IV. Mustahkamlash.
4-topshiriq bajarilmasdan avval kesma haqida suhbatlashiladi. Kesmaning boshi va oxiri bo‘lishi, ularning qanday belgilanishi tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi daftariga ixtiyoriy kesma chizishi topshiriladi. Daftariga kesma chizgan o‘quvchilardan biriga doskaga chizma chizib berishi so‘raladi. Shundan keyin 4-topshiriqdagi har bir shaklda nechta kesma borligi so‘raladi.
5-topshiriqdagi boshqotirmada berilgan shakl doskaga chiziladi. Bir o‘quvchi doskada kvadratlar sonini bilganicha sanaydi. Qaysi o‘quvchi bilsa, shu o‘quvchi doskaga chiqib sanashni davom ettiradi. Shaklda 30 ta kvadrat mavjud. Boshqotirmani yechishga dars vaqti yetishmasa, o‘quvchilar uni uyda yechishga harakat qilishlari aytiladi.
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa:
Uyga berilgan 7-misol va 8-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
7-masalaning yechilishi:
1) birinchi va ikkinchi daraxtdan olindi – 12 + 24 = 36 (kg).
2) uchinchi daraxtdan terib olindi – 48 – 36 = 12 (kg).
Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1. Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.
2. Kesmaga doir misollar topib kelish.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish. Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika
Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish. 9-16- MISOL VA MASALA
Tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib, bo‘laklab va ustun shaklida ayirish usullari.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishning ikki usuli – bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmani o’lchash va taqqoslashga doir mashqni yechish.
Metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.