Psixika va ong taraqqiyoti haqida tushuncha bering. T.I: ong darajalari, hayvonlarda instinktlar,akademik Pavlov ilmiy tadqiqotlari PSIXlKANING TARAQQIYOTI Psixikaning taraqqiyoti haqida so'zlaganda: 1) hayvonlar psixikasining taraqqiyotini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy qilishi nazarda tutiladi. I. HAYVONLAR PSIXlKASI Yuqorida ko'rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo'lgan. Organik materiyaning anorganik materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya'ni tashqaridan bo'lgan ta'sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta'siri bilan qo'zg'aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo'lgan amyoba tashqi ta'sirga javob berar ekan, shu ta'sirga qarah harakatlanadi yoki undan qochadi. Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa - sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo'ladi, ya'ni organizmga ta'sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo'Jgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo'Jgan hayvonJar vujudga keIgan vaqtda, balki undan ham i1gariroq eng boshlang'ich shakJda paydo bo'lgan A.N.Leontev gipotezasiga ko'ra, sezuvchanlik « ... genetik jihatdan oIib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta'sirlar bilan bog'lovchi, ya'ni organizmning muhitda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o'tovchi ta'sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas».
Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar “tili” bilan inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa o`ziga o`xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba o`tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir - biridan farq qilishi ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. Inson abstrakt tafakkurga - hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Biron vaziyatda qurol o`z rolini o`tab bo`lgach, shu zahotiyok, hayvon uchun qurollik sifatini yo`qotadi. Odam ilgaridan o`ylab qo`yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi, hamda uni saqlab qo`yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o`rganadi va o`zi bu tajribani boshqalarga o`rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi, g`oyat muhim farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo`lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyutsion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob`ektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiyotdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.