Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

pul muomalasi
deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan 
qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli 
tizimlari amal qiladi. Mamlakat 
pul tizimimng
muhim tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, inarka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to'lov vositasi sifatida amal 
qiluvchi qog‘oz, tanga va krcdit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muoma- 
laga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. 
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) 
xizmat qiladi. Naqd pulsiz lu>oblar cheklar, kredit kartochkalari, 
veksellar, akkreditivlar, to ‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga 
oshiriladi. Ularning hammasi 
pu l agregati
deb yuritiladi. Muomalada 
mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish 
yo‘li bilan aniqlanadi.
7 — P ul nazariyasi
97


Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga 
oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘l- 
gan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqa- 
rishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi 
omillarga bog‘liq;
1. Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib oli- 
nishi lozim bo'lgan tovarlar summasiga. Tovarlar va xizmatlar qancha 
ko‘p bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib 
olish uchun shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligiga pul bir xil bo'lmagan tezlik 
bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, 
ularning xaridorgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, 
muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori shuncha kam bo'ladi.
3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kreditning rivojla- 
nishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog‘liq. 
Ko'pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga 
muvofiq keyingi davrlarda to'lanadi. Demak, muomala uchun zarur 
bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo'ladi. Ikkinchi 
tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash 
vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko'paytiradi. Undan tash- 
qari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir- 
biriga bank orqali pul o ‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni 
o ‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan 
pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin