See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 488,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.06.2022
ölçüsü488,66 Kb.
#116530
1   2   3   4   5
TurakulovaOqilaAmirkulovnaDARSVASINFAXBOROTRESURSMARKAZI

.
1
Bugungi yoshlarda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish,axborot resurs markazi
xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish ko„p jihatdan pedagoglar,o‟quv fanlari 
o„qituvchilarining ular bilan hamjihat ishlashlariga bog‟liq.Me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda ham 
ta‟lim muassasalarida axborot-resurs markazlarining kutubxona fondlari, o‟quv –uslubiy texnik 
adabiyotlar,ommabop kitoblar bilan boyitish,ularni moddiy texnik bazasini mustahkamlash 
ta‟kidlab o„tilgan.
Ayni vaqtda o„tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o„z yechimini kutayotgan bir qator 
dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko„lamda hal etish zarurligini ko„rsatmoqda: 
-Kutubxona xizmat ko„rsatishda har bir kitobxonga individual yondashuvni tashkil 
etishi,bunda uning qaysi yo„nalishga qiziqishi,maqsad-intilishlari, bilim darajasiga e‟tibori;[240] 
-Dunyo bilimlarining keng ko„lamini ifodalovchi adabiy manbalar,xalq ma‟naviy merosini 
aks ettiruvchi hujjatlarning universal fondini yaratish,uni foydalanuvchilarga taqdim etish; 
-Xorijiy davlatlar bilan bibliografik ma‟lumotlar almashish hamda yoshlarni xorijda hamda 
yurtimizda nashr etilgan kitoblar bilan ta‟minlash borasidagi hamkorlikni keng yo‟lga 
qo„yish;
2
[241] 
-Aborot-resurs markazi xodimi faqat axborotning elektron tashuvchilarini ishga solib,o‟quv 
fanlari o‟qituvchilarining ko„ magi va hamkorligisiz o„quv –tarbiya jarayoniga faol va samarali 
aralasha olmasligi va buni yo„lga qo„yish.
Shuningdek pedagoglarning axborot olish madaniyati ham talab darajasida 
emas.Pedagoglar,o‟quv fanlari o‟qituvchilarining malakasini oshirish masalalariga bag‟ishlangan 
tadqiqot ishlarida ularga taqdim etiladigan bilimlar,bilim berish mazmuni,metodlari haqida fikr 
yuritiladi

Biroq ushbu ishlarda o‟qituvchilarning o„z ustida ishlashi kerakligi ko‟rsatib o‟tilgani holda 
nazariy,pedagogik,metodik adabiyotlarni mutolaa qilishlari,bu adabiyotlarni qayerdan topishlari 
mumkinligi,mutolaa metodikasi e‟tibordan chetda qolib ketmoqda. 
Kutubxonachi,pedagog va o„quv fanlari o„qituvchilarining hamkorligini ta‟minlash motivi 
sifatida quyidagilar alohida ahamiyatga ega: 
______________________________________ 
1.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ„ib qilish bo„yicha 
kompleks chora-tadbirlar dasturi to„g„risida” 2017-yil 13-sentabr
dagi  3271-son Qarori
2.
 Умаров
А.А. Ижтимоий-маданий тараққиётни таъминлаш ва комил инсон шахсини 
шакллантиришда мутолаанинг роли. Соц-я 
. Фан.Док…..дисс.-Тошкент,2005.- Б, 240-241. 


Eng yangi axborot texnalogiyalarini egallashga harakat qilish; 
-Axborot olish madaniyatini yuksak darajasini mo‟ljal qilish; 
-Kutubxonachi pedagog, o„qituvchilar bilan hamkorlikni yo„lga qo„yish uchun dastavval 
nazariy,pedagogik,metodik adabiyotlar fondini yuzaga keltirish
Kutubxonachi faoliyatida fondni targ‟ib qilish,pedagogik,metodik adabiyotlar targ‟iboti va 
tashviqotini yo‟lga qo‟yish:[90] 
-O„quv jarayonini metodik ta‟minlashning pedagogik monitoringini tashkil etish,yo‟l 
qo‟yilayotgan kamchiliklar va erishilayotgan yutuqlarni qayd etib borish maqsadga 
muvofiq
1
.[108] 
So„nggi yillarda kutubxona va axborot –resurs markazlarida o„quvchilar bilan kitoblar 
ko„rgazmalarini tashkil etishga katta e‟tibor qaratilmoqda.Biroq mazkur xayrli ishdan hamma 
vaqt ham o„qituvchilar unumli foydalanmayapti. 
O„quvchilardagi qiziqish va ehtiyojlarni yanada shakllantirish uchun eng avvalo guruh 
rahbarlari ular bilan birga kutubxona va axborot-resurs markazlariga ekskursiya uyushtirishlari 
lozim. Rus olimi N.I.Shafalinovaning taqqiqot ishlarida yirik kutubxonalarga ekskursiya 
uyushtirish,o„qituvchining o„quvchiga qaysi kitoblarni o„qish mumkinligi haqidagi maslahatlari, 
kitob tanlashda undagi qaysi ma‟lumotlarga e‟tibor berish zarurligi,”Adabiy tahlil”,”Qisqacha 
adabiy ensiklopediya” kabi izohli ma‟lumotnomalar bilan ishlash masalalari qamrab olingan
2
[152].Ekskursiyalar davomida o‟quvchilarni kitob saqlash bo‟limlari bilan tanishtirish,unda
saqlanayotgan kitoblarni ko„rsatish lozim.Fan o„qituvchilari avvalo o„quvchilarni kitob tanlashga 
o„rgatish og‟zaki va yozma matn bilan ishlashga yo‟naltirish,o„qish texnikasi va qoidalari bilan 
tanishtirish,o„quvchilarni mutolaa qilishlari uchun shart-sharoit yaratish kabi muhim vazifalarga 
e‟tibor qaratishi lozim Bu ishni nafaqat adabiyot fani o„qituvchilari balki boshqa fan 
o„qituvchilari ham qilishlari shart. 
Kutubxonachi,o„qituvchi,to„garak rahbari kitob tanlash jarayonida ispan faylasufi Baltasar 
Grasianning“Ba‟zilar kitobning hajmiga qarab baholaydilar,go„yoki kitob aqlni charxlash uchun 
emas, balki qo„l mushaklarini mashq qildirish uchun yozilgandek”

degan fikrga e‟tibor 
qaratishlari maqsadga muvofiq. 
Akademik litseylarda “kitobxonlik” to„garaklarining muntazam faoliyat yuritilishiga erishish 
zarur. To„g‟ri, maktablarda ,maktabgacha ta‟lim muassasalarida xuddi shunday yo„nalishdagi
to„garaklar mavjud,biroq ularning ish faoliyatini qoniqarli deb bo„lmaydi. 
Buning uchun to„garak rahbari muntazam ravishda o„quvchilar tomonidan kitoblar asosida 
turli musobaqa va tanlovlarni ,ijodiy kechalarni, adiblar bilan uchrashuvlarni tashkil etib 
borishlari lozim.
Shuningdek “Kitobxonlik “ to„garagining asosiy vazifasi kitob o„qish gigenasi,kitob o„qish 
uchun diqqatni yo„naltira olish kabi kitobxonlik malakalarini mustahkamlshdan iborat bo„lmog‟i 
lozim.
____________________________________ 
1.G‟aniyeva D.A . O„quv jarayonida kutubxonachi va o„quv fanlari o„qituvchilarining hamkorligi: 
пед.фан.номзоди....дисс. -Toshkent,2008.-Б,90-108. 
2 .Шафалинова .Н.И . Библиотечно-библиографические занятия в старших классах литература в школе

Место публикации : Литература в школе
-Мoсква, 1974.-№5. –Б,152. 
Урок литературы--
библиотечный
...
3.h
ttps://ru.wikiquote,org/wiki/.Балтасар Грасиан. Цитаты “Некторые ценят книги по их объему,точно 
написаны они для упряжнения рук а не ума”. 


O„quvchilarga kitob bilan muomalada bo„lganda nimalarga yo„l qo„yish mumkin emasligi 
qoidalari sanab o„tiladi.Jumladan,o„quvchilarni mutolaa madaniyatiga doir quyidagi qoidalar 
bilan tanishtirib o„tish lozim:kitobni buklash;kitobni sahifalariga rasm chizmaslik va 
yozmaslik;quyosh shu‟lasida kitob o„qimaslik;kitobni yotib o„qimaslik;ko„chada ketayotib kitob 
o„qish mumkin emasligi. 
Kutubxonachi va o‟qituvchilar o„quvchilarda ma‟naviy merosga aksiologik ong va 
munosabatni qaror toptirishlari kerak.Mazkur bosqichning muvaffaqiyati oila va maktabda 
o„quvchilarni o„qigan kitoblariga qaydlar yozib borish uchun mutolaa kundaligi tutish bilan 
bog‟liqdir. 
Ma‟lumki,o„quvchilar o„zlari o„qigan kitoblarning ma‟no va mazmunini mutolaa 
kundaligida aks ettirsalar,ularning fikr yuritish doiralari,mulohaza qilish ko‟nikmalari va yozma 
nutqlari ham rivojlanadi. Mazkur faoliyatdan kelib chiqqan holda o„quvchilarga kundalik 
yuritishning shakli,tartibi o„rgatiladi. Kundalik yuritilganda,avvalo,muallif ismi-
sharifi,kitobning sarlavhasi,kitobning mutolaa qilingan vaqti,uning mavzusi,asosiy ishtirok 
etuvchi qahramonlari yoritiladi.

Yüklə 488,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin