So‘z tarkibida ma’noli qismlar tartibi
so‘zlar
|
asos
|
so‘z yasovchi qo‘shimcha
|
lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
|
sintaktiv shakl yasovchi qo‘shimcha
|
ishchilarga
|
ish
|
-chi
|
-lar
|
-ga
|
kelganlarni
|
kel
|
|
-gan, -lar
|
-ni
|
bilimdonlarni
|
bil
|
-im, -don
|
-lar
|
-ni
|
Demak, so‘z tarkibida ma’noli qisimlarning joylashuv tartibi quyidagicha: asos-so‘z yasovchi qo‘shimcha-shakl yasovchi qo‘shimcha-sintaktik shakl yasovchi.
Old so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlarda esa bu tartib quyidagicha bo‘ladi: so‘z yasovchi qo‘shimcha-asos- lug‘aviy shakl yasovchi. Masalan, be-aql-lar, be-odob kabi.
Ba’zan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadan sintaklik shakl yasovchi qo‘shimcha kelish hollari kuzatiladi.
Masalan, oyimlar keldilar — oyilarim keldi kabi.
69-mashq o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga bajartiriladi. Mashq topshirig‘iga ko‘ra nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini tartib bilan joylashtiriladi.
Namuna: paxtachilikka, paxtalarga kabi.
71-mashq yaxshi o‘zlashtiruvchilarga, 69-, 70-mashqlar esa iqtidorli eng yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga bajartiriladi.
70-mashq uchun namuna: Boyliging ko‘p bo‘lmasa ham, biliming ko‘p bo‘lsin. (Maqol) Boyliging so‘zi quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:-asos, -lik so‘z yasovchi qo‘shimcha, -ing — egalik qo‘shimchasi.
72-mashq topshirig‘iga ko‘ra «Konstitutsiya — baxtimiz qomusi»
mavzusida matn tuzish va unda qo‘llangan so‘zlardagi qo‘shimchalarning joylashish tartibini belgilash uy vazifasi qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |