TASVIRIY SAN’AT
1-SINF
I.Dars mavzusi: Kuz faslida barglarning ko’rinishi.
II. Maqsad va vazifalar:
a) ta’limiy: o’quvchilarga kuz fasli va kuz faslida tabiatning ko’rinishi haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish, ozodalik, mehnatsevarlik tuyg’usini o’stirish;
c) rivojlantiruvchi: kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish, qalam va mo’yqalam bilan ishlash qobiliyatlarini oshirish.
O’quv jarayoni mazmuni: O’quvchilarda kuz va kuz faslida barglarni ko’rinishi haqida tushuncha uyg’otish. Kuz faslida o’quv yilini boshlanishi, kuz hosil yig’iladigan fasl, kuzda kishilarning mehnati, kuzda tabiatdagi o’zgarishlar haqida rasmlar orqali suhbatlashish, o’quvchilar bilimini boyitish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Uslub: Suhbat, ko’rsatish, ijodiy ish
Shakli: Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozi: Daraxt bargi, kuzgi tabiatning ko’rinishi.
Turi: Rangtasvir kompozitsiyasi.
Mavzuni kuz fasli qaysi oydan va qanday yumushlardan boshlanishi haqida suhbatlashish.
Kutilayotgan natijalar:
- Kuzda pishadigan mevalar? – Topishmoq aytish.
- Kuz fasli oylarini bilasizmi?
- Kuzda o’quvchilar nima qiladilar?
- Kuzda dalada qanday ishlar bajariladi? Maqollar keltirish.
Hozir kuz fasli, sentabr, oktabr, noyabr oylari kuzga kiradi. Kuz faslida o’quv yilimiz boshlanadi. Shu bilan birga dala va bog’larda ish qiziydi. Dehqonlar hosillarini yig’ishtirib, dalani bahorgi ekinga tayyorlaydilar. Kuzda anor, xurmo, uzum mevalari pishib yetiladi. Daladan paxtalar nobud qilinmay yig’ishtirib olinadi. Bunday yumushlarga sizlar ham hissangizni qo’shasiz. Chunki paxta milliy boyligimizdir. Kuzda tabiatning ko’rinishi oltin tusga kiradi. Daraxt va o’simliklarni barglari sarg’ayib, zarg’aldoq tusga kiradi.
Kelgusi rejalar: O’quvchilarga daraxt barglaridan namuna uchun ko’rsatish. Undagi chiziqlarga asoslanib barg chizishining bosqichlarini ko’rsatish. Ranglarini kuzatish. Turli xil bargalarni ko’rsatib ularni chizishni topshirish. Har qatorga barg berib chiqish.
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar namunaga qarab rasm chizishni boshlaydilar.
Tahlil va o’zgarishlar: O’quvchilar ishlarini kuzatib ularga ko’mak berish. Bargni avval qora qalamda chizib olib, so’ngra yorqin rangda bo’yash. Bargni qirralarini belgilash.
Mavzuni mustahkamlash.
- Yana qanday daraxtlarni bilasiz?
- Hozir daraxtlarni ko’rinishi qanday?
- Barglar nega uziladi?
Mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar ishlarini kuzatib baholarini e’lon qilish. Yaxshi chizgan o’quvchi ishlarini namuna tariqasida ko’rsatish.
Darsga yakun yasash.
Dostları ilə paylaş: |