Ikki chiziq oralig‘iga yoziladigan harflar:
a e i m n o‘ r s u v x z sh ch
2. Satr chizig‘idan yuqorida ko‘tarib yoziladigan harflar:
b d r l t h
|
3. Satr chizig‘idan quyiga tushirib yoziladigan harflar: q g j y g‘ ng
|
4. Satr chizig‘ining ustiga ko‘tarib va ostiga tushirib yoziladigan harf: f
|
Yozma harflarning tutashtirilishiga ko‘ra turlari
|
1. Yuqori qismidan tutashtiriluvchi harflar: o o‘ v
|
2. Pastki qismidan tutashtiriluvchi harflar: a d e h i k l m n r t u x z sh ch
|
3.O‘rta qismidan tutashtiriluvchi harflar:
v f g j q y g‘ ng
|
Darsni qiziqarli o‘tkazish maqsadida R.Jumaniyozov, T.Zufarovning alifbo va harflarga oid she’rlaridan foydalanish, ularni yod oldirish, rollarga , she’rlarni ifodali o‘qitish va sahna ko‘rinishlari ham tayyorlatish maqsadga muvofiq. Masalan, alifbo tahlilini ana shu kitobdan olingan she’riy parcha bilan boshlash ham mumkin:
Aslim, naslim "Alifbo",
Harflar menda jo-bajo.
Yigirma to‘qqiz askarmiz,
Birlashsak – so‘z, lashkarmiz.
Do‘stga bag‘ri kenglarmiz,
Dushmanlarni yengarmiz.
Bizni yaxshi bilsangiz,
Hurmat bajo qilsangiz,
Bo‘lursiz haqqa vosil,
Ilmdan murod hosil.
So‘ylab ajdod qadrini,
Ham avlodlar dardini,
Bobolar kayfiyatin,
Momolar ruhiyatin,
Sizga jamlab beramiz
Marjon kabi teramiz.
Fe’limizni bilingiz,
Unga amal qilingiz.
|
Qolmasin sizga pinhon.
Bizlarning ruhi ravon.
Chapdan o‘ngga yuramiz.
Va saf chekib turamiz
Bosh, kichik harf bor bizda
Tutingiz yodingizda.
Maqsad ma’no anglatish
Ko‘ngillarga yo‘l topish.
O‘ziga berib sayqal
Harflar so‘ylar galma-gal
Siz o‘qishga kirishing,
Sidqidildan tirishing.
Ixlos ila, albatta
Fozillik, husnixatda
Dillarni shod etgaysiz,
Yurtni obod etgaysiz
Sizga omad yor bo‘lsin
Tangri madadkor bo‘lsin.
|
O‘qituvchi yozma nutqda imlo qoidalariga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi va "Imlo qoidalari deganda nimani tushunasiz?" — deb savol beradi. O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarni to‘ldirib, to‘g‘ri va xatosiz yozish: unli va undosh harflarni, bosh harflarni, tutuq belgisini o‘rinli qo‘llash, to‘g‘ri bo‘g‘in ko‘chirish, qo‘shma so‘zlarni qo‘shib, ajratib yozish haqidagi qoidalar imlo qoidalari deb atalishini, yangi o‘zbek alifbosiga asoslangan "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" 1995-yil 24-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanganligi va unga amal qilish shartligini uqtiradi. Bo‘sh vaqtlarda mazkur asosiy imlo qoidalarini o‘rganishni topshiradi. Foydalanish uchun "Imlo lug‘ati"ni tavsiya etadi. Mavzuning davomi sifatida maktabdagi devoriy gazetalar, peshlavhalarda, dars jadvali va boshqa yozuvlarning imlosi haqida hamda ulardagi (mavjud bo‘lsa) imloviy xatolar haqida suhbatlashiladi, darslikdagi 16-, 17-, 18-mashqlar bajartiriladi.
16-mashq shartiga ko‘ra serob, rost, gurrillab, sohil, burishgan, hunar, mashaqqat, talabgor, shamollar, behad kabi so‘zlarning talaffuzi va imlosidagi farqlar S.Rizayevning "Imlo va talaffuz lug‘ati" (Toshkent. 1998) kitobidan foydalangan holda tushuntiriladi:
N a m u n a : O‘zbek tilidagi ayrim so‘zlar oxirida ketma-ket kelgan undoshlardan oxirgisi talaffuzda tushirib qoldirildi. Masalan. rost so‘zi ros shaklida talaffuz qilinadi, imlo qoidalariga muvofiq rost tarzitla yoziladi. Go‘sht, do‘st, past, g‘isht, artist kabi so‘zlarda ham shu holat kuzatiladi.
VI.Uyga vazifa. 19-mashq shartiga ko‘ra berilgan so‘zlar ishtirokida darslikdagi namunaga muvofiq gaplar tuzish hamda ularning talaffuzi va imlosidagi farqlarni topish, "Bo‘g‘in va urg‘u" mavzusi yuzasidan o‘rganilganlarni o‘qib kelish uy vazifasi qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |