Sh. Sh. Shodmonov


Inflatsiyaning shakllari va turlari



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

6.2. Inflatsiyaning shakllari va turlari
Xalqaro amaliyotda inflatsiyaning narxlarni o'sishi, ya’ni pul miq- 
dorining o'sishi jihatdan asosan uch xil shakli ajratiladi:
1. 
Sokin inflatsiya. Ushbu inflatsiya iqtisodiy rivojlangan m am ­
lakatlarda mavjud bo'lib, ushbu holatda mahsulotlar va ko'rsatiladigan
83


xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o ‘rtacha 3% dan 10% gacha 
oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi va milliy 
pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. 
Shiddatli inflatsiya. 
Ushbu inflatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan 
mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar va ko'rsati- 
ladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o ‘rtacha 10% dan 100% 
gacha, ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumkin. Buning natijasida 
muomaladagi pul massasi ko‘payadi va milliy pul birligining xarid qilish 
qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o‘rtasida pulni moddiylashtirish, 
ya’ni milliy pul birligini jamg‘arish emas, balki oltin, ko‘chmas mulk 
holatida jamg‘arish jarayoni kuchayadi.
3. 
Jilovlanmagan (giperinflatsiya) inflatsiya. 
Ushbu inflatsiya holatida 
mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga 1000% 
dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda 
milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab 
chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko‘rsatadiki, narx-navo va ish 
haqi o'rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo‘lidagi qog‘oz pullarga 
tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar va xizmatlar bilan 
ta’minlanmagan ortiqcha qog‘oz pullarni to‘lib-toshishiga olib keladi.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tganimizdek, inflatsiyaning asosiy sababi, 
odatda, bir emas, balki bir nechta bo‘lib o‘zaro mahkam bog‘langan 
bo‘ladi va narx-navoning ko‘tarilib borishi bilangina namoyon bo‘lib 
qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ushbu 
jihatdan quyidagi inflatsiya shakllari ajratiladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin