Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

paydo bo'ldi?
2. Monetaristik doktrinaning shakllanishida M. Fridmanning roli qanday?
3. Monetarizm evolutsiyasida inflatsiya tabiati haqidagi munozaralarni
tushuntirib bering.
4. Monetarizmning eng mashhur bo ‘Igan Fridman varianti qanday element-
larnl qamrab oladi?
5. Fridmanning «portfelli modellar» yoki «aktivlarni afzal k o ‘rish» naza­
riyasi qanday mazmunga ega?
6. Boylikning Individual egalari uchun pulga talab tenglamasi qanday
ko'rinishga ega?
7

Fridman modelida pulga b o ‘Igan talab qanday 
о 
‘Ichanadi?
8. Monetaristlarning
«pu l qoidasi» mazmunini tushuntirib bering.
9. Pul multiplikatori nima?
XULOSALAR


6-bob.
INFLATSIYA NAZARIYALARI VA UNI
JILOVLASH USULLARI
6.1. Inflatsiyaning mohiyati va uning yuzaga
chiqish shakllari
Inflatsiya XVIII asrning o‘rtaIarida muomalaga ta ’minlanmagan 
juda ko‘p mikdorda pul chiqarilishi natijasida pul tizimidagi inqiroz 
holat asosida yuzaga chiqqan. Inflatsiya (lotincha «
inflation
» so‘zidan 
olingan va shishish, ko‘pchish, ko‘tarilish m a’nosini anglatadi) o ‘z 
mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo‘lgan 
baholaming muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni 
ta ’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflatsiya nisbatan 
m e’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo'lgan 
baholarni muntazam o ‘sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini 
pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik
pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan 
tasniflanadi. Inflatsiyani yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‘lib 
iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‘arma va iste’mol, talab hamda taklif, davlat 
daromadlari va xarajatlari, xo‘jaliklarning pul massasi hamda unga bo‘l- 
gan talabi o‘rtasidagi mutanosiblik va markaziy bankning kredit ekspan- 
siyasi hisoblanadi. Yuqorida ta ’kidlab o ‘tgan omillar o ‘z mohiyatiga 
asosan inflatsiyaga va uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amahyotda iqtisodchi olimlar inflatsiyaning yuzaga chiqa- 
digan omillarini asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. 
Biz ushbu omillarning mohiyagini yoritishga harakat qilamiz.
1. 
Ichki omillarning mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz 
omillarga ajratish mumkin. Pullik omillaiga davlat moliyasining inqirozi, 
budjet taqchilligining mavjudligi, davlat qarzdorligining ortishi, pul 
emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko'payishi, pul aylanmasining 
tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari 
o ‘rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishidagi bir 
maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllanishidagi davlat 
monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni 
kiritish mumkin.
77


2. 
Tashqi omillar o ‘z mohiyatiga asosan biror aniq davlat rivoj­
lanishiga ta’sir etadigan 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin