Ko`rdim.
O`TIBDO`:
Direktor:
12.09.2015.
14.09.2015. Ona tili. 6-sinf.
10-dars. NAZORAT DIKTANTI TAHLILI
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarning diktantda yo‘l qo‘ygan xatolarini izohlash, tahlil qilish va xatolarni bartaraf etish uchun o‘quvchilarga topshiriqlar berish.
2.O‘quvchilarni kuzatuvchanlik va xatolarni tan olish ruhida tarbiyalash.
3.O‘quvchilarning savodxonligini o‘stirish.
Darsning metodi: suhbat va tahlil.
Darsning jihozi:
1.Diktant matni.
2.O‘quvchilarning diktantlari.
O‘qituvchi diktantlarni tekshiradi va baholash mezonlari asosida baholaydi. Bizningcha, bu o‘quv yilidagi birinchi diktant bo‘lganligi uchun unda o‘qituvchi tabaqalash asosida har bir o‘quvchiga va bir necha o‘quvchiga yoki butun sinfga xos imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolarni aniqlashi hamda shunga asoslangan holda keyingi tadbirlarni belgilashi lozim. O‘qituvchi tomonidan alohida daftarga o‘quvchilarning xatolarini quyidagi jadval tarzida qayd etib borilishi yaxshi samara beradi.
N a m u n a: VI “A” sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasi tahlili (1-nazorat diktanti bo‘yicha)
Demak, o‘quvchilar xatosining mavjudligi qo‘shuv(+), yo‘qligi ayiruv (-) belgisi bilan qayd etiladi, oxirida ularning umumiy miqdori ko‘rsatiladi. Shu tarzda har bir o‘quvchiga xos xususiy va sinf o‘quvchilariga xos
№
|
O‘quvchilarning ismi va familiyasi
|
Unli harflar imlosi
|
Undosh harflar imlosi
|
X va H imlosida
|
Bosh harflar imlosi
|
Qo‘shma so‘zlar imlosi
|
Juft so‘zlar imlosida
|
Tutuq belgisida
|
O‘zlashtirma so‘zlar imlosida
|
Tinish belgisida
|
Jami
xatolar
|
Imloviy
|
Ishoraviy
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
umumiy xatolar aniqlanadi. Keyin ularni to‘g‘rilash bo‘yicha quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiq:
Diktant va boshqa yozma ishlarning tahlillarini o‘tkazish.
Har bir o‘quvchiga imloviy, ishoraviy xatolarni to‘g‘rilash bo‘yicha darslarda topshiriqlar berib borish hamda buning bajarilishini nazorat qilish.
Sinf o‘quvchilariga xos umumiy xatolarni belgilash hamda ularni to‘g‘rilash uchun boshqa darslarda mashqlar bajartirish, lug‘at diktantlar o‘tkazish va qo‘shimcha topshiriqlar berish.
Nazorat diktanti, yozma ish tahliliga bag‘ishlangan darslarga jiddiy e’tibor qaratish va uni yuksak saviyada o‘tkazish. Nazorat diktanti tahlili darslarida barcha xatolar tushuntirilgach, ko‘chirib yozish, xato qilingan til birliklariga oid boshqa misollarni yozish mashqlari bajariladi.
O`quvchilarning nazorat diktant ya`ni “Tolib otgan tosh” matninidan olgan baholari sinf jurnaliga va kundalik daftarlariga qo`yiladi.Yaxshi yozgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: ixtiyoriy mavzuda matn yozib kelish
Ona tili. 6-sinf.
MORFOLOGIYAGA KIRISH
Darsning maqsadi:
Morfologiya, uning leksikologiya bo‘limi bilan aloqasi, so‘zning grammatik ma’nosi haqida bilim berish.
O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.
O‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: muammoli ta’lim, suhbat.
Darsning jihozi:
6-sinf ona tili darsligi.
So‘zning lug‘aviy va atash ma’nosiga oid ko‘rgazma.
Darsda ma’nosi izohlanadigan tayanch so‘z va iboralar:
morfologiya; lug‘aviy ma’no; grammatik ma’no, atash ma’nosi; grammatik shakl.
O‘qituvchi darsni uy vazifasini tekshirish va baholash bilan boshlaydi. So‘ng o‘quvchilarga «Morfologiyaga kirish» matnini 5 daqiqada mustaqil o‘qib chiqishni topshiradi. Matn mutolaasi tugagach, o‘quvchilarga quyidagi «Morfologiyaga kirish» nomli kichik boshqotirmani yechish topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |