Servis jarayonida transport-ekspedision xizmatlarning ahamiyati



Yüklə 236,11 Kb.
səhifə7/9
tarix24.02.2023
ölçüsü236,11 Kb.
#123606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6,7-маъруза

Ixtiyoriy sug’urta ixtiyoriy ravishda o’tkaziladi, yahni sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. CHunki, o’tkazishning umumiy shartlari va tartiblarini belgilovchi ixtiyoriy sug’urta qoidalari sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq sug’urtachi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda sug’urtaning umumiy shartlari ko’proq qonuniy asosda, yahni sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuziladigan shartnomada kelishib olinadi. Ixtiyoriy sug’urta mahlum tamoyillarga asoslanadi. Sug’urtada ixtiyoriy ishtirok etish tamoyili to’liq holda faqat sug’urtalanuvchiga amal qiladi. CHunki sug’urtachining shartnoma tuzishni rad etishga haqi yo’q. Albatta sug’urta shartlari sug’urtalanuvchi xohishiga zid kelmasa bo’ldi. Ushbu tamoyil bilan sug’urtalanuvchining birinchi talabidayoq sug’urta shartnomasi tuzish kafolatlanadi.
Sug’urtaning tanlanma qamrov tamoyili jismoniy va yuridik shaxslar bilan bog’liq, chunki hamma sug’urtalanuvchilar ham sug’urtada ishtirok etish xohishini bildirishmaydi. Bundan tashqari sug’urta shartlari bo’yicha shartnoma tuzish uchun cheklovlar amal qilishi mumkin.
Sug’urta muddatini cheklash tamoyili shu bilan belgilanadiki, sug’urta shartnomasida bu muddat boshlanishi va tugashi alohida kelishib olinadi. CHunki sug’urta qoplamasi sug’urta davrida ro’y bergan sug’urta holatlaridagina to’lanadi. Sug’urta badallarini to’lash tamoyili ixtiyoriy sug’urta shartnomasi kuchga kirgandan boshlab unda belgilangan sug’urta badallari to’lana boshlanishini belgilaydi.
Sug’urta turi deb bir xildagi oboektlarni ular uchun harakterli bo’lgan tavakkalchiliklardan sug’urta tartib-qoidalari, tariflar, litsenziyalar bilan rasimiylashtirilgan sug’urta himoyasiga aytiladi. Sug’urta o’zida sug’urta holatlari tajovuzi chog’ida jismoniy va yuridik
shaxslarning shaxsiy va mulkiy himoyaga bo’lgan eqtiyojlarini qondirish bo’yicha sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi munosabatlarning alohida tizimida namoyon bo’ladi.
Sug’urtalanuvchi va sug’urtachi o’rtasida vujudga kelgan munosabatlar sug’urta majburiyati shakliga ega. Sug’urta majburiyati sug’urtalanuvchi va sug’urtachining qonun bilan kafolatlangan o’zaro bog’liq huquq va majbriyatlari, ularning o’zaro manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishini o’zida namoish etadi.
Sug’urta majburiyatlari shartnomali va shartnomasiz bo’lishi mumkin. SHartnomasiz bo’lgan sug’urta majburiyati majburiy sug’urta turlari bilan bog’liq. Bunda sug’urta holati tajovuzi chog’ida sug’urtachining zararni qoplashi qonunda ko’zda tutilgan. SHartnomali sug’urta majburiyati ixtiyoriy sug’urta sohasida vujudga keladi. Sug’urta shartnomasi favqulodda holatlar tajovuzi chog’ida sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida ularning o’zaro hukuq va majburiyatlari yuzasidan tuziladigan ikki tomonlama bitimning bajarilishini o’zida mujassamlashtiradi. Sug’urta shartnomasi bo’yicha bir tomon (sug’urtachi) shartnomada ko’zda tutilgan tavakkalchilik holatida (sug’urta holati) boshqa tomonni (sug’urtalanuvchi) yoki uchinchi shaxs (qulaylik oluvchi)ni foydasiga ko’rilgan zararni qoplaydi. Qoplama shartnoma bo’yicha belgilangan mahlum summada (sug’urta summasi), sug’urtachi tomonidan (sug’urta badali, sug’urta mukofoti) to’lanadi.
Sug’urta shartnomasi sug’urtalanuvchining yozma murojaati asosida tuziladi va unga sug’urtachi tomonidan sug’urta guvohnomasi (polis) sug’urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Sug’urta shartnomasini tuzish uchun sug’urta munosabatlari subhektlari
o’rtasida sug’urta shartnomasining barcha mavjud shartlari bo’yicha bitimga kelishilgan bo’lishi zarur. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: sug’urta obhekti, sug’urta summasi hajmi, sug’urta badallari va ularni to’lash muddati, sug’urta holatlari ro’yxati, sug’urta muddati, sug’urta shartnomasining amal qilish muddatining boshlanishi va tugashi va x.k.
Sug’urta shartnomasi tuzilayotgan holatda sug’urtachi:

  • sug’urtalanuvchini sug’urta tartib-qoidalari bilan tanishtirish;

  • majburiy sug’urtalanuvchi bilan tadbirlar o’tkazish hollarida sug’urtalangan mol-mulkka ehtimoliy zarar hajmi va sug’urta holati tavakkalchiligini kamayishiga ehtibor qaratishi yoki mazkur mulk qiymatining haqiqatan ko’payish hollarida bu vaziyatlarni hisobga olib qayta shartnoma tuzish (sug’urtalanuvchining arizasiga muvofiq);

  • sug’urta holati vujudga kelganda shartnomada yoki qonunda belgilangan muddatda sug’urta to’lovlarini to’lash;

  • agar sug’urta qoidalarida ko’zda tutilgan bo’lsa, sug’urta holatida sug’urtalanuvchi bilan sug’urtalangan mulkka zararni kamaytirish yoki bartaraf etish uchun hisob-kitob qilinganda harajatlarni to’lash;

  • sug’urta haqida va uning mulkiy holati to’g’risidagi mahlumotlarni sir saqlash (qonunda ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno).


Yüklə 236,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin