Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə9/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

I. Tashkiliy qism.

a) o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;

b) guruh boshliqlarining axborotlarini eshitish;

s) odob va axloq haqida ibratli sh’erlar aytish.

O‘qituvchi mazkur darsni noan’anaviy tarzda yozuvning inson hayotidagi o‘rni haqidagi hikmat va chiroyli xatosiz yozishga oid ibrat sabog‘i bilan boshlaydi. Hikmat va ibratga oid matnlarni ifodali o‘qib eshittiradi va mazmun-mohiyatini hayotiy dalillar asosida tushuntiradi.

H I k m a t: Yozuv-ilmning yarmi.

Ibrat: Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyunga quyidagicha maktub yozadi: "Xating xud tashvish bila o‘qusa bo‘ladur, vale asm mug‘laqdur (juda chalkashdir). Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas. Imlong yomon emas, agarchi xili rost emas. Iltifotni to bila bitibsen, qulunjni yo bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o‘qusa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin (chalkash so‘zlar) maqsad tamom mahum bo‘lmaydur (tushunmaydi). G‘olibo xat bitarda koxilliging (bo‘shliging) ham ushbu jihattindir. Takalluf (hashamat, bezak) qilay deysan, ul jihatdin mug‘laq bo‘lur, din nari betakalluf va ravshan va pok alfoz (til) bila biti, ham senga tashvish ozroq bo‘lur va o‘qig‘uvchiga. ("Boburnoma"dan)

Hikmat va "Boburnoma"dan olingan parcha asosida o‘qituvchi o‘quvchilarga yozuv va imloning ahamiyatini, xat yozish odobini tu­shuntiradi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarni Qonun matni bilan tanishtiradi. Darslikdagi mavzuga oid savollar asosida suhbat uyushtiradi, respublikanining har tomonlama kamol topishini va jahon aloqa tizimiga kirishini jadallashtirish maqsadida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etilayotganini dalillar asosida tushuntiradi.

O‘zbek alifbosi "Kim tez va to‘g‘ri ayta oladi?" musobaqa tarzida ayttiriladi. Shu o‘rinda alifboni noan’anaviy teskari tarzda ayttirib ko‘rish, alifbo asosida "So‘zlar zanjiri" o‘yinini o‘tkazish ham yaxshi natija beradi.

N a m u n a: So‘zlar zanjiri: adib- bod- de -eg –goh -huzur kabi.




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin