Ko`rdim.
O`TIBDO`:
Direktor:
7.09.2015.
9.09.2015. Ona tili. 6-sinf.
6-dars. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR
Darsning maqsadi:
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘zning ko‘chma ma’nolari, so‘z ma’nosining ko‘chish usullari yuzasidan o‘rganilganlarni mustahkamlash.
O‘quvchilarga ekologik tarbiya berish; ularda nutq madaniyati va odobini shakllantirish.
O‘quvchilarda ijodkorlik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi:
6-sinf ona tili darsligi.
Kuz fasliga oid rasmlar.
Dars uyga vazifa qilib berilgan 23-mashqni tekshirish va baholashdan boshlanadi.
Mazkur darsda o‘quvchilarni baholashda turli rangdagi olma shaklidagi rag‘bat kartochkalaridan foydalaniladi. Bunda qizil olmalar – "a’lo", sariq olmalar-"yaxshi", ko‘k rangdagi olmalar esa “qoniqarli” baho o‘rnida qo‘llanadi. Uy vazifasining natijasi, yangi mavzuga oid savollarga berilgan javoblar, o‘quvchilarning mashqlar bajarishdagi faolligi o‘qituvchi tomonidan olmalar bilan baholab boriladi, dars so‘ngida o‘quvchilar olgan olmalar miqdoriga ko‘ra baholanadi.
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga oid olingan bilimlar grammatik topishmoqlarni yechish asosida takrorlanadi:
1. So‘zda ikki ma’no bor,
Bir-biridan farqi bor,
Toping qanday farqi bor?
(So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi).
|
2. Oltin qoshiq, oltin tish
Kumush tola, kumush qish
Oltin, kumush so‘zlarin
Qanaqa ma’nolari?
(ko‘chma ma’nodagi so‘zlar).
|
Topishmoqlarga javob berish jarayonida o‘quvchilar so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’noli, bir va ko‘p ma’noli bo‘lishini aytadilar. O‘qituvchi bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar yuzasidan darslikdagi savollarga ijodiy yondashgan holda, quyidagi savollar asosida suhbat uyushtiradi hamda javoblarni yuqoridagi an’anaga muvofiq olma surati solingan kartochkalar bilan baholab boradi:
Dostları ilə paylaş: |