Bu o‘rinda: Buyuk olim Al-Xorazmiyning asarlari yorqin didaktik harakterga egadir. U savol-
javob metodi orqali bilimlar qo‟lga kiritilishini, bu jarayonda o„quvchi boshqalar bilan
munosabatga kirishini, guruhning faol ishtirokhisiga aylanishini ta‟kidlagan.
- Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan ilmiy usullarni
ishlab chiqqan. U shuningdek, ta‟lim tamoyillarini (ilmiylik, ko„rgazmalilik, hayot bilan
bog„lanishlik kabilar) ham tasniflagan.
-Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino o„z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi
katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar o„z ifodasini
topgan.Ibn Sinoning fikricha, bolalarda o„zlashtirish ko„nikmalari jamoa bo„lib o„qitish shaklida
yaxshi shakllanadi. Buning uchun quyidagilarga asoslanish lozim:
- ta‟lim oluvchilar, o„qituvchi va o„quvchilar orasida tajriba, bilim, ma‟naviy va axloqiy
qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish;
- musobaqalashuv elementidan foydalanish;
- o„quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o„zaro tushunish, o„zaro yordam,
do„stlik hissini rivojlantirish. O„qituvchilarning har tomonlama tayyorgarliklariga katta e‟tibor
qaratib, Forobiy va ibn Sino o„quvchilarga darsliklar,qo„llanmalarni targ‟ib etishning
eng
muhim omillari sifatida
-faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy
qobiliyatni hisoblashgan.Shunday qilib, o„rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo„naltirilganlikga
ega katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik qarashlari zamonaviy
pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
1
-Xorijiy mamlakatlar kutubxonalarining ish tajribalarini o„rganish,yangi texnik vositalardan
foydalangan holda o„qituvchi,o„quvchilarga kutubxona xizmatini tizimli tashkil etish,yaqin va
uzoq xorijiy mamlakatlar kutubxonalari bilan kehg ko„lamli,uzluksiz ilmiy aloqalarni yo„lga
qo„yish texnalogiyalarini yaratish;
-Kutubxona xodimlarini davlatlararo hamda mintaqalararo axborotlar almashuv sohalarga
yuksak mahorat va kasb malakalariga ega bo„lishlari uchun uzluksiz malaka oshirish tizimini
joriy etish orqali o„quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonini pedagogik
jihatdan ta‟minlashga erishish.
Yuqorida fikr-mulohazalarga tayangan holda kutubxonachi hamda fan o„qituvchilarini
o„quv jarayonini metodik ta‟minotidagi hamkoligida quyidagilarga amal qilish tavsiya qilinadi:
1.O„quvchilarga baland ovoz bilan kitob o„qishga o„rgatish;
2.O„qituvchi,kutubxonachi hamda ota-onalar o„quvchilar bilan kitobni sevish,uni e‟zozlash
haqida suhbatlar o„tkazish;
3.Yaxshi kitoblarni targ‟ib qilish imkoniyatiga ega bo„lgan avdiovizual vositalarga ega
bo„lish; multfilm,kinofilm,diafilm,illyustrativ albomlar,badiiy otkritkalar;
4.O„quvchilarni kutubxonalarning bibliografik katologlari bilan tanishtirish,bunday
kutubxonalarga muntazam ravishda,tizimlilik asosida sayohatlar uyushtirish,
5.Kutubxona darslari,sinfdan tashqari badiiy o„qish,adabiy kechalar,bayramlar,o„quv
konfrensiyalari,tanlovlar,musobaqalar o„tkazish;
6.Oilaviy hamda sinfda guruh bo„lib kitob o„qishni tashkil etish;
7.Adabiy muzey,kitob ko„rgazmalari,teatrlarga muntazam borishni yanada rivojlantirish.
8.Dars va sinfdan tashqari mashg‟ulotlar jarayonida o„quvchilani android kitoblardan
foydalanishga o„rgatish va amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish.
____________________________
1
. library.ziyonet.uz/ru/book/ Sharq mutafakkirlarining ahloqiy qarashlari va qadriyatlaridan
1 .https://referat.arxiv.uz/index.Sharq mutafakkirlarining pedagogic qarashlari.
Yuqoridagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etilishi ta‟lim jarayonida mutolaa madaniyatini
rivojlantirishda muhim omil sanaladi.
Shubhasiz,kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma‟naviy kamolot sari yetaklaydigan
bebaho bir vosita. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma‟rifatga intilishi bilan dong taratgan.
Boisi,inson mutolaasiz, kitob o„qimasdan siyosiy, huquqiy, ilmiy, ma‟naviy taraqqiyotga
erishish mutlaqo mumkin emas. Ajdodlarimiz biz uchun qoldirgan bebaho kitoblarni mutolaa
qilib bugungi taraqqiyot cho„qqisiga erishmoqdamiz. Bobokalonlarimizning aniq fanlarga oid
benazir asarlari, tariximizning eng qadimiy lavhalari aks etgan mo„tabar manbalar, eng asosiysi
cheksiz ma‟nolar ummoni bo„lmish mumtoz adabiyotimizni o„qish va uqish ziyo ahlining ulkan
vazifalaridan biridir.
N.A.Rubakin ta‟biri bilan aytganda “Yaxshi kutubxona koinotning kitobdagi in‟ikosidir”
1
.
______________________
Рубакин. Н.А –https://www/livelib.ru/author-nikolaj-rubakin.
View publication stats
View publication stats
Dostları ilə paylaş: |