1 1-jadval Men sevib o„qigan va o‟qiydigan kitoblar
Muallif
ismi-sharifi
Kitobning
sarlavhasi
Mutolaa
qilingan vaqt
Mavzusi
Qahramonlari Qoldirgan
taassuroti
Shuningdek,ushbu kitobning kitobxonda qoldirgan taassuroti,ko„proq yoqib qolgan
satrlarini yozish foydadan holi bo„maydi. Yana shuni ta‟kidlab o„tish joizki,o„qilgan asarlarni
faqatgina kundalikda tasvirlab,qalbida,xotirasida saqlamaslik ham to„g‟ri emasligi aytib o „tilishi
kerak.Shuningdek,mazkur bosqichda o„quvchilarga kitobga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
o„lish,kitobdan to„g‟ri foydalanish borasidagi mavjud malakalarni rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega.Buning uchun “Biz va kitoblar” nomi ostida tashkil etiladigan ko„rgazmalarda
o„quvchilarga nafaqat bir vaqtda nashr etilgan va turli holatda foydalanilgan kitoblar:
yaxshi,ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lingan kitoblar bilan bir qatorda ,bolalar tomonidan
muqovalari ifloslangan,varaqlari titilib ketgan kitoblar ham qo„yilishi lozim.Shuningdek,bir
necha yil ilgari nashr qilinib,bugungi qadar yaxshi saqlanib,o„quvchilarga xizmat qilayotgan
kitoblar bilan bir qatorda yaqinda nashr ettirilgan,biroq kitobdan foydalanish qoidalariga amal
qilinmaganligi uchun yomon ahvolga kelib qolgan kitoblarning ko„rgazmasini ham tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda fan o‟qituvchisi,sinf rahbari hamda
kutubxonachi hamkorligini ta‟minlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
-Ta‟lim-tarbiya tizimini isloh qilishda o„quv jarayoni hamda kutubxona hamkorligini
ta‟minlashning mazmun,shakllari,vosita,usul va metodlarini ishlab chiqish va bu sohadagi
muvaffaqiyatini ta‟minlash;
-O„zbek xalqining milliy an‟analari,qadriyatlari,ulkan xalq pedagogikasi hamda boy tajribasiga
suyanib, darsliklar,qo„llanmalarni targ‟ib etishning yangidan-yangi mexanizmlarini joriy etish;