Servis jarayonida transport-ekspedision xizmatlarning ahamiyati



Yüklə 236,11 Kb.
səhifə6/9
tarix24.02.2023
ölçüsü236,11 Kb.
#123606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6,7-маъруза

Tavakkalchilik – bosh funktsiya, chunki tavakkalchilik mavjudligi sug’urtalashga ehtiyoj uyg’otadi. Xuddi shu tavakkalchilik funktsiyasini amalga oshirish doirasida tasodifiy holatlari oqibati munosabati bilan sug’urta ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini qayta taqsimlash ro’y beradi.
Ogohlantiruvchi funktsiya moliyalashtirish (sug’urta jamg’armasi mablag’i qismi hisobiga) yo’li, sug’urta tavakkalchiligi darajasini kamaytirish yoki hisobdan chiqarish tartiblari va ushbu tavakkalchilikdan ko’rilgan zarar orqali amalga oshiriladi.
Jamg’arma funktsiyasi - bu shunday shaxsiy sug’urta turi yordamida jamg’arilgan pul summasiki, yashashga sug’urta sifatida namoyon bo’ladi. U fuqaroni sug’urta himoyasiga eqtiyoji, uning erishgan ijtimoiy aqvoli va daromadlari darajasi bilan bog’liq.
Sug’urtaning nazorat funktsiyasi shundan iboratki, qathiy maqsad shakllanganda sug’urta jamg’armasi mablag’idan foydalanish qonunchilikka asosan sug’urta faoliyatini tartibga soladi. Ushbu funktsiya sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta operatsiyalarining qonuniyligini moliyaviy nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda bozor tipidagi sug’urta ikki aspektda faoliyat yuritadi:

  • sug’urta voqealari yuz berganda zararni qoplash maqsadida sug’urtalovchilarning birdamlik birlashmasi sifatida;

  • daromad keltiruvchi biznes sohasi sifatida olinadi.

Sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi sug’urta munosabatlari harakteridan kelib chiqib sug’urtaning sug’urta operatsiyasi huquqiy belgilari majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Majburiy sug’urtada davlat tashabbuskor bo’lib chiqadi. Sug’urtachi va sug’urtalanuvchidan qayta bitim talab qilinmaydi. Ammo har bir ishtirokchiga majburiylik tamoyili amal qiladi, yahni sug’urtalanuvchi sug’urta badali to’lashi shart. Sug’urtachi esa ko’zda tutilgan sug’urta holatlarida ko’rilgan zararni to’lashi lozim.
Majburiy sug’urta bir qator tamoyillarga asoslanadi. Majburiylik tamoyilida sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida qayta bitim talab qilinmaydi, chunki majburiy sug’urta qonun bilan belgilanadi. Butunlay qamrab oladigan sug’urta tamoyili va qonunchilikda ko’rsatilgan obhektlar sug’urtalanuvchini majburiy sug’urtaga tegishli hamma oboektlarni sug’urtalashini, sug’urtachi esa ularni sug’urtaga qabul qilishini ko’zda tutadi.

Yüklə 236,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin