Ko`rdim.
O`TIBDO`:
Direktor:
Sentabrning to`rtinchi kuni
6-sinf. Ona tili.
3-dars UNDOSH TOVUSHLAR
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarning undosh tovushlar yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash asosida mustahkamlash.
2. O‘quvchilarda tabiatga muhabbat uyg‘otish, ularga ekologik va mehnatsevarlik tarbiyasini berish.
3.O‘quvchilarda til hodisalarini qiyoslash asosida xulosalar chiqarish ko‘nikmasini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, muammoli o‘qitish.
Darsning jihozi:
1.6-sinf ona tili darsligi.
.”Unli va undosh tovushlarning farqli belgilari” nomli ko‘rgazma.
3.”Undosh tovushlar”nomli ko‘rgazma.
Darsni qiziqarli o‘tkazish maqsadida «Ohangdosh so‘zlar» o‘yinini o‘tkazish maqsadga muvofiq. O‘yinda sinf o‘quvchilari «Topqirlar» va «Zukkolar» kabi ikki guruhga bo‘linadilar, ohangdosh so‘zlar qatorini tez hamda ko‘p topish bo‘yicha musobaqalashadilar. Bunda bir guruh bir so‘zni aytishi bilan ikkinchisi uning ohangdosh juftini topadi. Masalan,
“Topqirlar guruhi”
|
“Zukkolar” guruhi
|
Bong
|
tong
|
Bola
|
lola
|
Shu o‘rinda o‘qituvchi ohangdosh so‘zlar she’rda qofiya uchun asos bo‘lishini, adabiyotshunoslikda ohangdosh so‘zlar qofiyadosh so‘zlar deb atalishini eslatib o‘tadi.
O‘yinda sinf o‘quvchilarining bilim darajasidan kelib chiqib adabiyot darsida o‘rganilayotgan yoki ularning o‘zlari yod olgan she’rlardagi ohangdosh-qofiyadosh so‘zlarni topish va talaffuzini tushuntirishni shart qilib qo‘yish ham mumkin.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasidagi ohangdosh so‘zlarni aniqlash.
a m u n a: Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon! (A. Oripov)
She’rdagi ohangdosh so‘zlar: najot-ijod; mehribon-jahon kabi.
Dostları ilə paylaş: |