O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Urgut tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli
3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
SIDIQOVA ROXLANING
3-SINFDA O‘QISH FANIDAN YOZGAN
Mavzu: KUZ
Darsning texnologik xaritasi
-
Darsning mavzusi:
|
Kuz. Yo‘ldosh Sulaymon
|
Mavzuning qisqacha mazmuni:
Darslikda berilgan “Kuz” she’ri orqali o‘quvchilarga kuzgi mevalar, kuz fasli, kuz tabiati haqida bilimlar berish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars uslubi: interfaol, muammoli izlanish, ko‘rgazmalilik, savol-javob, suhbat,
amaliy ish, tushuntirish. “Kimning shari ko‘p”, “Tarmoqlash” usullari.
Dars turi: Noana`naviy- kichik guruhda ishlash
Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid rangli rasmlar, texnologik jadvallar.
Baholash: Rag`bat kartochkalari va 5 ballik reyting tizimida baholash, kundaliklariga qo‘yish.
|
Darsning maqsadlari:
Ta`limiy maqsad:
“Kuz” she’ri orqali o‘quvchilarga kuzgi mevalar, kuz fasli, kuz tabiati haqida bilimlar berish
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga o‘simliklar, gullar, mevalar, daraxtlarni asrab-avaylashga o‘rgatish. Ularning inson hayotidagi o‘rnini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish. Tabiat haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
|
|
Kutilayotgan natija.
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilarda o‘qish faniga nisbatan qiziqish uyg`otadi. O`quvchilarni mustaqil o`rganish va uni xotirada saqlash, savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi.
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadilar, nutqi rivojlanadi. Darslikda berilgan “Kuz” she’ri orqali o‘quvchilarga kuz tabiati haqida bilimlari rivojlanadi.
|
Dars jarayoni
Ish bosqichlari va mazmuni
|
Faoliyat mazmuni:
|
O‘qituvchining
|
O‘quvchi
ning
|
1-bosqich.
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, o`quvchilar davomatini aniqlash, O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib olish. Rag‘bat kartochkalarini tushuntirish. Ma’naviyat daqiqasi.
|
Savollarga javob beradilar.
|
2-bosqich.
O‘tgan mavzuni so‘rash
|
O‘tilgan “Olma” mavzu yuzasidan savol-javob qilish. “Kimning shari ko‘p” usuli orqali o‘tilgan mavzuni so‘rab, uy ishlarini tekshirish.
|
Yozib oladilar.
Amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
|
3-bosqich.
O‘tgan mavzuni mustah
kamlash
|
1. O‘tilgan “Olma” mavzuni rejasi asosida xulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o‘quvchilarning diqqati jalb qilinadi.
2. “Tarmoqlash” usuli
3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beriladi.
|
Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.
|
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni
|
Darslikda berilgan “Kuz” she’ri orqali o‘quvchilarga kuz mevalari, kuz tabiati haqida bilimlar berish.
Lug‘at ishi, “Ifodali o‘qish” mashqi.
|
Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.
|
5-bosqich.
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Kuzgi mevalar, gullar, o‘simliklar nomlarini xattaxtada yozib, darsni ona tili darsiga ham bog‘lash.
|
Tinglashadi, savollar berishadi, yozib oladilar.
|
6-bosqich.
Dars yakuni.
|
Baholash va uyga vazifa berish. Faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
|
Baholanadi
lar
|
Dars taqsimoti.
-
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O‘tgan mavzuni so‘rash
|
5 daqiqa
|
3
|
O‘tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O‘qituvchi: Assalomu alaykum bolajonlar, hamma darsga tayyormi?
O‘quvchilar salomlashadilar, navbatchi o‘quvchi ma’lumot beradi.
O‘qituvchi: Bolajonlar, bugungi darsimizda sayohatga chiqamiz, kichik guruhlarda ishlaymiz. Eng avvalo 4 ta guruhga bo‘linib olamiz.
1-guruh - “Lola”
2-guruh - “Binafsha”
3-guruh - “Boychechak”
4-guruh - “Chuchmoma”
Savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilarga quyidagicha rag‘bat kartochkalari beriladi.
Quyoshbobo
Bolajonlar quyoshsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Insonlar yashashi uchun quyosh juda kerak, shuning uchun Quyoshbobo bilan sizlarni rag‘batlantirmoqchiman.
Ma’naviyat daqiqasi:
1) Biz qaysi davlatda yashaymiz?
2) Respublikamizda nechta viloyat bor?
3) Davlatimiz prezidenti kim?
4) Mustaqillik bayramini qachon nishonlaymiz?
II. O‘tgan mavzuni so‘rash.
O‘qituvchi: o‘tgan darsda qaysi mavzuni o‘rgangan edik?
O‘quvchi: “Olma” hikoyasi.
O‘qituvchi: Bolajonlar o‘tilgan mavzuni “Kimning shari ko‘p” o‘yini orqali so‘rayman. Guruhlarga quyidagicha tarqatma varaqalar tarqatiladi.
Olma hikoyasini kim yozgan?
Bolalar bog’da kimni uchratishdi?
Hikoya sizga yoqdimi?
Hikoyadan qanday xulosa chiqordingiz?
Matn yana bir marta o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Olma
Kuz. Yakshanba kuni edi. Uchinchi sinf o`quvchilari olmazorga borishdi. Olmazor yonidagi tokzorda Qudrat ota toklarni chilpib yurgan ekan. “Kelinglar!” deb bolalarni xursand kutib oldi. Bolalar odob bilan otaga salom berishdi.
-
Yashanglar, azamatlar, yashanglar. Olmalarga qaranglar, tagi bilan bitta bo`lib to`kilib yotibdi.
Bolalar otaning gapiga darrov tushunishdi. Ular qo`llariga bittadan savatcha olishdi-da , olma terishga tushib ketishdi.
Ota o`qtin-o`qtin kelib, bolalardan xabar olib turdi. U so`nggi marta kelganda:
-
Yashanglar, azamatlar! – dedi. – Hammasini terib qo`yibsizlar-ku! Rahmat, bolalarim.
- Yana bo`lsa teramiz,- dedi Sodiqjon.
- Endi erta o`tib , indinga kelinglar. Aytganday , anavi qoracha o`rtog`inglar kelmadimi? Ismi Kamolmidi?
- Ha. Boshi og`rib qolibdi .
- E, attang! Shamollagandir-da, - dedi Qudrat ota bosh chayqab. So`ng bolalarga :
- Olmadan olinglar, bo`taloqlarim! - dedi.
- Uyimizda ham bor.
- Bor bo`lsa ham olinglar. Mehnating singgani shirinroq bo`ladi, - dedi Qudrat ota. Keyin tanlab- tanlab, har bolaga beshtadan olma berdi.
II
Bolalar uylariga qaytishar ekan, Sodiqjon ularni to`xtatib bittadan olma oldi. O`zi ham bitta olma qo`shib , ularni gazetaga o`radi.
- Hozir buni Kamolga olib boramiz. Agar boshi og`rib qolmaganda, u ham kelgan bo`lardi. Olma terishardi, - dedi.
Bolalar birgalashib Kamolni ko`rib chiqishdi. Kamolning buvisi ham, onasi ham bolalarning bir- biriga g`amxo`rligidan xursand bo`lishdi. Kamol esa o`zini tuzalib qolganday his qildi.
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
Daraxtlar haqida kim nima biladi?
1-o‘quvchi – meva beradi.
2-o‘quvchi – soyasida o‘tiramiz.
3-o‘quvchi – changlarni yutadi.
4-o‘quvchi - toza havo beradi.
“Tarmoqlash”
Daraxt
mevasi
bargi
manzarasi
soyasi
shifobaxsh
vitamin
Dam olish daqiqasi.
Kitob
Kitob bilimning boshi,
Aql-u idrok quyoshi.
Kitobda nurli iqbol,
O‘qib topaman kamol.
O‘quvchilar she’rni jismoniy harakatlar bilan aytishadi.
IV. Yangi mavzu:
O‘qituvchi Yo‘ldosh Sulaymonning “Olma” she’rini o‘zi ifodali qilib o‘qib beradi.
Kuz. Yo`ldosh Sulaymon
Marvarid kuz
Qildi ko`z-ko`z
Bisotida borini.
Bog`da hil-hil
Mevalari xil-xil
Sanab bo`lmas borini.
Istasangiz saylab-saylab
Husaynidan uzasiz.
Nok, shaftoli,
Anjir boli
Xuddi qaymoqmi deysiz.
Ko`ngil ochar,
G`ashlik qochar
Oralasang pushtani
Chindan arzir
Ta’riflasan
Kuzdagi nonushtani
Shunday go`zal,
Shunday asal
Ehson tutgan o`zi kim?
Dehqon og`am,
Dehqon tog`am
O`sha dehqon amakim.
Lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Marvarid – oppoq munchoqdek.
Bisoti– hamma narsasini
Ehson – sovg‘a
Savollar.
1. Kuzda nimalar mo`l-ko`l bo`ladi?
2. She’rda kuzgi nonushta haqida nimalar deyilgan?
3. Mevalarni kimlar yetishtirar ekan?
“Ifodali o‘qish” mashqi.
Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, she’rni ifodali o‘qishadi, eng yaxshi o‘qigan guruh a’zolari rag‘batlantirib boriladi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Guruhlarga kuz mevarini nomini yozish topshiriladi. Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, xattaxtaga gullar nomini yozishadi.
“Lola” guruhi: Olma, anor, anjir, behi.
“Binafsha” guruhi: Shaftoli, xurmo, olma, anor.
“Boychechak” guruhi: Uzum, nok, behi, do`lana.
“Chuchmoma” guruhi: Husayni, behi, anor, murut.
VI. Dars yakuni.
Darsning yakuni: Barcha ballar hisoblanadi va g`olib guruh aniqlanadi. Faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa: Yo‘ldosh Sulaymonning “Kuz”” she’rini yod olib kelish.
Quyosh
bobo
Quyosh
bobo
Quyosh
bobo
Dostları ilə paylaş: |