Sh. Sh. Shodmonov


Islohotlarning hozirgi bosqichida inflatsiyaga



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

9.3. Islohotlarning hozirgi bosqichida inflatsiyaga
qarshi siyosat
0 ‘zbekistonda bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshiril- 
moqda, ularning har birida aniq masalalar, aniq muammolar doirasi 
hal qilinadiki, ularsiz oldinga intilish mumkin emas. 2000-yildan 
belgilangan bozor islohotlarining yangi zamonaviy bosqichida jamiyat- 
mizda hayotning barcha tomonini erkinlashtirish asosida o‘z-o‘zini 
boshqarish bozor mexanizmini ishga solish masalasi qo‘yildi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sish, 
makroiqtisodiy balanslashganlik, dinamik muvozanat bilan bog‘langan. 
2004-yildan boshlab respublika iqtisodiyoti iqtisodiy islohotlami kuchay- 
tirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash asosida tezkor iqtisodiy 
o‘sish trayektoriyasiga chiqdi.
Bu barcha o‘zgarishlar antiinflyatsion siyosatga tuzatmalar kiritish 
bilan shartlashilgan. 2002-yilgacha nomonitar antiinflyatsion siyosat 
yutuqlari amal qildi. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislarining 
fikricha, 40 % gacha narx o‘zgarishini pul massasi, ish haqi, valuta 
kursi kabi monitar omillar bilan, 60 %dan yuqori, alohida davrlarda 
84%ga o‘zgarishini boshqa nomonitar sabablar, jumladan, inflatsion 
natijalar bilan aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda 
inflatsiya bilan kurash monitar omillari hukmronlik qiladi, rivojla- 
nayotgan mamlakatlarda esa nomonitar omillar ustundir.
Pul (monitar) siyosatni ishlab chiqish va realizatsiya qilish — 
Markaziy Bankning muhim vazifasidir. U mamlakatdagi pul taklifi 
hajmiga ta’sir ko'rsatishning real imkoniyatlariga ega, u orqali esa tijorat 
banklari ortiqcha zaxiralari hajmini boshqargan holda ishlab chiqarish 
va bandlik darajasiga ega bo'ladi.
141


Bozor munosabatlari rivojlanishi chora-tadbirlari orqali Markaziy 
Bank ixtiyoriga inflatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi bozor inst- 
rumentlari kelib tushadi: zaxira talablarni boshqarish, ochiq bozordagi 
operatsiyalar, foiz hisob stavkasini manipullashtirish. Ular uzoq muddatli 
xarakterdagi maqsad va uslublarni birlashtiruvchi antiinflyatsion mo- 
hiyatni tashkil etadi. Budjet holatiga bogMiq bo‘lmagan holda ushlab 
turish zarur bo'lgan pul massasining yillik o‘sishida qat’iy limitlarni 
yuritish uzoq muddatli pul siyosati asosini tashkil etadi. Bu siyosat 
yuqori samarali, zamonaviy bank tizimi faoliyat yuritayotgan joyda 
amalga oshiriladi:
a) Markaziy Bank ixtiyorida banklararo kredit bo'yicha foiz stavkasini 
manipullashtirish joylashgan. Foiz stavkasini oshirish, kreditni qim- 
matlashtirish pul massasining muomalada o‘sish tezligini pasaytirish 
bilan muvofiqlashgan. Hisob stavkasining pasayishi kreditning arzonla- 
shishiga va investitsion jarayonlarning rag'batlantirilishiga olib keladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 2000—2005-yillarda hisob 
stavkasini pasaytirish siyosatini olib bordi. Remoliyalashtirish stavkasining
2000-yilda - 32,3 %, 2001-yilda 26,8 %, 2002 yilda - 34,5%, 2003- 
yilda — 27,1%, 2004-yilda — 18,8 % ni tashkil qildi va bu tezkor 
iqtisodiy o‘sish zaruratini yuzaga keltirdi.
b) Pul taklifiga ta’sir ko‘rsatuvchi mustahkam vosita zaxira talab 
me’yorlarining Markaziy Bank tomonidan o‘zgartirilishi hisoblanadi. 
Zaxiralar kattaligi, tijorat banklari Markaziy bank hisoblarida saqlashga 
majbur bo‘lgan bank aktivlarining bir qismi ko‘p hollarda uning kredit 
imkoniyatini aniqlaydi — bank o‘zida minimal me’yorni o‘rnatilgan 
qonun asosida oshiruvchi erkin zaxiralar bo‘lgan holdagina ssuda berishi 
va pul taklifini kengaytirishi mumkin. Rasmiy rezerv talablarini oshirib 
yoki kamaytirib, Markaziy Bank banklar kredit faolligini boshqarishi 
va bu bilan pul taklifini nazorat qilishi mumkin.
Bank amaliyotida majburiy zaxiralar me’yorlarining o‘zgarishi har 
doim ham yuz beravermaydi, bunday tashqari holat tijorat banklari 
likvidligiga ta’sir ko‘rsatadi va ular tomonidan qisman manipullashtirish 
pul massasi kuchli tebranishiga va makroiqtisodiy beqarorlikka olib 
kelishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki zaxira rezervlari 
koeffitsientini o‘rnatish orqali tijorat banklari kredit salohiyatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu me’yorlar qo'yilmalarning hajmi, ko‘rinishi va mud- 
datidan, shuningdek, bankning boshqa majburiyatlaridan kelib chiqib 
o'rnatiladi. Pul-kredit siyosatining muqobil vositalari rivojlanmaganligi
142


holatida tijorat banklari majburiyatlariga zaxira talablari respublikada 
likvidlilik ustidan nazorat qilishning bosh iqtisodiy instrumentlaridan 
biridir.
d) 
Markaziy bankda ochiq bozordagi operatsiyalar kabi pul mas­
sasining egiluvchan boshqaruvchisi bor, bu yerda munosabatlar majburiy 
asosda emas, erkin asosda amalga oshiriladi.
Pul bozori — qisqa muddatli zayomlar bozoridir. U banklararo 
bozor, REPO bozori va g‘azna majburiyatlari, dipozit sertifikatlar va 
boshqa qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘z ichiga oladi. 
Banklararo bozorda Markaziy Bank kredit zaxiralari oldi-sotdisi yuz 
beradi. Shuning uchun ham bu bozorda MB da korrespondent hisobi 
huquqiga ega bo‘lgan yoki ega bo'lishga majbur moliyaviy institutlargina 
bitim tuzishlari mumkin. REPO bozorida qimmmatli qog‘ozlarni 
kelajakda ularni xarid qilish sharti bilan savdosi amalga oshiriladi. REPO 
bitimlarini imzolashda sotuvchi bitim imzolangan vaqtda kelishilgan 
narx va muddatda xaridordan bitim obyekti hisoblangan qimmatli 
qog'ozlami sotib olishga majbur. Xuddi shu bozorda xorijiy valutalar 
bilan 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin