Gaplar oxiriga qanday tinish belgilariqo‘yilgan?
V.Uyga vazifa:
267-mashq. Gaplarni o‘qing
Sa’dulla ukasi bilan gulzorga kirdi. Gullar qiyg‘os ochilgan. Ular bir dasta gul terishdi. Gullarni oyisiga berdilar.
Gaplarni yozing.
O`TIBDO`: _____________________


Sana: __________________
Mavzu: Gap. Gapda tinish belgilarining ishlatilishi 268-270-mashq
Maqsadlar:
Ta’limiy:Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuqbelgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari haqida bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. Tayanch kompetensiyalar: K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish. K-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish. K-4:Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish; milliy bayramlarni bilish;
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.

Yüklə 122,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin