Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Yüklə 448,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.09.2023
ölçüsü448,52 Kb.
#129341
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-noan-anaviy-darslar-metodikasi

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 17
- ta’lim jarayonida o’quvchilarda tasavvur imkoniyati yetarli bo’lmaganligi uchun 
dars jarayoniga modellashtirish texnologiyalarini olib kirish; 
- darslarda texnik qurilmalarni amaliy foydalanish imkoni bo’lmagan hollarda 
ishlash jarayonini virtual holda yaratish va natijani ko’rsatish; 
- modellashtirilgan obyektlar asosida tahlilni olib borish; 
- kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ularni ko’rsatish; 
- biologiya darslarida jonli tabiatdan hamda modellardan foydalanish; 
- geografiya darslarida esa xaritalar va shaharlarning yaratilgan modellaridan 
unumli foydalanish mumkin. 
Akvarium metodi: Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli 
bo’ylab o’tiradilar. Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari 
o’tiradilar (yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari». Ichki doira a’zolari («baliqlar») 
o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib 
turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib 
qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. 
SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. 
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari 
bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha 
ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanish doiralari. Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi. 
Afzalliklari. Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni 
(masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. 
Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy 
fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa 
texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari. Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok 
etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o’qituvchi 
yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l bermaydigan 
uslublarni bilishi lozim. 
Noan`anaviy darsda vaqt talabi dars vaqtining ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil 
topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon 
qilishi va himoyalashiga sarflanishi bilan belgilansa, an’anaviyda dars vaqtining ko’p 
qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni 
tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Noan`anaviy dars turlari dars 
samaradorligini oshiradi va akademik ishlarga barqaror qiziqish uyg'otish va dasturiy 
ta'minot materiallarining eng yaxshi yutug'ini saqlashga yordam beradi. 

Yüklə 448,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin