Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124438
1   2   3   4   5
Maruza.-6

Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftari asosida uyush-tiriladigan yozuv 
darslarida o„quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar. Yozuv 
ko„nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan 
bog„liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o„rgatish jarayoniga mos holda 
tuziladi. 
Yozuv daftarida ta‟lim beruvchi, o„rganuvchi-tekshiruvchi va tekshiruvchi 
mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayo-nida lug„at ustida ishlash
to„g„ri tajaffuz, og„zaki suhbat, gap va so„z tahlili, so„z yoki bo„g„indagi yozilishi 
o„rganiladigan harfni ajratish, bo„g„inlarni biriktirish, tuzilgan so„zlarni o„qish va 
yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi. 
Yozuv daftarida o„quvchilar „Alifbe"da o„rganilgan harfni yozma 
shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror 
mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so„z chizmasi 
katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Ba‟zi o„rinlarda o„quvchilar berilgan gap yoki so„z chizmasini o„zlari mustaqil 
tasvirlaydilar. 
Predmet rasmi berilgan o„rinlarda shu predmet nomi - so„z bo„g„in-tovush 
jihatdan tahlil qilinadi, so„zdagi tovushlar soni suh-bat yo„li bilan aniqlanadi va 
katakchalarda ranglar bilan belgilanadi. 
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o„sha 
gapntng tahlili ustida ish olib boriladi. 


Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali 
tanishtiriladi. 
Yozuv daftarida tinish belgilar qo„llangan. Ularshu belgi uchragan o„rinlarda 
tanishtirib boriladi. 
Yozuvga o„rgatishda o„quvchilarning ko„ruv, eshituv, qo„l harakati sezgilarini 
ishga solish lozim. Shunda yozuv quruq yozuv bo„lmay, ongli yozuvga aylanadi. 
Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. Yozuv darslarida ham 
o„quvchilar nutqini o„stirish, fikrlashga o„rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Yozuvga o„rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning o„z fikrini yozma 
ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida muhim 
vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o„quvchilar yozadigan 
birinchi so„z ularning jonli nutqidan yoki o„zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu 
jarayonda ko„chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so„ng o„tkaziladi. Bu yozma 
mashq turlarining ongli bajarilishini, o„quvchilarning bilish faolligini ta‟minlaydi. 
Masalan, bolalar o„qish darsida „Alifbe" da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya 
tuzadilar, yozuv darsida esa o„sha gap yoki hikoyadagi malum bir so„zni yozadilar. 
Bu ular uchun ijodiy yozuv - inshodir. Keyin-chalik o„quvchilar alohida so„z 
yozishdan kichik-kichik gaplarni yozishga o„tadilar. 
O„quvchilar gap yoki hikoyani og„zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin 
yozish uchun o„rganilmagan harf bo„imagan so„zni tanlashda qiynaladilar. Bu 
jarayonda o„qituvchi yordam berishi va yozuvai kuzatib borishi lozim. 
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o„tkazib, asta-sekin 
murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o„quvchi-larni insho va bayon 
yozishga tayyorlaydi, o„z fikriarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga 
o„rgatadi. 
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o„quvchilarning yozma nutqini 
og„zaki nutqi bilan bog„liq holda o„stirishni ta‟minlaydi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin