So‘zlar ma’no miqdoriga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
Bir ma’noli so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
Ko‘p ma’noli so‘zlar qanday so‘zlar?
Fikrlar 24-mashq asosida mustahkamlanadi, mashqdagi bir ma’noli so‘zlar namunadagidek tahlil qilinadi.
N a m u n a: olim – bir ma’noli, "fanning biror sohasi bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan kishi" degan lug‘aviy ma’noni anglatadi.
So‘ng quyidagi savollar asosida dars davom ettiriladi:
So‘z ma’nosi qanday usullar bilan ko‘chadi?
Metafora usuli bilan so‘z ma’nosi ko‘chishi qanday bo‘ladi.
Metonimiya usuli bilan so‘z ma’nosi qanday ko‘chiriladi?
Shu o‘rinda o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib, metafora, metonimiya, sinekdoxa va funksiyadoshlik usullari bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi haqida tushuncha beradi.
Nazariy fikrlar 25-mashq asosida mustahkamlanadi.
Shu o‘rinda o‘quvchilarga nutq odobiga oid jihatlar ham tushuntiriladi. 27-mashqda berilgan kuz tasviriga oid rasm asosida "Kuzda" mavzusida ijodiy matn tuzish uy vazifasi sifatida topshiriladi.
O‘qituvchi matn tuzdirishda kuz tasviriga oid boshqa rasmlardan ham foydalanishi mumkin. Bunda kuz fasli haqida suhbat uyishtirish, she’rlar ayttirish ham yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |